Shu maqsadlarda
Download 1.9 Mb.
|
A.Yusufov-Mustaqil-ish-
- Bu sahifa navigatsiya:
- I lova xati
Shaxsiy ishonchnoma xatiMuayyan muassasa yoki ayrim shaxs o'z nomidan ish ko'rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat ishonchnoma hisoblanadi. Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidan rasmiylashtirlishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo’linadi. R asmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar - davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, jamoa xo' jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o'z kuchini saqlash) muddati, albatta, ko'rsatilgan bo'ladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha bo'lgan (lekin uch yildan ortiq bo'lmagan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko'rsatilmagan bo'lsa, bunday hollarda u berilgan kundan boshlab bir yil davomida o'z kuchini saqlaydi. Berilgan kuni ko'rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas. I shonchnomalarning ikkinchi xili shaxsiy, ya'ni ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib b erilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatbaho buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi. Shaxsiy ishonchnomalar ayrim shaxslar tomonidan o'ziga tegishli pul yoki qimmatbaho narsalarni borib olish uchun ishongan kishisiga ishonch bildirib yozgan hujjatidir. Bunday ishonchnoma vakolat beruvchining ish joyi (ishlamagan taqdirda mahalla qo 'mitasi tomonidan muhr bilan tasdiqlanishi lozim.s I lova xati• llova xat - xatni qabul qilib oluvchilarni jo'natilidigan hujjatlar haqida yozma xabardor qilish uchun qo'llanuvchi qisqacha xabar qog'ozidir. llova xat ish yuritishda keng tarqalgan bo'lib, shartnoma loyihalarini, ziddiyatlar bayonnomalarini, da’ vo materiallarini jo'natishda qo'llaniladi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling