“Shoh va shoir bobomiz”
Download 32.43 Kb.
|
bobur tavalludiga bag tadbir-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sarvar
- Alinur
- Nozanin
- Intizor
- Quvonchbek
- Nurmuhammad
Aim.Uz “Tasdiqlayman”: Maktab direktori: _____________ A.Ro’ziyeva 15.02.2018-yil Bobur tavalludiga bag’ishlangan “Shoh va shoir bobomiz” nomli adabiy kecha ssenariysi. (sahnaga qo’lida sham bilan 2 o’quvchi chiqib keladi. Qo’lidagi shamlarni Bobur portreti yoniga qo’yishadi) Sarvar: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz o’quvchilar, muhtaram adabiyot shinavandalari. Sevinch: Assalomu alaykum. Sarvar “Yaxshilig’”. Ushbu g’azalni eshitganimiz on ko’z oldimizda temuriylar avlodining iste’dodli vakili, atoqli shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari namoyon bo’ladi. Sevinch: Shu kunlarda Respublikamizning barcha hududlari va ko’plab xorijiy davlatlarda buyuk mutafakkir, olim, mahoratli sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlanmoqda. Alinur: Bugun bu davraga shu qutlug’ sanani munosib nishonlash va shoirning boy adabiy merosidan ozgina bo’lsa-da bahramand bo’lish maqsadida yig’ilganmiz. Marjona : Bugun biz siz, azizlarning e’tiboringizga atoqli davlat arbobi, buyuk sarkarda, jahon adabiyotida o’zining “Boburnoma” , “Xatti Boburiy” asarlari, go’zal ruboiy va g’azallari bilan mashhur bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan “Shoh va shoir bobomiz” nomli tadbirimizni havola etamiz. Alinur: Ruxsatlaringiz bilan Boburxonlik kechasiga bag’ishlangan adabiy dasturimizni boshlasak. (sahnaga qo’lida gul bilan 2 o’quvchi chiqib keladi. Qo’lidagi gulni Bobur portreti yoniga qo’yishadi) Nozanin: Zahiriddin Muhammad Bobur. Bu mumtoz inson tariximizning eng buyuk va murakkab siymolaridan biridir. Dilshod: Dunyoga kelib u qisqa umr ko’rdi – bor yo’g’i 47 yil hayot kechirdi. Lekin shu suronli kechirgan umri bilan jahon tarixidan shavkatli o’rin olib ulgurdi. Davron meni o’tkardi saru samondin, Ayirdi meni bir yo’li xonu mondin. Gah boshina toj, goh baloyi ta’na, Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin. Nozanin_: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ilgan. Otasi Umarshayx Mirzo vafotidan so’ng 12 yoshli Bobur Andijon taxtiga o’tiradi. Bobur bir qator beklar yordamida hokimiyatni boshqaradi. Shahlo toj-u taxt uchun tinimsiz kurashlar. Bobur Shayboniyxon qo’shinlari qamal qilgan Samarqandni tashlab, Afg’oniston orqali Hindistonni egallaydi va umrining oxirigacha Hindistonda yashab, ijod qiladi, saltanatni boshqaradi. Hindistonda Boburiylar sulolasining hukmronligiga asos soladi (Raqs: Tanovar kuyida) Aziz: Bobur o’zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayin shoirdir. U 16-17 yoshidan boshlab ijod bilan shug’ullanadi. Bobur o’zbekcha she’rlarni to’plab Qobulda “Qobul devoni” , Hindistonda “Hind devoni” asarlarini yozgan. Sevinch: Shoirning devonlaridan g’azal, ruboiy, tuyuq, fard, muammo kabi janrlar joy olgan. Bobur 20 yoshida “Xatti Boburiy” yozuvini kashf etgan. Hoji Ahrorning “Volidiya” asarini she’riy yo’l bilan tarjima qilgan. Ruxshona : (“Boburnoma” asari bilan chiqadi.) Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir , bastakor, ayni paytda mashhur tarixchi olim hamdir. Bu borada uning nomini abadiylikka muhrlagan asar “Boburnoma” dir. Bu asar Movarounnahr, Afg’oniston, Hindiston, Eron xalqlari tarixi haqida juda qimmatli ma’lumotlar beradi. Asar 1493-1529-yillar oralig’ida bo’lib o’tgan tarixiy voqealar asarda tilga olingan joylar haqida yilma-yil hikoya qiladi. Charos B.: Asarni o’qir ekanmiz, buyuk siymo Zahiriddin Muhammad Boburning dastlab Andijondagi hayoti va ijodi bilan mukammal tanishamiz. Bu bilan birga buyuk bobomiz Bobur o’zbek adabiyotida lirik janrlar rivojiga katta hissa qo’shgan xassos shoir hamdir. Intizor: Uning lirikasini g’azal, ruboiy, tuyuq, qit’a va masnaviylar tashkil etadi. Endi tengdoshlarimiz ijrosida Bobur g’azallaridan tinglang. Alisher .: Charxning men ko’rmagan jabru jafosi qoldimu? Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi qoldimu? Meni xor etti-yu qildi muddaiyg’a parvarish, Dahri dunparvarni o’zga muddaosi qoldimu? Iroda: Meni o’lturdi jafoi javr birla ul quyosh, Emdi tirgizmoq uchun mehru vafosi qoldimu? Oshiq o’lg’ach ko’rdum o’lumni o’zimga , ey rafiq, O’zga ko’nglumning bu olamda harosi qoldimu? Ey, ko’ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb, Tengri uchun de, bu olamning safosi qoldimu? Elnur: Sen gulsen-u, men faqir bulbuldurmen, Sen shu’lasen-u, ul shu’laga men ko’ldurmen, Nisbat yo’qtur deb istinob aylamakim, Shohmen elga, vale sanga quldurmen. Intizor Kim ko’ribdur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’ Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’. Bu zamonni nafy qilsam, ayb qilma, ey raqib, Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’. Dilrabolardin yamonliq keldi mahzun ko’ngluma, Kelmadi jonimg’a hech oromijondin yaxshilig’. Fayoz: Ey ko’ngul, shun yaxshidin ko’rdung yamonliq asru ko’p, Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yamondin yaxshilig’? Bori elga yaxshiliq qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q. Kim degaylar, dahr aro qoldi falondin yaxshilig’. Yaxshiliq ahli jahonda istama Bobur kibi, Kim ko’ribdur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’ Mohlaroyim: Zahiriddin Muhammad Boburning bizgacha 200 dan ortiq ruboiylari yetib kelgan. Bobur Mirzo juda ko’p ruboiylarining oxirgi satrlarida xalq maqollari yoki Qur’on oyatlari, hadis iboralarini keltiradi. Ruboiylaridan tinglang, marhamat. Aziza: Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz, Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur. Sitora: Dushmanniki bu dahr zabardast qilur, Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur. G’am yemaki, yetkursa boshini ko’kka, Oxir yana yer kibi oni past qilur. Shanoza: Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak O’rgangali ilm tolibi ilm kerak. Men tolibi ilm-e tolibi ilme yo’q, Men bormen ilm tolibi – ilm kerak. Jasmina: Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi, Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi. Ko’nlum bu g’ariblikda shod o’lmadi , oh, G’urbatda sevinmas emish, albatta kishi. Quvonchbek: Otani chunki qibla debturlar, Qibla yanglig’ anga nazar qilg’il. Otani og’ritma, ey, odam zinhor, Ota ozoridan hazar qilg’il. Shahlo: Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki muyassar bo’lmasa olamda, Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi. Ozodbek: Davron meni o’tkardi saru somondin, Ayirdi bir yo’la meni xonumondin. Gah boshima toj, gah baloyi ta’na, Nelarki boshimg’a kelmadi, davrondin. Hayot: Taqdir yuki boshimga balolig’ bo’ldi, Har neniki ayladim hatolig’ bo’ldi, Oz yurtni qo’yib Hind sori yuzlandim, Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig’ bo’ldi. Durdona: Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutungiz, Jamiyatingiz borini davlat tutungiz. Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun, Bir – birini necha kuni g’animat tutungiz. Charos: Hijron qafasida jon qushi dam qiladur, G’urbat bu aziz umrni kam qiladur. Ne nav`bitay firoqu g’urbat shahrin, Kim ko’z yoshi nomaning yuzini nam qiladur. Nurmuhammad: Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Behruz: Ko’pdin berikim yor-u diyorim yo’qtur, Bir lahza-yu, bir nafas qarorim yo’qtur. Keldim bu sorig’a o’z ixtiyorim birla, Lekin borarimda ixtiyorim yo’qtur. Odilbek: Bu xasta ko’ngil erdi, visoling ila xush, Jonim ham erur sening jamoling ila xush. Hijron g’ami garchi asm noxushdir, Fikring bila shodman, xayoling bila xush. Download 32.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling