vositalar bo‘yicha xabardorlik darajasi (bilimi, malakasi) ancha yuqori bo‘lsa,
ulaming fikriy va lisoniy hodisalar bilan ish ko‘rishdagi (bir-birini tushunishdagi)
farq ham shuncha kam bo ladi; nutqiy ijodiylik asosi kengayadi, shaxsning
136
muayyan semantik guruh (auditoriya)ga mansubligi uning nutqiy malakasini
tavsiflovchi quyidagi belgilar asosida aniqlanadi.
1 Umumadabiy til vositalami bilish darajasi.
2 .Ma’lum uslubning va janming qonun-qoidalariga rioya qilish malakasi.
3 .Matnni o‘qish va uni talqin eta olish malakasi vatajribasi.
Matn mazmunini aynan, muqobil holda talqin etish malakasi 9 ‘quvchilaming
xabardorlik darajasini belgilaydi. Matniy materiallarni turkumlashda ham ularnmg
axboriyligi (informativligi), ya’ni ma’lumot miqdori yoki hajmi hisobga olinadi.
Va xabardorlik tushunchasi orqali baholanadi. Boshqacha aytganda, matniy
materiallarning axboriyligi (informativligi) ulami o‘quvchilar tomonidan aynan
(adekvat) talqin etilish mezoni bilan tavsiflanadi. Matniy talqinning aynanligi,
muqobilligi uning asosiy g'oyasini tushunish darajasiga bogiiq. Zero matn - g‘oya
(konsepsiya) haqidagi axborot. Demak, matn talqini aynanligi undan idrok etilgan
g ‘oyaning aynanligini anglatadi.
Arnalda matn uslubi tushunchasi ham ko‘p ishlatiladi. Bu, odatda, ikki xil
ma’noda taqdim etiladi. Matn uslubi deganda muayyan bir uslub va janrga
mansublik sifati nazarda tutiladi. Ammo aksaryat hollarda tahlil etilayotgan
matnning boshqa matnlardan farq qiluvchi o‘ziga xos tomonlari, xususan, uning
muallif tomonidan tarkiblanishdagi o‘ziga xoslik (shaxsiy uslub hodisasi)
tushuniladi.
Matn uslubi, birinchidan, tilning usluban betaraf va umumuslubiy
Do'stlaringiz bilan baham: |