Shkalaning darajasi deyiladi. O‘lchov asbobidagi ushbu eng kichik daraja asbobning o‘lchash aniqligi


Download 13.55 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi13.55 Kb.
#1697795
Bog'liq
o\'lchashning aniqliligi


O‘lchash aniqligi
Biz biror fizik kattalikni o‘lchamoqchi bo‘lsak, tegishli asbobdan foydalanamiz. O‘lchov asboblarida o‘lchanadigan kattalikni ko‘rsatadigan shkalasi bo‘ladi (2- rasmdagi chizg‘ich, sekundomer, shtangensirkul, menzurka). Shkalada shtrixlar chizilgan bo‘lib, ulardan ayrimlarining ro‘parasiga raqamlar yozilgan. Raqamlar yozilgan ikki qo‘shni shtrix orasida bir qancha raqamsiz, lekin kichik o‘lchamdagi shtrixlar chizilgan bo‘ladi. Mana shu ikkita qo‘shni shtrix oralig‘i shkalaning darajasi deyiladi. O‘lchov asbobidagi ushbu eng kichik daraja asbobning o‘lchash aniqligi deyiladi. Asbob shkalasining darajasini aniqlash uchun asbob shkalasidagi ikki qo‘shni fizik kattalik farqi olinib, ular orasidagi ajratilgan oraliqlar soniga bo‘linadi. Masalan, chizg‘ichdagi shtrixda «1 sm» va «2 sm» deb yozilgan. Ular orasida 10 ta yozilmagan chiziqchalar bor. Demak, chizg‘ich shkalasining darajasi


Chizg‘ichdagi chiziqcha va raqamlar chizg‘ich shkalasini, qo‘shni ikkita chiziqcha oralig‘i o‘lchash aniqligini ko‘rsatadi. Chizg ‘ich bilan o‘lchash mum kin bo‘l gan eng katta ma sof a o‘lchash chegar asi deyiladi.
Biror kattalikni o‘lchashdan oldin o‘lchanadigan kattalik o‘lchov asbobining imkoniyati bilan solishtiriladi. Masalan, qalam yoki ruchkaning uzunligini o‘lchash kerak bo‘lsa, uni o‘lchashga oddiy o‘quvchilar chizg‘ichining imkoniyati yetarli bo‘ladi. Chunki uning o‘lchash chegarasi qalam yoki ruchkaning uzunligidan katta. Lekin bunday o‘lchashda ham xatolik bo‘ladi. O‘lchash paytida bunday xatolik o‘lchanayotgan kattalik ikkita qo‘shni chiziq oraligiga to‘g‘ri kelib qolishidan hosil bo‘ladi. Fizikada o‘lchash davrida yo‘l qo‘yiladigan noaniqlikni o‘lchashlar xatoligi deyiladi. O‘lchov asboblarida uning qiymati shkalaning dara jasidan katta bo‘lmaydi. Predmet uzunligi o‘lchov asbobining shkalasidagi shtrix bilan ustma-ust tushganda ham baribir xatolik bo‘ladi. Bu inson ko‘zi imkoniyatlari chegaralanganligi bilan bog‘langandir. Shunga ko‘ra o‘lchashlar xatoligi o‘lchov asbobi ning shkalasi darajasining yarmiga teng deb qabul qilingan.
Ko‘pincha uzunligi chizg‘ichning o‘lchash chegarasidan katta bo‘lgan hollar uchraydi. Masalan, stol uzunligini o‘lchash kerak bo‘lganda, boshqa uzun chizg‘ich bo‘lmasa, kalta chizg‘ichni ketma-ket bir necha marta stolga qo‘yib uning uzunligi o‘lchanadi. Bunda, har safar o‘lchash davrida xatolik yig‘ilib boradi.
Shunga ko‘ra, o‘lchashlar xatoligini kamaytirish uchun o‘lchash bir necha marta o‘tkaziladi. Buning uchun hattoki bir necha xil asbobdan ham foydalanishadi. Natijada, fizik kattalikka doir bir-biridan farq qiluvchi bir qancha qiymatlarga ega bo‘lamiz. U holda o‘lchanayotgan kattalik nimaga teng?
Buni aniqlash uchun, o‘rtacha qiymat deb ataluvchi son hisoblab topiladi. Buning uchun o‘lchangan barcha qiymatlar qo‘shiladi va o‘lchashlar soniga bo‘linadi. Masalan, ikki marta o‘lchash olib borilgan bo‘lsa,

Fizik kattalik qancha ko‘p marta o‘lchanib, uning o‘rtacha qiymati topilsa, kattalik shunchalik aniq chiqadi.
Ayrim o‘lchov asboblariga uning o‘lchash xatoligi foizlarda ham yozib qo‘yiladi. Masalan, ± 5 degan yozuv asbob ko‘rsatishi haqiqiy kattalikdan + 5 yoki – 5 foizga farq qilishini ko‘rsatadi.
Kattaliklar o‘lchash xatoligini hisobga olgan holda quyidagicha yoziladi:

bunda A – o‘lchanayotgan kattalik, a – o‘lchash natijasi,  a – o‘lchashlar xatoligi ( – grekcha «delta» harfi).
Download 13.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling