Shovot tumani maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 40-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi (yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi) o‘rtasida tuziladigan shartnoma
III. TO‘LOV (HISOB-KITOB) TARTIBI
Download 3.71 Mb.
|
BOLALAR SHARTNOMASI YANGI KICHIK GURUH
III. TO‘LOV (HISOB-KITOB) TARTIBI
3.1. DMTTda tarbiyalanuvchining bo‘lgan davri uchun bir oylik badal to‘lovi 67 500 (oltmish yeti mingbesh yuz) so‘m; agar ota-onaning ikki (2) yoki undan ortiq bolalari DMTTga qatnagan taqdirda badal to‘lov51 000 (ellikbir ming)so‘mni tashkil etadi. Bunda: bir oilada ikki va undan ortiq bolalar turli DMTTlarga qatnasa, ota-ona tegishli ravishda bir DMTTdan boshqasiga farzandlarining boshqa DMTTga qatnashi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim. 3.2. DMTTdagi bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan badal to‘lovi miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgargan taqdirda bu haqda DMTT ma’muriyati tarafidan ota-onalarga yozma ravishda ma’lum qilinadi hamda mazkur shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tuziladi. 3.3. DMTTga ota-ona tomonidan tarbiyalanuvchi uchun to‘lanadigan badal to‘lovi joriy oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi. Agar tarbiyalanuvchi oyning 15-sanasidan keyin kelgan taqdirda bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to’lanadi. Bunda to’lovlar bolaning shu oyda DMTTga qatnaydigan kunlariga mutanosib ravishda to’lanadi. 3.4. Tarbiyalanuvchining DMTTga uzrli sabablarga ko‘ra, ya’ni ketma-ket 3kundan ortiq kasalligi yoki oila a’zolarining kasalligi (karantin), ota-onasining mehnat yoki boshqa ta’tilda bo‘lganligi sababli kelmagan kunlariga to‘lovni qayta hisoblash faqatgina yuqoridagi holatlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda amalga oshiriladi. 3.5.Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola DMTTga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi. Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning DMTTga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart. Ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola DMTTga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi ko‘rsatilgan holda maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha maktabgacha ta’lim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi. Tarbiyalanuvchi sababsiz uyda qolgan holatlarda ota-ona tarafidan to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi. 3.6. Tarbiyalanuvchi uchun to‘lanadigan badal to‘lovi oyning 15-sanasidan boshlab ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi DMTTdan chetlashtiriladi. 3.7. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendar kuni mobaynida DMTTdagi tarbiyalanuvchi ta’minoti uchun mavjud bo‘lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu DMTTga majburiy tartibda tiklanadi, ko‘rsatilgan muddatdan o‘tib ketgan taqdirda DMTTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi. Tarbiyalanuvchining DMTTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘g‘risida ota-onaning yozma arizasi bo‘lmagan hollarda to‘lovni to‘liq oy uchun hisoblash va umumiy asoslarda undiriladi. Tarbiyalanuvchini DMTTda to‘lov to‘langan davrdan ortiq muddatda bo‘lishiga ushbu oy uchun to‘lovning qolgan qismi to‘langandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi. Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha ta’lim DMTTiga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni tarbiyalanuvchi amalda DMTTiga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi. 3.8. DMTTdagi bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali va pul o‘tkazish yo‘li bilan) to‘lanadi. Bunda to‘lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi DMTTga taqdim etiladi. 3.9. Bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar DMTTning tegishli hududiy g‘aznachilik bo‘linmalaridagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida undan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling