Shoh va shoir bobomiz
Sahna ko`rinishini namoish itamiz
Download 33,26 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quvchilar Z. M. Bobur ruboiylaridan namunalar o’qishadi.
- Boburning she`ri
- Chiroyligim”
Sahna ko`rinishini namoish itamiz.
(“Bobur va qovun haqidagi” rivoyati). Sahnaga Bobur va vaziri kirib keladi . Bobur:- xomush holda ushbu baytni o’qiydi. -Tole yo`q jonimg’a balolig` bo`ldi, Har ishniki ayladim xatolig’ bo`ldi. O`z yerni qo`yib Hind sori yuzlandim, Yo rab netayin, ne yuz qarolig’ bo`ldi. Vazir:-Shohim nechun xomushsiz? Bobur:- Ona yurtim, Andijonimni sog’indim. Vatanim mevalarini tuprog’in hidini sog’indim. Vazir: - Dehqonlar Andijondan siz uchun qovun keltirishibdur. Bobur:- Olib kiringlar! Qovunni olib kirishadi. Bobur qovunni uzoq hidlab yuz – ko`ziga surtadi va o`ta g`amgin holda gapiradi:
18- O’quvchi: Davron meni o’tkardi sar-u, somondin, Ayirdi meni bir yo’lda xon-u mondin. Gah boshima toj gah baloyi ta`na, Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin. 19- O’quvchi: Tole yo’qe jonimg’a balolig’ bo’ldi, Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi. O’z yerni qo’yib Hind sori yuzlandim, Yorab netayin ne yuz qarolig’ bo’ldi. 20- O’quvchi: Hijron qafasida jon qushi dam qiladur, G’urbat bu aziz umrni kam qiladur. Ne nav`bitay firoqu g’urbat shahrin, Kim ko’z yoshi nomaning yuzini nam qiladur. 21- O’quvchi: Ko’pdin berikim yoru diyorim yoqtur, Bir lahza – yu bir nafas qarorim yo’qtur. Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur. 22- O’quvchi: Yo qahr-u g`azab birla meni tufroq qil Yo bahri inoyatingda mustag`roq qil Yo rab ,sendadur yuzim qaro gar oq qil Har nav, sening rizong erur andoq qil. 23- O’quvchi: Ey yel borib ahboda nomini degil Har kim meni bilsa ham paymonimni degil. Mendin demagin gar unitilgan bo`lsam Har kimki meni so`rsa salomimni degil. 24- O’quvchi: Boburning she`ri Ey sevimli aziz avlodim, Bog` yaratdim hamda betakror. Boburnoma mendanda yodgor, Tanim qolur hind tuprog’ida. G`azalimga kuylar bastalang Jonim chiqar qalbimda dodim, Ruhim uchun sokinlik tilang. 1- Boshiovchi: Mana bobomizning so`nggi so`zlaridan bilib oldikki, u kishi o`zning g`azallarini el orasida kuylanishini juda xohlaganlar. O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bobomizning “Chiroyligim” nomli g’azalini yangicha talqinda juda zo`r mahorat bilan ijro etganlar. Hozir shu g`azalni e`tiboringizga hovola etamiz…. Raqs “ Chiroyligim” 2 – boshlovchi: – Shoir buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ananalarini davom ettirib vatanga muhabbat, insonparvarlik, ma`rifatparvarlik, yorga muhabbat g’oyalari bilan sug’orilgan ajoyib asarlar bitdi. 1 – boshlovchi: – U axloq – odob mavzusiga e`tiborni qaratdi. Yaxshilikni ulug’ladi, xalq manfaatlarini o’yladi. Inson qadr – qimmatini yuqori tutdi. Odamlarni kamtarin, ko’rkam fazilatlar egasi bo’lishga da`vat etdi. Download 33,26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling