Щтанова Ирода


ILOVA Dj.Rotterning lokus nazorat shkalasi asosida YE.F.Bamin va boshqalar tomonidan ishlab chiqarilgan test – sо‘rovnomasi


Download 314 Kb.
bet10/10
Sana19.06.2023
Hajmi314 Kb.
#1602367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shaxs o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”

ILOVA
Dj.Rotterning lokus nazorat shkalasi asosida YE.F.Bamin va boshqalar tomonidan ishlab chiqarilgan test – sо‘rovnomasi
Sinaluvchiga yо‘riqnoma: “Sizga berilgan sо‘rovnoma 44 ta tasdiqdan iborat. Ularni о‘qib ushbu tasdiqqa qо‘shilishingiz haqida javob bering. Agar tasdiq bilan qо‘shilsangiz javob qaydnomasida ushbu tasdiq nomeri yoniga “+” , qо‘shilmasangiz “-“ belgisini qо‘ying. Shuni yodda tuting: testda “yaxshi” yoki “yomon” javoblar yо‘q. О‘z fikrlaringizni erkin va chin kо‘ngildan bayon qiling. Miyangizga kelgan birinchi fikrni belgilash maqsadga muvofiq bо‘ladi.


SО‘ROVNOMA


1. Ishdagi kо‘tarilishi kо‘proq kishining qobiliyati va urinishlaridan kо‘ra omadli sharoitga bog‘liq
2. Kо‘plab ajralishlar kishilarning bir-birlariga moslashishni hohlamaganligidan kelib chiqadi.
3. Kasallik – tasodif, agar kasal bо‘lish taqdirga yozilgan bо‘lsa hech nima qilib bо‘lmaydi.
4. Odamlar atrofdagilarga qiziqish va dо‘stona munosabatda bо‘lmaganliklari uchun ham yakkalanib qoldilar.
5. Mening orzularimning amalga oshishi aksariyat paytda omadga bog‘liq bо‘ladi.
6. Boshqalarga yoqish uchun harakat qilish befoydadir.
7. Tashqi sharoitlar (ota-ona, farovonlik) oilaviy baxtga er-xotin munosabatlaridan kо‘ra kо‘proq ta’sir kо‘rsatadi.
8. Men о‘zimda bо‘layotgan narsalarga ta’sir qilishni sezaman.
9. Odatda xodimlar harakatini tо‘liq nazorat qilish va ularning mustaqilligiga ishonmaslik yordam beradi.
10. Mening maktabdagi baholarim о‘z intilishlarimdan kо‘ra kо‘proq tasodifiy sharoitlarga (masalan, о‘qituvchining kayfiyatiga) bog‘liq bо‘lgan.
11. Rejalar tuzayotganimda ularning rо‘yobga chiqishiga ishonaman.
12. Kо‘pchilik kishilarga omad bо‘lib tuyulgan narsalar aslida maqsadga yо‘naltirilgan uzoq davomli intilishlarning samarasidir.
13. Tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilgan hayot obrazi tabib va dorilardan kо‘ra kо‘proq sog‘liqqa yordam beradi deb о‘ylayman.
14. Agar kishilar bir – biriga tо‘g‘ri kelmasalar, ular qancha urinishmasin oilaviy hayotlarini yaxshilay olmaydilar.
15. Yaxshi qilgan ishlarim odatda о‘zgalar tomonidan yuksak baholanadi.
16. Bolalar ota-onasi tarbiyalagandek katta bо‘ladilar.
17. Tosadif yoki taqdir mening hayotimda muhim rol о‘ynolmaydi deb о‘ylayman.
18. Men uzoqni kо‘zlab reja tuzmaslikka harakat qilaman, chunki kо‘p narsalar sharoitga bog‘liq bо‘ladi.
19. Mening maktabdagi baholarim kо‘proq mening intilishlarim va tayyorgarlik darajamga bog‘liq bо‘lgan.
20. Oilaviy ziddiyatlarda men о‘zimni qarama-qarshi tarafdan kо‘ra kо‘proq aybdor deb his qilaman.
21. Kо‘p kishilarning hayoti sharoitga bog‘liq.
22. Men shunday boshqaruvni yoqtiramanki, qaysiki nima qilishni mustaqil aniqlash imkoni bо‘lsa.
23. Mening hayot obrazim kasalliklar sababli deb о‘ylayman.
24. Odatda, sharoitlarning omadsiz bо‘lishi kishilarning о‘z ishida muvaffaqiyatga erishishiga tо‘sqinlik qiladi.
25. Oxir oqibat tashkilotni yomon boshqarishda о‘sha yerda ishlaydigan kishilarning о‘zlari mas’uldir.
26. Men shakllangan oilaviy munosabatlarni о‘zgartira olmaslikni tez-tez his qilaman.
27. Agar men astoydil hohlasam, hohlagan kishimni о‘zimga qarata olaman.
28. О‘sib kelayotgan avlodga shuncha kо‘p sharoitlar ta’sir kо‘rsatadiki, ota-onalarning tarbiya berishlari befoyda bо‘lib qoladi.
29. Men bilan sodir bо‘ladigan narsalar – bu о‘z qо‘llarimning mahsulidir.
30. Rahbarlarning harakatlari nima uchun bunday, unday emasligini tushunish qiyin.
31. Ishda muvaffaqiyatga erisha olmagan kishi, kо‘p kuch sarflamaganligi sababdir.
32. Kо‘p hollarda men oila a’zolarimdan nimani hohlasam shuni bajartirishga erishaman.
33. Hayotimdagi yoqimsiz voqealar va omadsizlikda mendan kо‘ra kо‘proq boshqa kishilar aybdordir.
34. Agar bolani nazorat qilinsa va tо‘g‘ri kiyintirishsa, uni shamollashini oldini olish mumkin.
35. Murakkab sharoitlarda men muammo о‘z-о‘zidan hal bо‘lishini kutib turishni afzal bilaman.
36. Omad mashaqqatli ish natijasidir va u tasodif va omadga bog‘liq emas.
37. Boshqalardan kо‘ra oilamning baxti menga bog‘liq deb his qilaman.
38. Kimlargadir yoqishim va kimlargadir yoqmasligimni tushunish menga doim qiyin bо‘lgan.
39. Men doimo mustaqil qaror qabul qilish va xarakat qilishni taqdir yoki boshqalar yordamiga ishonishdan afzal bilaman.
40. Afsuski, inson xizmatlari qancha xarakat qilmasin tan olinmay qolib ketadi
41. Oilaviy xayotda shunday xolatlar bо‘ladiki, kuchli xoxishda xam ularni xal etish mumkin bо‘lmay qoladi.
42. О‘z imkoniyatlarini namoyon qila olmagan qobiliyatli kishilar bunda faqat о‘zlarini ayblashi kerak.
43. Mening kо‘plab muvaffaqiyatlarim boshqa kishilarning yordami tufayli rо‘yobga chiqqan.
44. Xayotimdagi kо‘plab omadsizliklar bajara olmasligimdan, bilmasligimdan yoki erinchoqligimdan sodir bо‘lgan va ular omad yoki omadsizlikka kam bog‘liq bо‘lgan.
NATIJALAR TAHLILI:
Natijalarni tahlil qilishning maqsadi – subyektiv nazorat lokusini aniqlashdan iborat. U sinaluvchining test javoblari kalitida berilgan javoblarga tо‘g‘ri kelish-kelmasligini summasida namoyon bо‘ladi.




Download 314 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling