Shoir she’rlaridagi mumtoz ruh manbalari
Bu ayb sarvi xiromonimdan o’tdi
Download 41.75 Kb.
|
Taylakova Moxinur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajablanmang qalamning nolasiga, U tig’danmas, u hijronimdan o’tdi.
Bu ayb sarvi xiromonimdan o’tdi.
Ushbu baytda esa “ ayb” so’zining takror qo’llanishidan “takrir” san’ati hosil bo’lgan. Takrir-”takrorlash” ma’nosini ifodalovchi lafziy san’at bo’lib, she’rda u yoki bu so’zni takror qo’llashni nazarda tutadi.Takrorlash vositasida so’z ma’nosini, uning mohiyatini ta’kidlab ko’rsatish ushbu san’atning asosiy xususiyati sanaladi.Bu ”muvozana” baytda san’atidan ham foydalanilgan. Arabcha vazn sozidan olingan bolib, vazn jihatdan teng degan manosni anglatadi. Bunda baytning birinchi misrasida qancha soz bolsa, 2-misrasida ham shuncha soz bolishi shart. Eng asosiysi misralardagi boginlari teng bolishi shart.Bu baytning ikki misrasida ham so’zlar soni 5ta,bo’g’inlar soni esa 11ta. Ajablanmang qalamning nolasiga, U tig’danmas, u hijronimdan o’tdi. Ushbu baytda insonga xos bo’lgan nola qilish xususiyati qalamga ko’chirilishi natijasida “tashxis” sanatidan va “ ajablanmang” deya kimgadir buyruq berish yoki uni qandaydir ishdan qaytarish orqali “Insho” badiiy san’atining 4-usulidan foydalanilgan.Bundan tashqari shoir tig’dan emas hijronimdan qalam nola qilganiga ajablanmang deb chekkan hijronini bo’rttirib tasvirlab, mubolag’a san’atidan foydalanadi. Shu o’rinda mubolag’a san’atining uch turi borligini aytib o’tishimiz zarur: tablig‘ – aqlan ishonish mumkin bo‘lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lgan mubolag‘adir. Kecha kelgumdur debon ul sarvu gulro‘ kelmadi, Ko‘zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi. (A.N.) Ig‘roq - belgi yoki harakatni aqlan ishonish mumkin bo‘lsa ham hayotda yuz berishi mumkin bo‘lmagan tarzda kuchaytirib tasvirlash demakdir. Chu oshiq ongladi qilg‘och taammul, Ki yeldin tushkudekdur yer uza gul. Er o‘pmaklikka majnundek ham o‘ldi, Quyosh ostida gardundek ham o‘ldi. (A.N.) G‘uluv – aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lmaydigan tarzda tasvirlash san’ati: Oh ursa olamni buzar tovushi, To‘qson molning terisidan kovushi. («Alpomish».) Yuqorida baytda qo’llangan mubolag’aga aql bovar qilishi mumkin lekin hayotda yuz berishi mumkin emas, shundan kelib chiqsak bu mubolag’a ig’roqdir. “Tashxis” arabcha “jonlantirish” degan ma’noni ifodlaydi. Jonlantirish insonga xos xususiyatlarni tabiatdagi jonli va jonsiz narsalarga ko’chirishdir. “Insho” badiiy sanat 4 usulga ega: 1.Nido 2.Tamanni 3.Istifxom 4.Amri naxiy Nido sher misralarida lirik qahramonning boshqa shaxslarga murojaati. Soddaroq qilib aytganda sher misralarida undalmadan mohirlik bilan ; Ey sabo, gambodadirman bistarimni qovlama Chun shafaq oludamen xokistarimni kovlama. Izoh! Lirik qahramon sabo(shamol)ga murojaat qilyapti. Tamanni. Orzu qilish. Lirik qahramon oz orzusini, tilagini, istagini sher misralarida keltirishi: Tunimda shamol majlis bolsam erdi. Kun olsa yori munis bolsam erdi. Sani shikingdin, ey dilbar, muhabbat jonini ichsam, Oshal kundin beri bilmay ozim mastoranalar bolubdum. Istifxom. Sorash degan manoni bildiradi. Lirik qahramon oz ichki dunyosini bezovta qilayotgan tuygularini kimgadur murojaat qilib, oz ichki ruhiy olamini ochib berishi: Istadim, ey, dil, kozni, joning, kerakmasmu sana, Kufru zulfing savding, imoning karakmasmu sana. Charxning men kormagan jabru jafosi qoldimu, Xasta konglum chekmagan dardu balosi qoldimu. Amri naxiy. amr buyurish, naxiy man qilish. Lirik qahramon sherda kimgadir buyruq berishi yoki aksincha uni qandaydir ushdan qaytarishi :. Kel daxrni imtihon etib ket, Sayri chamanni jahon etib ket. Qaro kozim kelu mardumlig emdi fan qilgil, Kozim qarosida mardum kibi vatan qilgil. Download 41.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling