Shukurullo mardonov umida zokirova
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Botiniy ruknlar
Zohiriy ruknlar:
1. G’iybat, yolg‘on, bo‘hton, behuda so‘zdan tilni tiyish. 2. Nojo‘ya, nomaqbul so‘zlardan qulokni berkitish. 3. Ko‘rish nojoiz narsalardan ko‘zni yumish. 4. Harom narsalardan qo‘lni tortish. 5. Borish man qilingan joylardan oyoqni tortish, gunohga sabab bo‘ladigan tannozlik, gap tashish, ziyon-zahmat ishlarga qadam qo‘ymaslik. 6. Harom ovqatdan og‘izni, zinodan a’zoni berkitish. Botiniy ruknlar: 1. Sahovat. 2. Kamtarlik (tavoze’). 3 .Qanoat. 4. Avf va marhamat. 5. Kibr va g‘ururni tark etish. 6. Kibr (ko‘ngil) dunyo tashvishlaridan tozalanib, do‘st (xudo) mu- habbatining makoniga, ishq sultoni o‘tiradigan taxtga aylanishi. Asarda keltirilishicha futuvvat sharti 71 ta bo‘lib, uning 48 tasi vujudiy, 23 tasi azaliydir. Vujudiyga: islom, imon, aql, ilm, halm (halimlik), vara’ (parxez), sidq, karam, muruvvat, shafqat, ehson, vafo, hayo, tavakkul, shijoat, g‘ayrat, sabr, istiqomat, nasihat, nafs, tahorat, oliyhimmatlilik, sirni yashirish, rahmdillik, shariat rioyasi, amri ma’rufni bajarish, ota-ona hurmatini bajo keltirish, ustoz xizmatida bo‘lish, hamsoya haqqini ado etish, tilga faqat savobga qaratilgan kalomni keltirish, ko‘p bilib, oz gapirish, ya’ni bilim mo‘lligidan sukut saqlash, halollikning talab etilishi, salom odobini bajo keltirish, yaxshilar va poklar bilan suhbatlashish, oqillar bilan suhbatlashish, shukr qilish, mazlumlarga yordam, etim-esirlar, yolg‘iz kishilar holini so‘rab turish, fikrat (o‘y- fikr, andisha) va ibrat ko‘rsatish, ixlos bilan amal qilish, omonatga hiyonat qilmaslik, shaytoniy nafsga qarshi dushmanlik ko‘rsatish, insof 101 chizig‘idan chiqmaslik, rizo-rozilik hissini yo‘qotmaslik, kasallarni ko‘rishga borish, nokaslardan uzoqda turish, doimiy zikr bilan band bo‘lish (xudoning nomini tilga olib turish) kabilardir. Futuvvatning barcha qoida-nizomlari ustoz yordamida sinovdan o‘tgan va bel bog‘lash shartlari, shogird tushish shartlari bajarilgach, jamoaga qabul etilgan. Asarda eng muhimi, tariqat ahlining odobi haqidagi fasllardir. Unda tariqat ahlining ko‘nglini asrash, ko‘z, quloq, til, og‘iz, qo‘l va farq (tanosil a’zosi)ni saqlash odobi, tariqat ardobi va ularning toifalari odobi, taqyadorlar (xonaqo) odobi, o‘tirish odobi, suhbat odobi, mehmon kutish, yo‘lda yurish, salom berish odobi, kasal ko‘rishga borish, janoza, ta’ziyaga borish odoblari, kasb-kor, savdo- tijorat odoblari, ma’rakaga borish odoblari bayon etilib, turmush odobiga oid har bir xatti-harakatning uslubi ham o‘z ichida bayon etilgan. So‘ng turli kasb egalarining odobi, faoliyati ta’riflangan. Yuqoridagi javonmardlar qoida, talablaridan, umuman, tajribalardan hozirgi davrda qanday foydalanish mumkin, degan fikr tug‘iladi. Ta’lim-tarbiyada o‘rin-o‘rni bilan bu talablarni singdirib borish, ularning hozirgi davrga moslaridan tanlab olish juda muhim. Zero, Koshifiyning bu asari o‘z- o‘zicha paydo bo‘lmagan, albatta. Javonmardlik haqida ko‘p ta’limiy- axloqiy asarlarda bayon etilgan. Xususan, Kaykovusning “Qobusnoma” asarining oxirgi 44-bobi ham javonmardlikka bag‘ishlangan. Xusayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai Sultoniy” asarini tojik olimi Qurbon Vose’ tojik tiliga va o‘zbek olimi N.Komilov uning 12 bobidan 7 bobini o‘zbekchaga tarjima qildilar. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling