Shlak katkalog’ini chiqarish qiyinligi
Download 15.48 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tebranma yoy yordamida qoplash.
- Elektromexanikaviy ishlov berish.
- Detal yuzalariga plastik deformatsiya yordamida ishlov berish.
Ushbu usullarning kamchiligi shundan iborat: issiqlik ta'sirida metall strukturasi o’zgaradi va bu mexanik xossalarning pasayishiga olib keladi.Flyus ostida avtomat va yarimavtomat qoplash. Jarayon yuqori unumdorligi bilan tavsiflanadi, bir soatda 3-5 kg metallni, 1 dakikada esa 30-40 sm gacha yuzani qoplash mumkin. Usulning afzalligi shundaki, qoplangan metallni legirlash yo’li bilan kerakli fizik-mexanik xossalarga ega bo’lgan qatlamni olish mumkin. Shu bilan birga, bir qator kamchiliklarga ega: kichik diametrli detal yuzasida (50- 60 mm.dan kam) erigan metallni flyus vannasida ushlab qolish qiyinligi; shlak katkalog’ini chiqarish qiyinligi; ishlash sharoiti qiyinligi (flyus bo’lganligi uchun); yuzadagi qatlamning eyilishga chidamliligini oshirish uchun qoplangan metallni aksariyat xollarda legirlash yoki uning mustahkamligini oshirish kerakligi; qoplash jarayonining manyovri cheklanganligi, kuchli kizish sababli, ayniqsa kichik o’lchamli va massali detallarning fizik, mexanik xossalari yomonlashishi; metallni yupqa qatlamli qilib qoplash mumkin emasligi. Karbonat-angidrid muxitida avtomat va yarimavtomatli qoplash. Karbonat angidrid muxitida qoplash bir qator muxim afzalliklarga ega. Ulardan asosiysi flyus ostida avtomatli payvandlashga nisbatan yuqori unumdorligi (18-20 sm gG`min) va qoplashning yuqori koeffitsientliligi. Ushbu usul bir qator texnologik afzalliklarga ega: qoplash jarayonini kuzatib, tekshirish mumkinligi; jarayonni tuxtatmasdan bir necha qator valiklarni qoplash mumkinligi; kichik diametrdagi detallarga qo’llash mumkinligi; yupqa qatlam (0,8-1,0 mm) qoplash mumkinligi. Kamchiliklariga quyidagilar kiradi: katod elementlarning quyib, bug’lanib ketishi; erigan metall vannasida vodorod va azot bo’lganligi tufayli chokda kovaklar xosil bo’lishi; elektrod materialning ko’p qismi (10-15 % gacha) sachrab ketishi; yuqori qattiqlikka ega bo’lgan qatlamni faqat yuqori legirlangan sim yoki kukunli sim va, keyinchalik, termik ishlov berish bilan olish mumkinligi. Tebranma yoy yordamida qoplash. Tebranma yoy yordamida qoplash usuli ta'mirlash korxonalarida quyidagi afzalliklari tufayli keng kullanilmoqda: arzon elektrod materiallar va oddiy uskunalar qo’llaniladi; unumdorligi ancha yuqori (30-40 smG`min ); qoplangan qatlam asosiy metall bilan yaxshi birikadi (50-54 kg/mm ): qoplash jarayonida detal deyarli kizimaydi, chunki suv bilan uzluksiz sovitilib turiladi; detal deyarli deformatsiyalanmaydi. Yuqorida ko’rsatilgan afzalliklar bilan birga ancha kamchiliklari ham mavjud: katta ichki kuchlanishlar sodir bo’lishi tufayli qoplangan qatlamda darzlar xosil bo’lishi ; legirlovchi elementlarning quyib, bug’lanib ketishi (legirlovchi elementlarning 30-40 % igacha ); qoplangan qatlamda ko’p miqdorda kovaklar va Bo’shliklar xosil bo’lishi; qoplangan qatlam qattiqligi etarli darajada emasligi (o’rtacha qattiqligi 45-48 NRC dan oshmaydi) va teng taksimlanmagan «dogsimon»ligi; detalning charchashga mustahkamligining keskin pasayishi (60% gacha); detalning ko’p miqdorda sachrab ketishi (elektrod material 20%gacha); 0,8-1,0 yupqa qatlamni qoplashda jarayonning borish tekisligi yomonlashadi; har xil diametrli detallarni qoplashda jarayon rejimlarini tanlash qiyinligi; Elektromexanikaviy ishlov berish. Elektromexanikaviy ishlov berishda detalga tok o’tkazuvchi asbob suqilishi tufayli sirtdagi metallning taksimlanishi sodir bo’ladi. Spiralsimon chiziqlar tekislangandan keyin val diametrining kengayishi 0,4 mm dan oshmaydi. Termik ta'sir bo’lganligi uchun val bo’yinlari toblanib qoladi. Detalning charchashga mustahkamligi 10-12% gacha ortadi. Xosil bo’lib qolgan ariqchalarni har-xil materiallar bilan to’ldirish, masalan sim payvandlash, tavsiya etiladi.Sim payvandlash tok o’tkazuvchi rolik bilan bajariladi. Metallografik tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, sim arikchalarni yaxshi to’ldirar ekan va kushilgan metallning birikish mustahkamligi tangensial siljitishda har xil markali simlar uchun 10-12 kg/mm ga etadi. Detal yuzalariga plastik deformatsiya yordamida ishlov berish. Bu usul detallarning materiallarning plastik deformatsiyalanishiga asoslangan ya'ni ma'lum bosim ostida ular o’zining shakl va o’lchamlarining o’zgartiradi. Bosim ostida deformatsiyalanishiga asoslangan qayta tiklashning quyidagi asosiy turlari mavjud. 1) Kerish (kengaytirish) 2) Qisish. 3) Chuktirish 4) Egish. Bundan tashqari bosim ostida detal yuzalarini mustahkamligi oshiriladi. Bunday usullarga rolik yoki sharik bilan ishlov berish.Tashqaridan ichkaridan mayda po’lat sharchalarni bosim ostida otish olmos yordamida silliklash.Kimyoviy termik ishlov berish bilan qayta tiklash. Detal yuzalarini kimyoviy termik ishlov berish bilan qayta tiklashga quyidagi usullar kiradi. Azotlash, uglerodga boyitish, tsionlash borlash. Detallar yuzalarini antifriktsion qoplamalar va polimerlar bilan qayta tiklash. Detallarni remont razmeriga qirqib qayta tiklash bunday usullar asosan vallarning bo’yinlari remont qilinadi razmerlariga kirqilib qayta tiklanadi.O’z ish qobiliyatini yo’qotgan detallar turli usullar bilan qayta tiklanadi. Bunda detalning yeyilish kattaligiga, buzilgan joy harakteriga, material qattiqligaga, dopusk va o’rnatishiga qarab qayta tiklash usuli tanlanadi. Download 15.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling