Shovot tumani maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 40-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-onasi (yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi) o‘rtasida tuziladigan shartnoma
Download 3.71 Mb.
|
BOLALAR SHARTNOMASI YANGI KICHIK GURUH
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
- VII. KORRUPSIYAGA QARSHI QOSHIMCHA SHARTLAR
IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda ular O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. V. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH 5.1. Taraflar shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishi mumkin. 5.2. Mazkur shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishga qaror qilgan taraf bu haqda qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ikkinchi tarafga yozma bildirishnoma yuborishi shart. 5.3. Shartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga faqat qonun hujjatlariga asosan yo‘l qo‘yiladi. VI. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI 6.1. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi. 6.2. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yozma ravishda qo’shimcha kelishuv orqali tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi. 6.3. Ushbu shartnoma bo‘yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar, qoidaga ko‘ra, ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar. 6.4. Taraflar o‘rtasida o‘zaro hal qilinmagan nizolar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda sud tartibida hal qilinadi. 6.5. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan holatlar amaldagi qonunchilik tartibida hal etiladi. VII. KORRUPSIYAGA QARSHI QO'SHIMCHA SHARTLAR 7.1. Taraflar shartnoma tuzishda, shartnomaning amal qilish muddatida va ushbu muddat tugaganidan so`ng, shartnoma bilan bog`liq korrupsiyaviy harakatlarni sodir qilmaslikka kelishib oladilar. 7.2. Taraflar shartnomadagi korrupsiyaga qarshi qo`shimcha shartlarda belgilangan korrupsiyaning oldini olish choralarni tan oladi va ularga rioya etilishi bo`yicha hamkorlikni ta`minlaydilar. 7.3. Har bir taraf shartnoma tuzilgan paytda bevosita o`zi yoki uning ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan shartnoma bilan bog`liq munosobatlar yuzasidan qonunga xilof ravishida pul, moddiy qiymatliklar berilmaganligini, shartnoma tuzilishi evaziga norasmiy pul yoki boshqa moddiy qiymatliklar olinishga yo`l qo`yilmaganligini, taklif etilmaganligini, ularni berishga va`da qilinmaganligini, shuningdek, moddiy yoki har qanday turdagi imtiyoz, ustunliklar olinmaganligini (kelajakda bu turdagi harakatlarni amalga oshirishi mumkinligi haqida taassurot qoldirmaganligini) kafolatlaydi. Taraflar, ular tomonidan shartnoma doirasida jalb qilingan shaxslarning yuqoridagi harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan oqilona choralar ko`radi. 7.4. Ushbu holat bo`yicha bir taraf ikkinchi tarafni hamda vakolatli davlat organlarini darhol xabardor qilishi shart. 7.5. Tarafning talabi bo`yicha ikkinchi taraf tomonidan shartnoma shartlarini buzganlik holatini bartaraf qilish bo'yicha oqilona muddat ichida tegishli choralar ko`rilmagan yoki ko`rib chiqish natijalari haqida xabardor qilmagan taqdirda, ushbu taraf shartnomani bir taraflama to`xtatib turishga, bekor qilishga hamda zararni to`liq qoplab berishni talab qilishga haqli. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling