Shpaklevka aralashmalari. Gips bog‘lovchi asosida shpaklevka qorishmalari. Suvoq uchun qorishmalar. Dekorativ suvoqlar. Yuzalarni suvash


Download 24.32 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi24.32 Kb.
#1387023
1   2
Bog'liq
3-Ma\'ruza

Terrazit va tosh suvoqlar


Terrazit qurilishga tayyor quruq rangdor aralashma holida keltiriladi va ish joyida suv bilan aralashtiriladi. Terrazitning rangi va fakturasi qumtoshga o‘xshash, lekin u yaltiroq, unga slyuda qo‘shib yaltiroq qilinadi. 20-30% sement qo‘shilgan so‘ndirilgan ohak terrazit suvoqning bog‘lovchisi hisoblanadi.
Marmar uvog‘i va kvars qum to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Terrazitga rang berish uchun pigmentlar qo‘shiladi. Terrazitga ishlatiladigan to‘ldirgichlar elanadi. Terrazit qorishmalarni chaplash ohak-qum qorishmalarni chaplashga nisbatan ancha qiyin, chunki terrazit qorishmalar ko‘pincha yirik uvoqlardan tayyorlanadi. Ba’zan terrazit qorishmasi suyuq qilinadi va yuzalarga 3-4 qatlam qilib chaplanadi. Rax chiqarishda mayda to‘zldirgichli terrazit ishlatiladi.
YUzalarni terrazit qorishmalar bilan suvashda tayyorlangan qorasuvoq ustidan dastlab suyuq terrazit qorishmasi sepma qatlam qilib chaplanadi va uni tutib qolgandan so‘ng (1-5 soat o‘tgach) terrazit yirikligiga va suvoq qatlamining qalinligiga bog‘liq holda qorasuvoqning 2-3 qatlami chaplanadi. Qorasuvoq yaxshilab tekislanadi, yog‘och andavani yoni bilan urib shibbalanadi. Agar qorasuvoq yuzasida o‘yiq joylar bo‘lsa ular qorishma bilan suvab to‘g‘rilanadi so‘ng pardozsuvoq qilinadi va yaxshilab tekislanadi. Ba’zan terrazit suvoqning chaplangan qatlami tutib qolgandan keyin uni ishqalab tekislanadi va mayda tishli siklyalar bilan ishlov beriladi. Suvoq yuzasiga qorishma chala qotgan vaqtda ishlov beriladi. Faqat bir yo‘nalishda siklyalash kerak, aks holda yuzada dog‘lar qoladi. Qotgan yuza bo‘ylab siklyalashda chang ajralib chiqadi, shuning uchun himoya ko‘z oynagi taqib ishlash kerak.
Siklyovkasiz terrazit suvoq quyidagilardan iborat yuzada sepma qatlam hosil qilingach, nishonlargacha 5-7mm oraliq qolguncha oddiy qorishmadan qorasuvoq chaplanadi, keyin nishonlar yuzasiga qadar yangi qorishma ustidan rangdor qorasuvoq qilinadi, u rejacho‘p yoki yog‘och andava bilan tekislanadi. Rangdor qorasuvoqdan keyin supurgi yordamida 5-7mm qalinlikda qaymoqsimon sepma chaplanadi. Sepma yuzada qalin va do‘ng erlar hosil bo‘lmasligi uchun pardozsuvoq bir tekis qilib puxta chaplanadi. Pardozsuvoq bir oz qurigach suvoq yuzasi andava yoki rejacho‘p qirrasi bilan tekislanadi bunda devor yuzasiga chiqib qolgan hamda omonat turgan uvoq zarrachalari tushirib yuboriladi, keyin suvoq yuzasi supurgi bilan supuriladi va siklyalangan yuzaga o‘xshash yuza hosil qilinadi.
Toshsuvoqlar amalda marmar suvoqlar deb ataladi, chunki ular tarkibiga marmar va granit uvoqlari shaklidagi to‘ldirgich kiradi. Uvoqlar rangi suvoq rangiga mos bo‘lishi kerak. Uvoq donalari yuzalarning asosiy qismini egallaydi.
Toshsuvoqlar juda qimmatga tushadi, ularni ishlash uchun ko‘p mehnat sarflash kerak, lekin ular juda mustahkam bo‘ladi. Toshsuvoq qorishmalari ancha suyuq qilib tayyorlanadi, uni suvoq kurakchasi bilan 3-4 qatlamda chaplanadi, chunki 1 martada 10 mm qalinlikdagi suvoq qatlami chaplab bo‘lmaydi. Suvoqlarning rangiga asosan bog‘lovchilarni oqlash va bo‘yash ta’sir etadi. Oq marmar va ohaktoshga o‘xshatib suvash uchun yaxshisi oq sement ishlatgan ma’qul. Oddiy sementni oqartirish uchun ohak, oq marmar uni yoki upasi ishlatiladi. Avval sepma qatlam chaplanadi, oradan 1-1, 5 soat o‘tgach qorasuvoq qilinadi. Agar qorasuvoqda ko‘p o‘yiqlar bo‘lsa, ular ancha suyuqroq qorishma bilan to‘g‘rilanadi. Suvalgan yuza 6-8 kun davomida suv bilan ho‘llab turiladi, keyin suvoq 1-2 kun ichida quriydi va etarli darajada mustahkam bo‘ladi.
Toshsuvoqlarga zarb beradigan asboblarga: bucharda, skarpel, zubilo, treyanka bilan ishlov beriladi va qumqayroq egovlar bilan ishqab tozalanadi. Toshsuvoqqa mo‘yna ko‘rinishi berib pardozlashda ko‘pincha bucharda ishlatiladi. Fakturaning yirikligi uvoqlarning va bucharda tishlarining katta-kichikligiga bog‘liq, tishlar va uvoqlar qanchalik yirik bo‘lsa kertiklar shunchalik katta bo‘ladi. Toshsuvoqlarni shtrixovka qilib pardozlashda troyanka ishlatiladi. Asbob tishlarining katta-kichikligiga bog‘liq holda jo‘yaklar yirik, o‘rtacha va mayda bo‘lishi mumkin. Birinchi shtrixlar kanop bilan tortilgan chiziqlar bo‘yicha qolganlari esa birinchi jo‘yak bo‘yicha parallel qilib olinadi. Suvoqni shashka nusxa qilib quyidagicha pardozlanadi. Suvoq yuzasi kanop yordamida kataklarga bo‘lib chiqiladi. SHundan so‘ng har bir katak o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlarda troyankalar yordamida ishlab chiqiladi lekin bunda bajarilgan faktura boshqa katakka o‘tib ketmasligi kerak.
Yo‘l-yo‘l shtrixovka qilib pardozlash. YUza kanop yordamida toshlarga bo‘linadi. Toshlar orasiga qotmagan yumshoq qorishma bo‘ylab po‘lat chizgich bilan to‘g‘ri burchakli rustalar o‘yiladi. Keyin lentalarni chegaralovchi va shtrix qatorlarini belgilovchi chiziqlar chiziladi. Lentaga ishlov berilgandan keyin toshlarga troyanka yordamida shtrixlar chiziladi. SHtrixlar cho‘kichlangach barcha toshlar bo‘ylab rustalar o‘tkaziladi. Rusta yo‘llari oddiy zubilo bilan o‘yiladi. To‘g‘ri va toza rustalar hosil qilish uchun zubilo yoki skalpelni yuzaga nisbatan 60-700 burchak ostida ushlash kerak.
Siniq tosh qumtosh ko‘rinishini berib pardozlash. YUzaga 40-50mm qalinlikda suvoq qatlami chaplanadi chaplangan qorishma toshlarga bo‘linadi, rustalar o‘yiladi ishlov beriladi. Siniq toshga o‘xshash faktura hosil qilish uchun qotgan suvoqning turli joyiga zubilo bilan urib qorishma parchalari sindirib tushiriladi suvoq yuzasida bir qancha notekisliklar hosil buladi. Yo‘nilgan qumtosh ko‘rinishidagi fakturani suvoqning kichik bo‘laklarini zubilo yordamida ko‘chirish bilan hosil qilinadi. CHala qotgan tosh suvoqlarga oboymaga qisilgan tishli siklyalar bilan ishlov berish mumkin. Siklya rejacho‘p bo‘ylab suriladi va u yuzaga vertikal yo‘nalgan mayda jo‘yaklar tortadi.
Download 24.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling