Shishaning tuzilishi tarkibi xossalarini o'rganish
Markazdan qochma (a) va puflash (b) usullarida shisha tolasi olish
Download 25.87 Kb.
|
Shishaning tuzilishi tarkibi xossalarini o\'rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Energiyatejamkor shishapaket.
Markazdan qochma (a) va puflash (b) usullarida shisha tolasi olish
eritmali vanna; 2-eritma oqimi; 3-isitgich; 4-siqilgan havo va bug uzatiladigan moslama; 5-tsentrifuga; 6-shisha tolasi. Shisha tolasining chozilishdagi mustahkamligi juda katta (2000-4000 MPa). Tolaning diametri kichraysa uning mustahkamligi ham kamayadi. Shisha tolasi (diametri 0,04 mm) ortacha zichligi 40-50 kgm3. Shisha tolasidan tayyorlangan ip, mato, namat, plita, qobig va sh.k. lar qavatlararo plitalar, pardevorlar, tom va yopma plitalar tayyorlashda issiqlik izolyatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi. Chiqindi hisoblangan chigal va katta diametrli shisha tolasidan presslab olingan shisha namatni bitum yoki smolalarda shimdirilgan mahsulot qurilish konstruktsiyalarning er osti qismini korroziyadan saqlash, issiqlik trassalarida izolyatsiyalovchi material sifatida ishlatiladi. Energiyatejamkor shishapaket. Sovuq kunlarda oddiy oyna qoyilgan xonalarda 50% gacha issiqlik yoqotilishi kuzatiladi hamda oynalarga yaqin joyda harorat ancha past boladi. Mutaxassislar bu holatni “sovuq devor faolligi” deb atashadi. Oyna orqali issiqlik ikki yol bilan yoqotiladi: Oynaning katta zichligi tufayli, yuqori darajada issiqlik otkazuvchanligi. Bu xolatda ikki va uch qavatli oynali romlar ishlatiladi. Havo konvektsiyasi tufayli issiqlik yoqotiladi. Ushbu holatda gemetik shishapaketlar yaratish usuli bilan issiqlik saqlab qolinadi. İnfraqizil nurlanish tufayli 70% gacha issiqlik yoqotiladi. Bu holda bir tomonga maxsus qoplama surtilgan energiyatejamkor oynalar ishlatiladi. Xozirda ikki tipda (kichik emissiyali) oyna qoplamasi ishlatiladi: K – shisha – “qattiq” qoplamali va i – shisha – “yumshoq” qoplamali. Yumshoq qoplamali oynalar yuqori samarali bolib, narxi arzon. Kichik emissiyali oynalarni Dunyoda bir necha Kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bolib, ishlab chiqaruvchidan yuqori mahorat talab qiladi. İshlab chiqaruvchilar orasida Glaverbel kompaniyasi mashxurdir. Glaverbel kompaniyasi ishlab chiqarayotgan yumshoq qoplamali kichik emissiyali deraza oynalari – shishapaketlar uchun moljallangan issiqtejamkor, shaffof va nur otkazuvchi paketlar uchun moljallangan. Planibel top N va Planibel Ton NT (toblash mumkin), Energy N va Energy NT neytral, qish-yoz mavsumlarida xonalarda komfort haroratini taminlovchi hamda energiyatejamkor xossalarga ega bolgan Sunergu va Stopray arxitektura oynalari kiradi. Kichik emissiyali shishapaketlar ikki va kop kamerali oddiy shishapaketlardan avzalligini korsatadi. Kichik emissiyali oynalar ikki kamerali shishapaketlarga nisbatan 20% issiqlik tejamkor hisoblanadi. Bunday oynalar yoz kunlari quyosh nurini qaytaradi, chunki nurni qaytarish faolligi ikki tomonlama boladi, natijada xonada salqin havo saqlanadi. Bir kamerali energiyatejamkor shishapaketda rezonans holati kuzatilmaydi, ushbu holat ikki va qop kamerali shishapaketlarda roy beradi. Kichik emissiyali shishapaketlar tashqi oynalar ishlatilsa ham shovqindan izolyatsiya qiladi. Oddiy hollarda, odatdagi 4 mm oyna orniga 6 mm, xatto 8 mm oyna ishlatiladi. Download 25.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling