Shoir she’rlaridagi mumtoz ruh manbalari


Kulib loqaydgina yonimdan o’tdi


Download 41.75 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi41.75 Kb.
#1459201
1   2   3   4
Bog'liq
Taylakova Moxinur

Kulib loqaydgina yonimdan o’tdi,
Bu beparvoligi jonimdan o’tdi.


Ushbu baytda “loqayd” va “beparvo” kabi so’zlar “tanosub” san’atini hosil qiladi. Tanosub she’r baytlarda ma’no jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so’zlarni qo’llab, ular vositasida obrazli ifodalar, lavhalar yaratish san’atidir.
Pushaymon etdimi,qayrildi so’ngra,
Misoli bir qoshiq qonimdan o’tdi.


Ushbu ikkinchi baytda yorning qayrilishini “misoli bir qoshiq qonimdan o’tdi “ deb qiyos etishidan “tashbeh” san’atini hosil qiladi. Tashbeh - “o’xshatish” ma’nosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani ular o’rtasidagi haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga ko’ra o’xshatish san’atidir.
Qorong’u bu ko’ngilga tushdi ko’zlar,
Chaqin chaqnab, zimistonimdan o’tdi.


Ushbu baytda “ qorong’u” va “zimiston” so’zlari tanosub san’atini hosil qilsa, “chaqin” va “chaqnab” so’zlari esa “ishtiqoq” san’atini hosil qiladi. Ishtiqoq (ar. - bir so'zdan boshqa so'z hosil qilish) - bir o'zakdan hosil bo'ladigan bir nechta so'zni bayt yo jumlada qo'llash san’ati. Ishtiqoq atamasi mumtoz poetikaga oid manbalarda turli nom bilan keltirilgan (“Tarjumon ul-balog'a”da muqtazab, "Ilmi bade’ dar adabiyoti forsiy”da iqtizob, “Jam’i muxtasar” va “Al-mo“jam” da ishtiqoq). O‘zakdoshlik har bir tilning ichki qonuniyatlari doirasida shakllanadi. Jumladan, forsiy va turkiy so'zlarda o'zakka turli affikslar qo'shish bilan yangi ma’no yoxud ma'no jilvalari hosil qilish xarakterli bo'lsa, arabcha so'zlarda ichki fleksiya asosiy o'rin tutadi.
Bundan tashqari shoir bu baytda “qorong’u bu ko’ngil” deb “sifatlash“ san’atidan ham o’rinli foydalangan. She’r misralarida otga mansub so’zlar oladigan sifatlovchi aniqlovchi gap bo’lagini mohirlik bilan kelishi. Shuningdek fe’lning oldidan ish-harakatni qay holatda bajarishning ifodalovchi hol gap bolagining kelishi “Sifatlash” deyiladi.
Agar g’amgin ko’rinsam ayb emasdir,

Download 41.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling