Щтанова Ирода


II BOB. SHAXS O’Z-O’ZINI ANGLASHI VA “MEN KONSEPSIYASI” MUAMMOSINI EMPERIK O’RGANISH


Download 314 Kb.
bet6/10
Sana19.06.2023
Hajmi314 Kb.
#1602367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shaxs o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”

II BOB. SHAXS O’Z-O’ZINI ANGLASHI VA “MEN KONSEPSIYASI” MUAMMOSINI EMPERIK O’RGANISH
2.1. Talaba yoshlar о‘z-о‘zini anglashining amaliy tahlili
Talaba yoshlarning kelajakda yuqori saviyali, malakali mutaxassis bо‘lib yetishishi, ixtisoslik bо‘yicha barqaror malakalar va mustahkam bilimlar egallashi kelgusi «Men» bilan uzviy bog‘liq ravishda amalga oshadi. Kelajakda о‘z sohasining ma’oratli kishisi, tashabbuskor va tashkilotchi shaxs sifatida voyaga yetishi kо‘p jihatdan ular tomonidan tanlangan ideal kasb egasi fazilatlarini qunt bilan о‘zlarida shakllantirib borishga bog‘liq. Bо‘lg‘usi mutaxassisning tinimsiz izlanishda bо‘lishligi unda dinamik «Men»ni tarkib toptira boradi, ijobiy va sifat о‘zgarishlarini oqilona nazorat qila olishi, tо‘g‘ri baholay bilishi ushbu jarayonning asosiy mezoni hisoblanadi. Shaxsning о‘zi, о‘z xulq-atvori, xususiyatlari, jamiyatdagi о‘rnini tasavvur qilishidan hosil bо‘lgan obraz - «Men» - obrazi bо‘lib, uning adekvatligi ya’ni haqiqatga qanchalik yaqin bо‘lishi shaxs barkamolligini belgilaydi. Insonning tarbiyalanganligi uning о‘zi va о‘z sifatlari tо‘g‘risidagi tasavvurlarga ega bо‘lishi natijasida namoyon bо‘ladi. Chunki har bir shaxsning о‘zligini anglashi jamiyatdagi mavjud normalarga zid harakatlar qilish e’timolini kamaytiradi. О‘z - о‘zini anglash kо‘pincha shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u о‘zidagi о‘sha jamiyat normalariga tо‘g‘ri kelmaydigan, noma’qul sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, ‘attoki, bunday tasavvur va bilimlar ongosti sohasiga siqib chiqariladi (avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga kо‘ra). Bu har bir shaxsdagi о‘z shaxsiyatini о‘ziga xos ximoya qilish mexanizmidir. Bunday ximoya mexanizmi shaxsni kо‘pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. О‘z-о‘zini anglash jarayoni shaxsning о‘zini о‘zi tarbiyalashi bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxsning о‘zini о‘zi tarbiyalashida quyidagi omillar muhim rol о‘ynaydi:
1. О‘z-о‘zi bilan muloqot, bunda shaxs о‘zini tarbiya obyekti sifatida idrok etib, о‘zi bilan muloqotni tashkil etadi.
2. О‘z-о‘zini ishontirish, bunda shaxsning о‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonishi orqali, ijobiy hulq normalariga bо‘ysunishi amalga oshadi.
3. О‘z-о‘ziga buyruq berish - bu tig‘iz va ekstremal holatlarda shaxsning о‘zini qо‘lga olishi va maqbul yо‘lga о‘zini chorlay olishi hisoblanadi.
4. О‘z - о‘ziga ta’sir etish - bunda shaxsning ijtimoiy normalardan kelib chiqqan holda о‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirishi amalga oshadi.
5. Ichki intizom - о‘z-о‘zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har yerda о‘zining barcha harakatlarini muntazam ravishda korreksiya qilish va boshqarish uchun zarur sifat hisoblanadi.
Psixologiyada shaxsning о‘zini о‘zi boshqarishi bilan bog‘liq bо‘lgan «nazorat lokusi» nazariyasi mavjud bо‘lib, unga kо‘ra, har bir insonda ikki tipli mas’uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs о‘zining hayotida rо‘y berayotgan barcha hodisalarning sababchisi, ma’suli sifatida faqat о‘zini tan oladi. Bular internallar bо‘lib, ular о‘zlariga ishonchning ortiqligi, maqsadga erishishda qat’iylik, о‘zini analiz qilishga moyillik, muloqotga kirishuvchanlik, odamlarga xayrixohlik va mustaqilligi bilan ajralib turadilar. Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi barcha rо‘y bergan va beradigan voqea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar deb hisoblaydigan eksternallarga xos bо‘lib, ular о‘zining imkoniyatlariga ishonmasligi, maqsadlarini aniq bо‘lmagan muddatlarga surishi, ortiqcha hayajonlanishlari, shubhalanishlari, konformliliklari, agressivliklari va og‘ir ruhiy kayfiyatga moyilliklari bilan ajralib turadi. Eksternallar ham ishlarini qat’iy reglamentga asoslangan holda muvaffaqiyat bilan bajara oladilar, lekin boshqa odamlar boshqaruvi ostida yaxshi bajaruvchanlik xususiyatini namoyon qiladilar.
«Nazorat lokusi» tushunchasini fanga kiritgan amerikalik olim Dj. Rotterning fikricha, mas’uliyatni о‘z bо‘yniga olishga о‘rgatilgan bolalarda xavotirlik, neyrotizm, konformizm holatlari kam uchrarkan. Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr yurituvchilardir. Ularda о‘z - о‘zini hurmat hissi ham yuqori bо‘lib, bu boshqalar bilan ham hisoblashib yashashga sira halaqit bermaydi. Shuning uchun ijtimoiylashuvning muhim bosqichi kechadigan ta’lim muassasalarida yoshlarga kо‘proq tashabbus kо‘rsatish, mustaqil fikrlash va erkinlikni his qilishga sharoit yaratish kerak va bu hozirgi kun siyosatining asosini tashkil etadi. Shundan kelib chiqqan holda talaba yoshlarda lokus-nazorat darajasini aniqlash savolnomasi о‘tkazildi. Savolnomada birinchi va tо‘rtinchi kurs talabalari ishtirok etishdi. Respondentlarning bunday tarzda tanlanishi ta’lim muassasasiga endigina adaptatsiya hosil qilgan talabalar va bitiruvchi kurs talabalarining hayotga, me’natga, oilaga va boshqa odamlarga nisbatan munosabatlarining farq qiluvchi tomonlarini о‘rganish imkoniyatini berdi. Tadqiqot natijalariga kо‘ra respondentlarning bergan javoblari quyidagi jadvalda foiz hisobida berildi.

Download 314 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling