“Shoh va shoir bobomiz”


Download 32.43 Kb.
bet2/3
Sana13.02.2023
Hajmi32.43 Kb.
#1192478
1   2   3
Bog'liq
bobur tavalludiga bag tadbir-1

Sahna ko‘rinishi.
Yulduzli tunlar” romanidan parcha sahna namoyishi.
Bobur taxtda o‘tirib soqchilarga :

  • Huzurumga o‘g`lim Humoyunning ustozi Qosimbekni, murabbiy va muallimlarni olib kiring. (Ular ta’zim qilib kiradi)

  • Assalalomu -alaykum on hazratlari

  • Valeykum-assalom (O‘rnidan turib). Qani, Qosimbek, yaqinroq keling. (Unga sarpo kiydiradi). To‘nlar muborak.

  • Qulluq hazratim. (Qolgan muallim va murabbiylarga ham sarupolar kiydiradi).

  • Senga ne in’om qilay, ayt! –deb o‘g‘li Humoyunga kulimsirab qaraydi.

  • Hazratim, men sizning kitoblaringizni sevaman, miriqib o‘qiyman. Yana yangi she’riy kitoblar yozsangiz, mana shu alohida tokcha sizning asarlaringiz bilan to‘lsa. O‘g‘lingizning tilagi shu.

  • E ha, sening bu tilagingni o‘rinlatmoq uchun men bir umr mehnat qilmog‘im kerak-ku! Mayli “Yaxshi niyat – yarim davlat” derlar. Bugundan boshlab sen uchun bir kitob boshlagaymen va bu kitobni sening nomingga qofiyadosh qilib “Mubbayyin” deb atagaymen.

  • Hazratim sizga yana bir iltimosim bor, o‘zingizning o‘smirlik yillaringizdan yozib yurgan “Boburnoma” nomli kitobingizdan bir nusxa ko‘chirtirib bersangiz.

  • Hali u kitob bitgan emas, o‘lda-jo‘lda yotgan asarni ko‘chirib bo‘lmas.

  • Qachon bitkuzursiz, hazratim? Men intizormen.

  • Ko‘p intizor bo‘lma. Chunki, u kitobning bitishi uchun mening umrim tugashi kerak.

  • Nechun bunday deysiz?

  • Mening so‘zimdan tashvishlanma. Men “Boburnoma”ni umrim bo`yi yozmoqchi bo‘lganim uchun, kelgusi boblariga sening ham yaxshi ishlaringni bitgaymen. Zora, o‘zim ham uning poyoniga yorug‘ yuz bilan yetsam.

  • Hazratim undoq bo‘sa ilohim “Boburnoma”ni yana 50 yil, 100 yil yozing!

  • O‘shangacha kutishga sabr-toqating yeturmikan? –deb kuladi Bobur.

  • (Humoyun jiddiy) Tangrim oldida ont ichib aytamanki, sabr-toqatim umrim yetguncha yetar.


Download 32.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling