Щтанова Ирода
Ijtimoiy tasavvurlarning tizimi
Download 314 Kb.
|
Shaxs o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”
Ijtimoiy tasavvurlarning tizimi
Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy tasavvurlarning asosiy funksiyalari sifatida bilish, xulq-atvor vositachisi, moslashtirishni ajratish mumkin. Talaba yoshlar taraqqiyoti va ma’naviy tasavvurlari rivojida bu psixologik mexanizmlar ham katta ahamiyatga ega, chunki yoshlarda vatanparvarlik hissi shakllanishida ushbu nazariy konsepsiya nazariy - metodologik asos bо‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy tasavvurlar stereotip qarashlarning jamiyatda saqlanishiga ham sabab bо‘ladi. Shu sababli ham bu muammo kо‘plab jahon olimlarining diqqatini ham jalb etgan. A.N.Leontyev va uning boshqa izdoshlari ham (V.S.Ageyev, G.M.Andreyeva, A.G.Asmolov, A.A. Bodalev, A.I.Donsov va boshqalar) tasavvur obrazlarining ijtimoiy va atributiv (xulq-atvorga ta’sir etuvchi) xarakterini alohida ta’kidlab, ularning shaxs ijtimoiy munosabatidagi о‘rni va mavqeiga bog‘liqligi (ixtiyoriylik), ayniqsa, ularning shaxsning boshqalar bilan о‘zaro munosabatlar tizimida tutgan о‘rniga bog‘liqligi, ijtimoiy faoliyat maqsadlarining о‘zgarishi bilan о‘zgarishini (о‘zgaruvchanlik), hamda kо‘p hollarda uni о‘rganish va о‘zgartirishda noaniqlik va mav’umliklarga uchrash mumkinligi (noaniqlik) haqida kо‘plab fikr yuritganlar. Shuning uchun ham shaxs о‘z ijtimoiy mavqeini о‘zgartirish munosabati bilan uning о‘zga obyektlar (birinchi navbatda ijtimoiy obyektlar) tо‘g‘risidagi tasavvurlari ham о‘zgaradi, ya’ni bu yerda predmetga nisbatan shakllangan shaxsiy ma’noda о‘zgarish rо‘y beradi. Bu holat turli yosh davrlarda, bir faoliyat turidan ikkinchisiga о‘tganda, bir milliy xudud territoriyasidan ikkinchisiga о‘tib, uning ma’naviy qadriyatlarini qabul qilish holatlarida va ‘okazolarda, ayniqsa, sezilarli bо‘ladi. Shunday qilib, inson shaxsi taraqqiyotini о‘rganish, uning ijtimoiy muhit normalarini qay tarzda о‘zlashtirishini bilish uchun undagi ijtimoiy tasavurlar tizimini tahlil qilish va uni tashkil etuvchi mazmunni belgilovchi barcha ijtimoiy psixologik omillar ta’sirini о‘rganish zarur. Download 314 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling