Shuhrat Sirojiddinov. Alisherning yoshlik yillari: Oilasi, Bolaligi, Yigitlik davri


Download 36.81 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi36.81 Kb.
#1403742
1   2   3
Bog'liq
NAVOIY 1

Yigitlik davri


Manbalarda keltirilishicha, Navoiy yoshlik davrining bir muddatini Abulqosim Bobur saroyida o’tkazgan. Abulqosim Bobur 1456 yili qishlash uchun Mashhadga ko’chganda, Alisher va Husayn Boyqaro ham u bilan ketishadi. O’sha qish (1457) Abulqosim Bobur vafot etadi. Xondamir “Habib us-siyar”da aniq ko’rsatishicha, Alisher Navoiy Abulqosim Bobur bilan birgalikda Mashhadda bo’lgan va sulton vafotidan keyin shaharda qolib, ilm takomili bilan shug’ullangan. Biroq u Navoiyning Mashhadda qancha vaqt yashaganligi haqida na bu va na boshqa asarlarida hech qanaqa ma’lumot berib o’tmagan. Umuman, bu haqda so’z yuritgan manbalarda uning Hirotga qachon qaytgani aytilmagan.
Bartol`d ko’rsatishicha, Alisher Hirotga 1464 yili qaytgan. Olimning manbalarda ko’rsatilmagan xronologiyani bu qadar aniq aytishidan maqsadi, nazarimizda, aynan shu sanada Abu Sa’id saltanatida kechgan og’ir siyosiy voqealarga Navoiyni bevosita aloqador qilish, shuning natijasida Navoiy va Abu Sa’id ixtilofiga siyosiy tus berish bo’lganligi ehtimol. Aytish kerakki, Bartol`d tomonidan tarixiy-siyosiy faktlarning Navoiy shaxsiyati atrofida bog’lanishi shu qadar tabiiy chiqqanki, olimning fikrlash tarzi keyingi navoiyshunoslik tadqiqotlari rivojiga ta’sir ko’rsatmay qolmadi. Barcha tadqiqotlarda bir ovozdan Navoiy Abulqosim Bobur vafot etgach, Mashhadda qolib, 1464 yili Hirotga qaytgani bitiladi. Navoiyning Mashhaddagi hayoti tafsilotlari shoirning o’z asarlarida uchrab turadigan xotiralari asosida tiklandi. Jumladan, Alisherning Mashhadda qolib, ilm takomili bilan mashg’ul bo’lishi, Imom Rizo ziyoratgohidagi hujraga joylashib, o’sha yerda istiqomat qilishi va ko’pgina shoiru-ilm ahli bilan muloqotda bo’lishi, hujrada betob bo’lib yotganida Kamol Turbatiy, Pahlavon Muhammad bilan tanishishi mantiqan Abulqosim Bobur vafot etgan 1457 yildan 1464 yilgacha o’tgan yetti yillik davr bilan bog’liq tarjimai holni qat’iylashtirdi. Ammo olimlarimiz tomonidan mazkur xotiralarning birida keltirilgan muhim bir jihat e’tiborga olinmaganligi oqibatida shoir tarjimai holining birmuncha xiralashib qolganligini sezish mumkin. Xususan, Alisher Navoiy “Holoti Pahlavon Muhammad” asaridagi Pahlavon bilan uchrashuvi zikrida o’zini Mashhadga “ayni iflosu falokat va sarnavishu ranjurish” yetaklab kelgani va bu zamonda Xuroson Abu Sa’id mirzo qo’lida bo’lib, Hirot ahli Samarqand ahliga asir va mute bo’lganligini ko’rsatadi. Diqqat qilsangiz, Navoiy aytmoqchi, uni Mashhadga tortgan sabablar, bu ifloslik, ya’ni o’rta asrlarda bu kalima chorasizlik ma’nosida ishlatilgan; ikkinchisi – falokat, uchinchisi esa sarnavisht, ya’ni taqdir, peshona hamda to’rtinchisi – ranjurish. Mazkur oxirgi kalima ham forsiy bo’lib, xafachilik ma’nosini bildiradi. Demak, Alisher chorasizlik, falokat, taqdir va xafagarchilik oqibatida Mashhadga kelgan. Bu alamzada ohangni biz bilgan Abulqosim Bobur davriga bog’lab bo’lmaydi. Alisher Abulqosim Boburga farzand o’rnida hisoblanardi (Davlatshoh Samarqandiy) va uni Mashhadga Bobur keltirgan edi. Ko’rinib turibdiki, voqea Abu Sa’id zamonasida ro’y bergan. Manbalardan ma’lumki, Abu Sa’id Abulqosim Bobur vafot etgan yilning o’zidayoq Xurosonni egallaydi.
Navoiy 1464 yili emas, balki ilgariroq Hirotga qaytgan ham bo’lishi mumkin. Sanani aniq ko’rsatishning imkoni yo’q, chunki manbalarda bu haqda ma’lumot yo’q. Ammo bir narsa aniq. Alisher Abu Sa’id mirzo davrida Hirotga qaytgan. Bu haqda “Habib us-siyar” asarida “Sulton Abu Sa’id zamonida Hirot dor us-saltanatiga qaytib, bir muddat ul iqboloshiyolik ostona xizmatida bo’ldi” degan qayd mavjud. Navoiyning “Majolis”da keltirilgan Abu Sa’id tarixini yozayotgan Mavlono Abusamad Badaxshiy va sultonning xom mulozimi Shayximbek Suhayliy bilan yaqin do’stligi haqidagi xotiralari yana bir dalildir. Bundan ma’lum bo’ladiki, Navoiy Mashhadda ikki marta muqim yashagan: bir marta Abulqosim Bobur bilan borib, ilm takomili bilan shug’ullangan, ikkinchi marta Abu Sa’id Mirzo davrida chorasizlik, falokat, taqdir va xafagarchilik oqibatida Mashhadga kelgan. Demak, Abu Sa’id taxtni egallab, Xurosonda nisbatan osoyishtalik o’rnatilgach, Alisher Hirotga kelgan va muayyan bir muddatdan so’ng yana Mashhadga qaytgan ko’rinadi. Temuriy sultonlarga ulkan ehtirom ruhida tarbiyalangan, bu ulug’ xonadonga yaqinlik hissidan mag’rur va, eng asosiysi, ijodiy g’ayrati mavj urgan yosh shoirning sulton himoyasiga, poytaxt adabiy muhitiga shoshilishi mantiq nuqtai-nazaridan tabiiy. Shoirning chuqur nadomat bilan Hirotning “Samarqand ahliga asir va mute” ekanligini ta’kidlashi uning Abu Sa’idga bo’lgan salbiy munosabatini yaqqol namoyon qiladi. Demak, bizga hozircha noma’lum voqea tufayli Navoiyning Abu Sa’iddan ko’ngli qolgan deyish mumkin. shunday bo’lgach, Abu Sa’id mirzoning tazyiq o’tkazishidan xavfsirab Mashhadga qochgan Navoiyning 1464 yili yana Hirotga qaytishi mantiqan ishonarli emas.
Yuqoridagi mulohazalar zamonaviy navoiyshunoslikda qabul qilingan “Navoiy Samarqandga aynan Hirotdan yo’l olgan” qabilidagi xulosani ham muayyan ma’noda shubha ostiga qo’yadi. Navoiy Samarqandga to’g’ri Mashhaddan yo’l olgan bo’lishi ham mumkin. navoiy haqidagi manbalarning birortasida uning Samarqandga aynan Hirotdan to’g’ri ravona bo’lgani aytilmaydi. Mirxond, Xondamir va boshqa Navoiy zamondoshlari bu safarni “Xurosondan Samarqandga” tarzida ifodalaganlar. Mashhad ham Xuroson tarkibida ekanligi hisobga olinsa, zamonaviy navoiyshunoslikda Navoiyning Samarqandga jo’nashi tafsilotlarida noaniqliklar mavjudligi ravshanlashadi. Navoiyning Samarqandga ketish oldidan Sayid Hasan Ardasherga yo’llagan maktubi ham aynan Hirotdan yozilganini tasdiqlovchi birorta manbaviy ma’lumot yo’q.






Download 36.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling