Sholini ko'chat usulida ekish


Download 24.27 Kb.
bet5/8
Sana15.06.2023
Hajmi24.27 Kb.
#1483762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sholini ko\'chat usulida ekish va parvarishlash

Tuproqqa munosabati. Sholi tuproq sharoitiga talabchan emas, uni botqoq, o‘tloq, torfli, sho‘rxoq va sho‘rtob tuproqlarda yetishti-rish mumkin. Daryo qirg‘oqlaridan olib kelingan yoki oqib kelgan, mexanik tarkibi og‘ir, tarkibida yetarli darajada organik moddasi bo‘lgan qumoq tuproqlar yaxshi hisoblanadi.
Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: O‘zbekistonda mahalliylashtirilgan ertapishar Gulzar, Jayxun, Nukus-2; o‘rtapishar Avangard, Alanga, Tolmas; kechpishar Intensivniy, Lazurniy, Uz-ROS-7-13 navlari ekilmoqda.
Yerni ishlash. Suv bostirilgan sholipoyalarda tuproqqa havo kirolmaydi. Shuning uchun zararli bo‘lgan birikmalar: vodorod, sulfid, metan, temir (II) oksidi birikmalari, marganes va mikrofloraning anaerob sharoitida hosil bo‘lgan boshqa mahsulotlar to‘planadi. Bularning hammasi tuproq unumdorligini pasaytirib va bu o‘z navbatida, sholi hosilining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bunday noqulay sharoitni bartaraf qilish uchun sholi ekishga qadar, ya’ni kuz, qish va bahor davomida yerni yaxshilab quritish hamda shamolla­ tib turish zarur. Yerni kuzda haydash sholi hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega.
O‘g‘itlash. Sholini oziqlantirishda fosforli o‘g‘itlar solish miqdori ular tarkibidagi o‘simliklarga oson singadigan holatdagi fosfor miqdoriga qarab, gektariga 60 - 90 kg dan 120 - 150 kg.ga-cha belgilanadi.
Azotli o‘g‘itlar fosforning oson o‘zlashadigan holatga o‘tishiga imkon beradi. Shuning uchun ham fosforli o‘g‘itlar 1:1, 1:0,7 nis-batda solinadi.
Sholiga kaliyli o‘g‘itlardan, odatda kaliy xlorid (tarkibida 52 - 60 % K2O bo‘lgan, kaliy sulfat 30 - 40 % tuz bo‘lgan) solinadi. Eskidan haydalib kelinayotgan o‘tloq tuproqli yerlarning har gektariga 180 kg azot, 120 kg fosfor solinadi. O‘t poyalarning har gektariga 90 - 100 kg azot, 120 - 140 kg fosfor, ag‘darib haydalgan o‘t poyalarga 120 - 150 kg azot va 110 - 130 kg fosfor solish tavsiya qilinadi.
Ekish. Ertagi sholi 5 sm chuqurlikdagi tuproq qatlamining va suvning o‘rtacha harorati 12 °С ga yetganda, ya’ni sovuq bo‘lish xavfi o‘tib ketgandan keyin ekiladi. Yoppasiga ekish esa tuproq va suvning o‘rtacha harorati 14 - 16 °С ga yetganda boshlanadi, aprel - iyunning birinchi o‘n kunligida ekiladi.
Sholi mashinalarda oddiy usulda qatorlab va sochma usulda ekiladi­. Hozirgi paytda O‘zbekistonda don seyalkasida qatorlab ekish keng tarqalgan. Suv bostirilmagan pollarga qator oralarini 15 va 7,5 sm dan qoldirib yoppasiga qatorlab ekishda disk - soshnikli SU - 4,2: SUB - 48, SZT - 3,6 kabi don seyalkalaridan foydalaniladi va urug‘ yuza 1 - 2 sm chuqurlikka ko‘mib ketiladi.
Ekish me’yori. O‘zbekiston sharoitida gektariga 5,0-7,5 mln. donagacha sholi ekilganda, ya’ni 1 metr kvadrat yerda o‘rimga qa-dar 250-350 tup atrofida o‘simlik va 450-500 ta unumdor ro‘vak-li poya bo‘lgan taqdirda sholidan mo‘l hosil olinadi. Bunda ekish me’yori 10 sotix yer maydoniga 18-20 kg.ni tashkil etadi.
O‘zbekistonning turli sholichilik tumanlarida sug‘orish davri qariyb 100 kun davom etadigan o‘rtapishar nav sholini sug‘orish uchun 1 ga yerga 20 - 30 ming m3 gacha suv talab qilinadi.

Download 24.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling