Assalom , assalom ey aziz do’stlar
Qarchig’ay yigitlar sho’x barno qizlar
Zehningiz kuchini ishga solgani
Bizning bilimimiz sinab olgani
Bizlar birlashib bir oilaga
Tashrif buyuribsiz mushoiraga
Kelinglar azizlar bahsga biz tayyor
Sizga ham bizga ham omad bo’lsin yor
Siz aziz ustozlar keeling kuzating
Xatoga yo’l qoysak do’stlar kuzating
Ilmimiz yanada bo’lsin ziyoda
Parvoz etaylik bizlar dunyoda
1 – shart :
O’quvchi : Prezidentimiz I.Karimovning rahbarligida tariximizni mukkamal o’rganish , buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosini chuqur tadqiq etsih va xalqimizning hajon sivilizatsiyasiga qo’shgan ulkan hissasini keng targ’ib qilishga qaratilgan katta e’tibor o’z samarasini berayotir .
O’quvchi : Mashaqqatli hayot yo’li , jasoratli va bag’ri kengligi ibrat maktabini o’tab kelayotgan Z . M . Boburning dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilingann asarlari , g’azal va ruboyilari , ona yurtiga sadoqat ruhida tarbiyalshga katta ahamiyat kasb etadi .
O’quvchi : Ulug’ o’zbek shoiri mutafakkir tarixchi , shoh
va sarkarda , boburiylar saltanatining asoschisi Amur Temurning
5 – avlodi Farg’ona viloyati hokimi Umarshayx Mirzoning farzandi Bobur dovyurakligi va jasurligi uchun “”Bobur ya’ni “ she’r ” laqabini oldi .
O’quvchi : Bobur murakkab umr yo’lini bosib o’tdib , hayotda asosiy qismini jangu – jadallarda o’tkazishga mabur bo’lsada adabiyot , sa’nat , tarix va ilm fanining turli sohalarda qimmatli asar yaratdi .
Sadoqat : Bobur inson va u go’zalligini sevgi sadoqat vafo , do’stlik fazilatlarni ulug’lovchi ezgu – untilishlar va orzu umrlarini targ’ib etuvchi go’zal asar bilan ona yurtiga muhabbat , vatanparvarlik va hayotsevarlik g’oyalari bilan o’quvchiga zavq – shavq baxsh etdi . Bobur haqida boshqa shoirlarning gaplari
O’quvchi ; Boburda buyuk qalb egasiga xos bo’lgan barcha oliyjnob fazilatlar mavjud edi . Uning asarlari yuksak darajada mukamallik kasb etadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |