Shukurullo mardonov umida zokirova
VII BO‘LIM. ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
VII BO‘LIM. ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY
GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARIDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI Reja: 1. A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari va uning yaratilish tavsifi. 2. Asardagi asosiy g‘oya. 3. A.Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti va tarbiya yo‘nalishlari to‘g‘risidagi fikrlari. 4. Asarning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati. Tayanch tushunchalar: tarbiya, axloq, xulq, tarbiyaning zamoni, badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi, yaxshi xulqlar, yomon xulqlar. 7.1. A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari va uning yaratilish tavsifi Taniqli o‘zbek pedagogi va olimi A.Avloniyning pedagogikaga oid asari asarlari ichida uning 1913-yilda yozgan va 1917-yilda ikkinchi bor nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. Bu asar mazmun tomonidan muallifning boshqa ijtimoiy va pedagogik asarlari bilan uzviy bog‘liqdir. “Turkiy guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi” ilm- axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatdan qaraganda bu asar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nosir Xusravning “Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Maxbub ul-qulub”, Axmad Donishning “Farzandlarga vasiyat”, Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarlari shaklidagi o‘ziga xos tarbiyaviy asardir. Shuni ta’kidlash lozimki, XX asr boshlarida bunday asarni yaratish, milliy g‘oya, milliy rux singdirilgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning tatbiq etilishi pedagogika olamidagi yirik kashfiyotdir. 105 Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, ollohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, erdan turib yulduzlarga qo‘l uzatmoq kabidur”, - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy hislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar katta ahamiyatga ega. O‘zbek pedagogikasi tarixida A.Avloniy birinchi marta pedagogikaga “Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir”, deb ta’rif berdi. Tabiiy, bunday ta’rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy ko‘plab xorijiy tillarni bilgan, arab, fors, rus, ozarboyjon tillarini mukammal egallagan. Sharq xalqlari ilmiy merosini “Chuqur o‘rganganligi “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobini yaratishda, o‘zbek va tojik adabiyoti klassiklarining asarlaridan ijodiy foydalanish imkonini berdi. U mazkur asarni yozishda xalq pedagogikasidan o‘rinli foydalanib, asarni 64 bobdan iborat tarzda bayon etdi. Har bir bob o‘ziga xos xususiyatgea ega bo‘lib, ta’lim tarbiya masalalarini yoritishda biri ikkinchisini uzviy to‘ldiradi va takomillashtiradi. Muallifning hizmati shundaki, u mazkur asarni yozishda har bir bobning maqsad-vazifalarini ilmiy, uslubiy jihatdan asoslab, sodda va ravon til bilan o‘quvchilarga tushunarli xolda bayon eta bildi. Buni biz asarning asosiy g‘oyasi, yo‘nalishlari, tarbiya turlari haqida bayon etgan fikr-muloxazalarida ko‘ramiz. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling