Shukurullo mardonov umida zokirova
Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida ta’lim-
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
4.4. Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida ta’lim-
tarbiyayaga oid masalalrning ifodalanishi Koraxoniylar hukmronligi davrida yaratilgan ta’limiy axloqiy asar- lardan yana biri Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar sovg‘asi”) asaridir. Mazkur asar mazmunini ham o‘z davrining ijtimoiy, siyo siy, diniy, axloqiy, iqtisodiy masalalar va ularni ma’lum talablar aso sida tartibga solish tashkil etadi. “Hibbat ul-haqoyiq” To‘g‘rul 69 Qilich Sipohsolorbekning nomiga atab yozilganligi manbalarda keltiriladi. Uning yozilgan vaqti taxminan XII asr boshlariga to‘g‘ri kelishi ta’kidlanadi. “Qutadlg‘u bilig” kabi Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asari ham Qoraxoniylar hukmronligi davrida mamlakatning ma’naviy hayot darajasini ko‘tarishga xizmat kilish maqsadida yozilgan. Uning mazmuni ham didaktik xarakterga ega. “Hibbat ul-haqoyiq” asari mundarijasining o‘ziyoq buni ko‘rsatib turadi. Asar o‘n to‘rt bobdan iborat. Dostonning dastlabki to‘rt bobi an’anaga ko‘ra muqaddima bo‘lib, beshinchi bobdan asosiy qism boshlangan. Bu boblarda, asosan, bilimning ahamiyati, jaholatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, sahovat va bahillik, kamtarlik hamda axloqlilikning eng muhim xususiyatlari tarannum etiladi. Axmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida ham markaziy o‘rinda inson, uning har tomonlama etuk qilib tarbiyalash masalasi turadi. Asarda boshqa ta’limiy-axloqning asarlar kabi insonni barka- mol etishning asosiy belgisi bu uning xushhulqligidir, deyiladi. Shu- ning uchun adib asarda axloqiy tarkibiy qismi sanalgan tilni tiyish, mol dunyoga muhabbat qo‘yishning oqibatlari, sahovat va bahillik, kamtarlik, jinoyat yo‘lidan saqlanish haqida, harom va halollikning farzlari, ularni bir-biridan farqlay olish, e’tiqod va sadoqat kabi muhim masalalar ustida fikr yuritadi. Ahmad Yugnakiy inson axloqliligini ko‘rsatuvchi muxim belgilardan birinchisi til odobi deb biladi. Insonda ikki narsa bo‘lsa unga muruvvat yo‘li yopiladi, deydi adib: biri behuda so‘zlarni ko‘p gapirsa, ikkinchisi, uning so‘zlari yolg‘on bo‘lsa. Shunga ko‘ra adib yolgon va ko‘p so‘zlashning oldini olish yo‘llarini bayon etadi: Yolg‘onchi kishidan o‘zingni uzoq tut, sen umringni to‘g‘rilik bilan kechir, og‘iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, so‘zni to‘g‘ri so‘zla, dilingni beza, deb to‘g‘ri so‘zni asalga, insonni davolovchi shifoga o‘xshatadi. Adib to‘g‘ri so‘zlash bilan birga, sir saqlash haqida ham foydali maslahatlar beradi. Inson sir saqlay olishi kerakligi, hatto do‘stta ham sir aytsa, siri oshkor bo‘lishi mumkinligi, chunki kishining o‘zida saqlanmagan sir boshqada ham saqlanishi mumkin emasligini ishonarli misollar bilan tushuntiradi. Asarning to‘rtinchi bo‘limi sahovat va bahillik oqibatlariga bag‘ish- langan. Ahmad Yugnakiy ham boshqa mutafakkirlar kabi sahovatni 70 eng ezgu insoniy hislartlardan deb biladi. Sahiylar hamma tomondan ulug‘lanishi, dunyoda inson faqat yaxshi va nuqsonsiz nom qoldirishi mumkinligini ta’kidlar ekan, qo‘llar ichida in’om beruvchisi baxtli (qo‘l)dir, o‘zi olib, boshqalarga bermagan (qo‘l) qo‘llarning qutsizdir, deydi. Baxillikni adib davolab bo‘lmaydigan kasallikka o‘xshatadi. Ahmad Yugnakiy sahiylikni kamolat belgisi deb tushuntiradi. Sa- hiylikka bahillik, ochko‘zlik qarama-qarshi qo‘yiladi, boylik to‘plab, emay-ichmay, boshqalarga bermay yashagan kishilarning mol-dunyosi oxiri do‘stga emas, dushmanga buyurishini quyidagicha yoritadi: Taturmas oshin-da tuz do‘stina, o‘lur qolur axir sir dushmani. Ahmad Yugnakiy kamtarlik ham inson etukligini ko‘rsatuvchi hislatlardan bo‘lib, kibrlilik va xarislik insonni tubanlashtiradi, deydi. Kim o‘zini manman deb, o‘zini baland tutsa, uni hech kim hurmat qilmaydi, tavoze’-kamtarlik, muloyimlik insonning xusni deb biladi. U yaxshi xulq-odobni shakllantirish va yomon illatlardan soqit bo‘lish yo‘llarini ham tavsiya etadi. Masalan, boylik to‘plashga mukkasidan ketgan kishilarga mo‘‘tabar, mo‘‘tadil hayot kechirishni maslahat beradi va kishilarni sabr-toqat, qanoat, tinch-totuvlikka undaydi: Balo keyasa sabr et, farraodka kutub, Kutub tur farrakka balo-ranj yutuk. O‘char mahnat o‘ti, kechar navbati, Qolur sabr idish savobin tutub. Ahmad Yugnakiy kishi gunoh qilsa kechirish, g‘azab o‘tini iloji boricha o‘chirish zarur, deydi. Shoir boshqalar bilan ehtiyot bo‘lib muomalada bo‘lish, foydasiz tortishuvlar ulug‘larning g‘azabini keltirsa, kichiklarning hulqini buzadi, deydi. U kishilarni, ayniqsa, amaldorlarni martabaga erishgach, kamtar, samimiy bo‘lishga chaqiradi. Mavqeyni suiiste’mol qilmaslikni nasihat qiladi.: Ulug‘lukka tegsang enshlma o‘zing. Qorli keysang atlas unutma bo‘zung. (Ulug‘likka etishsang yang- lishma, agar atlas kiysang, bo‘z kiyganingni unutma). Adib do‘st-dushmanning farqiga etish, yaxshi kishilarni do‘st tutish, do‘st tanlashda xato qilmaslik kerakligini ta’kidlaydi. Shuningdek, doim yaxshi kishilar bilan hamkor bo‘lishni, kishining o‘zi ham ezgu, yaxshi ishlar qilib yashasa, yaxshi natijaga erishishi mumkinligini ta’kidlaydi. Ayo ed gu umgon esizlik qilip. Tikan eylagan er uzum bichmas ul. (Ey, yomon qilib yaxshilikdan 71 umidvor bo‘luvchi, tikan izlagan (qidirgan) kishi hech uzum uzmaydi), deydi. Shuning uchun ham Axmad Yugnakiy kishilarga yaramas ishlar qilmaslik, tinch va farog‘atda yashash, halol bo‘lish, ochko‘z-suq bo‘lmaslik, haromdan saqlanish kabi hayotiy pand-nasihatlarni beradi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling