Sho`radoshlar (Chenopodiaceae) oilasi; Reja
rasm: Teresken o`simligi; Izen
Download 296.41 Kb.
|
shoradoshlar chenopodiaceae oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizil sho`ra
7.4 rasm: Teresken o`simligi;
Izen (Kochia) turkumi bir yillik o`t va yarimbutalardan iborat. Respublikamizda 4 turi tarqalgan. Izen (K. prostrata) poyasi 10—75 sm, tez ko`chadigan kalta jingalak tukli, yarim tik poyali yarimbuta. Cho`! va adirlarda, qumli, sho`rxok tuproqlarda o`sadi. Izen qimmatli yem-xashak hisoblanadi. Bir yillik turlaridan makka supurgi (K. scoparia) supurgilar tayyorlash uchun ekiladi. Qizil sho`ra (Salicornia europaea) poyasi asosidan shoxlangan, 5—50 sm, bo`g`imli, silliq, sershira, qizg`ish rangli bir yillik o`t. Sho`radoshlar orasida Qorabargo`t (Suaeda), Sho`rak (Salsola), Chug`on (Halothamnus), Buyuurg`un (Anabasis), saksovul (Haloxylon), Toshbuyurg`un (Nanophyton), Donasho`r (Gamanthus) kabi turkumlarining turlari rang-barangligi, tarqalishi va xo`jalik ahamiyatiga ko` ra diqqatga sazovordir. Sho`raklar (Salsola) turkumiga bir ylilik o`t, yarimbuta va daraxtchalar kiradi. Barglari etli, nina yoki tangchasimon. Gullari boshoqsimon to`pgul, 2 jinsli, 5 a`zoli, mevasi qanotchali. O`zbekistonda sho`rxok, sho`rtob yerlarda o`suvchi 48 turi bor, Tuyaqorin sho`rak (S. australis) poyasi 1 metrgacha yctadigan ildiz bo`g`zidan sershox, shox-shabbasi sharsimon, ba`zan qizg` ish tikanli, quriganda ildiz bo`g`izidan tez uzilib, shamoida dumalaydigan bir yillik o`t. Cho`1, adirlarning qumli, by tuproqli yonbag`irlarida o`sadi, ba`zan lalmi ekinlarning xavfli begona o`ti. Sho`radoshlarning 6 turi: Bochansev yertezagi (Nanophyton botschantzevii), Ensiz sho`rak (Salsola angusta), Merkulovich baliqko `zi (Cl imocoptera merkuiwizi i), To`mtoqgulyonbargchaii baliqko `z (C. amblyostegia), Maligin baliqko`zi (C. malyginli) va b. O`zbekiston uchun endem turlar sanaladi. Buyurg`un (Anabasis) turkumiga bir yillik, ko`p yillik o`t va yarimbutalar kiradi. Poyalari bo`g`inli, shoxchalari va barglari qarama-qarshi o`rnashgan, ba`zan butunlay bargsiz. Gullari 2 jinsli, 5 a`zoli. Mevasi rezavor. Ularning umuman 30 ta, O`zbckiston cho`llarida esa 10 ta turi tarqalgan. Keng tarqalgan turlaridan sho`r buyurg`un (A. salsa) bo`yi 5—50 Sm, sershox yarimbuta, mevasi qizil. Sho`rxok va toshli cho`1 va adirlarda o`sadi. Tuya, ot, qo`y va echkilar uchun oziq. Itsigek buyurg`un (A. aphylla), bo`yi 30—75 Sm, sershox, silindirsimon, yashil, sershira poyali, zaharli yarimbuta. Barglari tangachasimon. Mevasi gulqo`rg`on barglaridan qisqa. Tarkibidagi anabazin alkaloidi zararli hasharotlarga qarshi kurashda ishlatiladi. Sho`rxok yerlarda, taqirlarda, yer osti sho`r suvlari yaqin qumliklarda o`sadi. Saksovul (Haloxylon) turkumiga daraxt va butalar kiradi. Barglari tangachasimon, qarama-qarshi o` rnashgan, ha `zan bargsiz, assimilatsiya vazifasini asosan bir yillik yosh novdalari bajaradi. Gullari mayda 2 jinsli. Novdalari yozning issiq kunlaridan sentabrning boshigacha o`sishdan to`xtaydi va yozgi tinim davrini o`taydi. Sentabr-oktabr oylarida o`sish va rivojlanishi davom etadi, mevasi pishib yetiladi. Saksovullarning umuman 5 turi mavjud, shundan O`zbekistonda 3 turi tarqalgan. Oq saksovul (H. persicum), bo`yi 4—5 metrcha keladigan buta yoki daraxt, po`stlog`i och kuirang. O`rta Osiyodagi qumliklarda keng tarqalgan. Qora saksovul (H. aphyilum), balandligi 6—7 metrga yetadigan bargsiz yoki qipiqsirnon bargli daraxt, po`stlog`i to`q kulrang-qoramtir. O`zagi jigarrang, qattiq, og`ir, suvda cho`kadi. Qora saksovul qumli sho`rxok cho`llarda o`sadi. U cho`lda o`rmon hosil qiluvchi eng yirik o`simlikdir. Yog`ochi a`lo sifatli yoqilg`i. lkkala turdan ham ixota daraxtzorlari tashkil etishda foydalaniladi. Zaysan saksovuli (H.ammodendron) 1—2 metrcha keladigan buta, asosan Ustyurtda tarqalgan. Download 296.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling