Шу тарзда банклар ва банк фаолиятига оид конун хужжатлари туплана бориб, аста-секин конунчилик тармоги сифатида шакллана борди хамда бугунги кунда банк фаолияти, хисоб-китобларни ташкил этиш
Download 215 Kb.
|
429 Bozor iqtisodiy
Asosiy qism
Erkin tovar pul munosabatlariga asoslangan , ya’ni har kim , tadbirkorlar , ishbilarmon shaxslar o’zlarining atovarlariga hohlagan narxlarini qo’yib sotishlari mumkin, iqtisodiy monopolizmni (yakka hokimlikni) inkor etuvchi , qonunlar orqali boshqarilib turiladigan iqtisodiyot – bozor iqtisodiyoti deyiladi Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan barha davlatlarning oldida ikki yo’l turadi: a) inqilobiy yo’l-bu bozor iqtisodiyotiga urush janjallar bilan o’tiladigan yo’l b) evolyutsion yo’l – bu bozor iqtisodiyotiga urush janjallarsiz tinch yo’l bilan ya’ni bosqichma – bosqich o’tiladigan yo’l… Bunda respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosiy 5 ta tamoyiliga amal qilinmoqda: 1) iqtisodning siyosatdan ustunligi 2) davlat bosh islohotchi 3) qonun va konstitutsiyaning ustuvorligi 4) kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish 5) bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish Xalqimizda bir maqol bor avval iqtisod keyin siyosat degan. Iqtisod har doim siyosatdan bir pog’ona oldinda yurgan davlat doimo kuchli davlat hisoblanib kelgan.davlat ham iqtisodni butunligicha o’z nazoratiga olgan taqdirda bunday iqtisodda o’sishlar, o’zgarishlar bo’lmaydi. Davlat iqtisodga nisbatan faqatgina fiscal, ya’ni byudjet siyosatini va monetar , ya’ni kredit siyosatini yurgizishi kerakdir.Iqtisodiyot static holatda emas ,harakat qanchalik bo’layotgani, rivojlanish jarayonida olib qaraladi.Unga hos bo’lgan muammolarni hal etish usullari tahlil etiladi. Iqtisodda xulosalar chiqarish boshqarish o’z – o’zidan emas , balki jamlangan faktlarni umumlashtirish asosida qonun – qoidalar orqali amalga oshiriladi.Bu ishlarning tepasida turgan asosiy yo’naltiruvchi kuch bu albatta – davlatdir. Chunki davlat bosh islohotchidir. Barcha qonun va konstitutsiya oldida tengdir. Barcha narsa qonun – qoidalar orqali boshqariladi. Bundan :iqtisod siyosatdan ustun,qonun iqtisoddan ustun degan xulosa kelib chiqadi.Biz bozor iqtisodi tomon harakat qilayapmiz, bozor iqtisodi bo’lsa qonunlar orqali boshqariladigan iqtisoddir. SSSR davrida barcha narsa davlatniki edi. Davlat maanfati odam manfaatidan yuqorida turgan. Bu esa juda ham noto’g’ri aqidadir .Hozirgi bozor iqtisodiyotida buning aksini ko’rishimiz mumkin : insonlar maanfati barcha narsadan ustundir. Davlatimiz bu yo’ldan borib kuchli sotsial siyosat yurgizmoqda: mulklar xususiylashtirilmoqda, tadbirkorlik uchun barcha yo’llar ochiq, shu jumladan biznes uchun ham va h.k… Hozirgi rivojlangan davlatlarning barchasida bozor iqtisodiyoti hukm surayapti. SSSR ning inqirozidan keyin uning tarkibiga kirgan barcha respublikalar mustaqil davlatlarga aylandi . Bugungi kunda ularning barchasida , shu jumladan yurtimiz O’zbekistonda ham bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni jadal ravishda ketayapti… Hozirgi davrda mamalakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi hammadan yangicha fikrlash , yangiliklar ,samarali ishlashni talab etmoqda.hamma o’z harakatiga munosib tarzda pul topadi. Uni sarflaydi,ishlatadi.iqtisodiy faoliyat barchani o’z domiga tortar ekan, demak biz hammamiz iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishligimiz kerak. Hozir buni tushunib yetmaganlar keyinchalik afsuslanishmasin… Bozor iqtisodiyotining mohiyati : XXI asr bo’sag’asida bozor iqtisopdiyoti o’zining umuminsoniy demokratik iqtisodiyot ekanligini juda keng ko’lamda namoyish qila oldi. Bozor iqtisodiyotinig mohiyati va mazmuni bozor asosida rivojlanadigan Tovar ishlab chiqarish ularni ayirboshlash va pul muoamalasi bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarda o’zning yorqin ifodasini topadi. Tovar mustaqil ravishda bozor talabiga qarab ishlab chiqariladi. Tovar ayirboshlash munosabatlari esa sotuvchi bilan xaridorlar o’rtasida erkin ravishda , lekin o’zaro kelishgan holda oldi- sotdi munosbatlariga asoslanadi. Lekin Tovar – pul munosabatlari yuksak darajada rivojlangan taqdirdagina madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti sharotida ishlab chiqarish va tovarlarni oldi- sotdi qilish ham asosan bozorga mo’ljallanganidan hozirgi vaqtda bu iqtisodiyot ishlab chiqarishni rivojlantirish, barcha resurslardan oqilona foydalanish , xalq farovonligini ta’minlash , xalol va samarali mehnatni yuksak qadrlash, umuminsoniy ijtimoiy himoyani tashkil etish kabi ulkan muammolarni hal etmoqda. Iqtisodiy erkinlikka , xo’jalik yuritshda esa adolatli tamoyillarga asoslangan iqtisodiyot bo’lganidan , bu iqtisodiyot milliardlab madaniylashgan insonlarga manzur bo’lib yer yuzining asosiy qismida umuminsoniy muammolarni ijobiy hal etmoqda . Ayniqsa, hozirgi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyati misolida bozor iqtisodiyotiining umuminsoniy imkoniyatlari hali juda kengligi tobora yaqqol ko’rinmoqda. Bozor iqtisodiyotining o’z subyekt va obyektlari bor. Bozor subyektiga : jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar , firmalar korxonalar, yer egalari kiradi. Bozor obyektlari iqtisodiyotda ro’y berayotgan jarayonlarninng o’rni , joyi tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti qonunlarining asosiylari bular:taklif, bozor, baho ,sof raqobat tashkil qiladi. Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga ikkinchi yo’l bilan asta sekinlik bilan o’tilmoqda . Download 215 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling