Shlatilishi


Download 88 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi88 Kb.
#1009846
1   2
Bog'liq
111 (Автосохраненный)

Biologik ahamiyati.
Kobalt – organizm uchun o‘ta zarur bo‘lgan mikroelemntlardan biridir. U vitamin B12 – (kobalamin) tarkibiga kiradi. Kobalt elementi organizmdagi qon hosil bo‘lishida, asab tizimi faoliyatida, hamda jigar ishida, shuningdek, ferment reaksiyalarida ishtirok etadi. Odam tanasining kundalik kobalt ehtiyoji 0,007-0,015 mg ni tashkil etadi. Inson tanasi vaznining har bir kilogramm ulushiga o‘rtacha 0.2 mg kobalt miqdori to‘g‘ri keladi. Organizmda kobalt yetishmasligidan akobaltoz nomli kasallik kelib chiqadi.
Shuningdek organizmda kobaltning me’yoridan ortib ketishi ham xavflidir.
XX-asrning 60-yillarida sharob (pivo) ishlab chiqaruvchi ba’zi korxonalar, quyish, to‘kish jarayonlarida yuzaga keladigan ko‘piklashish holatini barqarorlashtirish uchun kobalt tuzlaridan foydalanishar edi. Natijada esa, bunday usul yordamida tayyorlangan sharob mahsulotlarini muntazam iste’mol qilgan kishilarda, yurak va jigar borasida jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatildi va ularning aksariyati iste’molchining o‘limi bilan yakunlandi. Shu tufayli, kobalt moddasidan ichimlik ishlab chiqarishda foydalanish ko‘plab mamlakatlarda qonun bilan ta’qiqlangan.
Kobalt changining havodagi ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyasi 0,5 mg/m³ . ichimlik suvi tarkibidagi kobalt tuzlarining ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyasi 0,01 mg/l.
Kalamushlrda sinab ko‘rilgan chegaraviy toksik dozasi 50 mg. Kobaltning ayniqsa Со2(СО)8 kobalt oktakarbonil bug‘lari ko‘rinishi eng toksik xossalarni namoyon qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.М.С.Миркомилова. ,,Аналитик кимё’’ Toshkent, ,,O’zbekiston’’ 2003 yil.
2.В.П.Васильев. ,,Аналитик кимё’’ Toshkent, ,,O’zbrkiston’’ 1999yil.
3.Ю.А.Золотов и др.,,Основы аналитической химии’’1-2том. Москва.,,Высщая школа’’1999г.
4.В.И.Посыпайко и др.,,Химические методы анализа’’ Москва. Высщая школа. 1989 г.


Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling