Қўшма корхоналарда маркетинг фаолиятини такомиллаштириш
-jadval 2011-2014 yillarda O’zbekistonda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning
Download 428.92 Kb.
|
11Kichik biznes korxonalarida maxsulot sifatini oshirish va raqobatbardoshligini ta\'minlash
1-jadval 2011-2014 yillarda O’zbekistonda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarningrivojlanishi12
12 “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan
jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning barqaror rivojlanishi kuzatiladi. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot so’nggi yillarda 8 foizdan yuqori bo’lmoqda. Sanoat mahsulotini, shu jumladan oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish yuqori sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Xususan, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning yillik o’sish sur’atlari 2011 yilda - 106,4 %, 2012 yilda – 107,9%, 2013 yilda - 109,6 %, 2014 yilda – 108,3%ni tashkil qiladi. Oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishning yillik o’sish sur’atlari 2011 yilda - 113,5 %, 2012 yilda – 105,0%, 2013 yilda - 109,3 %, 2014 yilda – 108,3%ni tashkil qiladi. Oziq-ovqat sanoatining umumiy sanoat ishlab chiqarishi hajmidagi ulushi mos ravishda 14,1; 13,2; 15,7; 15,1%ni tashkil qiladi. Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tizimi korxonalari muhim o’rin egallaydi. Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, avvalambor to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va shuning asosida qishloq ho’jalik xomashyosini chuqur qayta ishlashni ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh sifatli maxalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va turlarini oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va eksporti bo’yicha belgilangan prognoz parametrlarini bajarish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Natijada “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tizimi korxonalari tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi yuqori o’sish sur’atlarini namoyon etadi. Quyidagi 2-jadvalda “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining 2013-2015 yillardagi asosiy tovarlarni sotilishining dinamikasi ko’rsatilgan. Ushbu jadvalning ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, uyushma asosan to’rt guruhdagi tibbiy mahsulotlar bilan savdo qiladi, ularni iste’molchilarga yetkazib beradi. 2015 yilda biopreparatlarning yetkazib berilishi 2014 yilga nisbatan 204,4 foizga, turli tabletkalarning sotilishi esa 166,6 foizga o’sgan, veterinariya jihozlarining savdosi 2014 yilga nisbatan 64,6 foizni tashkil etgan, ya’ni kamaygan, buni ularga bo’lgan talabning kamayishi yoki korxonaning bu tovarni yetkazib berilishi va bozorda muvaffaqiyatli sotilishiga etarli e’tibor bermayotganligi kabilar bilan izohlash mumkin. Demak, bu jadvalning natijalaridan shu xulosani chiqarish mumkinki, faoliyat umuman olganda yildan yilga o’sib borgan. Download 428.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling