Қўшма корхоналарда маркетинг фаолиятини такомиллаштириш
chizma. Marketing xizmatining tashkiliy tarkibi
Download 116.5 Kb.
|
chizma. Marketing xizmatining tashkiliy tarkibiKorxonalarda marketing xizmatini yaratishni bosqichma bosqich ko’rish maqsadga muvofiq. O’zbekiston Respublikasi korxonalari, assotsiatsiyalari faoliyatining marketing xizmatlari bo’yicha tahlili ko’rsatadiki, bajarilayotgan vazifalarning asosiy qismi tijorat xizmatlari bo’linmalari zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli marketing xizmatini tijorat bloki asosida takomillashtirish maqsadga muvofiq ko’rinadi. Bunday tashkiliy tuzilmani chizma holida tasvirlanishini 2-chizmadagi kabi berish mumkin. Marketing xizmat bo’limlari faoliyatining asosiy turlari quyidagi 6-jadvalda ko’rsatilgan. jadvalMarketing xizmat bo’limlari faoliyatining asosiy turlari
Bizning fikrimizcha, bunday tuzilma bozor tuzilmalariga tezkorlik bilan javob berish va yangi buyumlarni tadbiq etishga ko’maklashadi, shuning munosabati bilan marketingning ko’pgina vazifalarini bajarish bitta bo’linmaga joylanadi, u boshqa xizmatlar harakatini muvofiqlashtiradi va korxonada marketing strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish uchun bog’lovchi segment hisoblanadi. Korxonada marketingni rivojlanishi qabul qilayotgan qarorlar birligini ta’minlovchi uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish, marketing vazifalarini bajarish bo’yicha bo’linmalar faoliyatning o’zaro aloqalari va muvofiqlashuvini talab qiladi. Bu o’z navbatida kompleks maqsadli guruhlarni matritsali takomillashtirish va yaratish yordamida marketing tizimini tadbiq etishning keyingi bosqichiga o’tishga imkon beradi. Faol marketingdan foydalanish usullarining har biri o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga egadirlar. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling