Shukurullo mardonov umida zokirova
Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti va
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti
7.3. Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti va
tarbiya yo‘nalishlari to‘g‘risidagi fikrlari Demak, Abdulla Avloniy, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bola tar- biyasini nisbiy ravishda to‘rt bo‘limga ajratadi: 1. “Tarbiyaning zamoni”. 2. “Badan tarbiyasi”. 3. “Fikr tarbiyasi”. 4. “Axloq tarbiyasi” hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi. U “Tarbiyaning zamoni” bo‘limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat, jamoatchilik va boshqalarning kiritishi kerakligini ta’kidlaydi. Muallif tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning 1 Баркамол авлод орзуси. Т. “Шарқ” 1999 й. 39 – 40 бетлар 107 oxiriga qadar davom etadi, - deydi. U bir qancha bosqichdan - uy, bog‘cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan deb, tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo‘ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilish lozimligini uqtiradi. Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo‘lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. “Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir”. Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti 108 Biz buni yuqoridagi chizmada ham ko‘rdik. Asosiy g‘oya: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat yo saodat, yo falokat masalasidur”. Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘sti- rishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda o‘qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi. Bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishi benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning “diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur... Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur”. 1 Ayni zamonda muallif ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liq ekanini ham ta’kidlaydi: “Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur” 2 - deydi. Avloniy fikricha, inson butun borliqning ko‘rki va sharafidir. Inson o‘z go‘zalligi va murakkabligi bilan koinotdagi barcha maxluqotlardan afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson uni sohibidir deydi. Chunki insonning, aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi, ilm tufayli dunyoni boshqaradi: “Aql, - deydi Avloniy, - insonlarning piri komili, murshidi yago- nasidur, rux ishlovchi, aql boshlovchidir. ...insonni hayvonlardan so‘z va aql ila ayirmishdur. Lekin inson, aql va idroki soyasida o‘ziga keladirgan zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo‘ynidan bog‘lab, iplarining uchini qo‘llarga bergan insonlarning aqlidur”. Avloniy insonga va uning, aqliga ana shunday yuksak baho beradi. “Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari najotidur. Agar, aqlingning qo‘li nafsingning jilovini ushlasa, seni yomon yo‘llarga kirmoqdan saqlar. Xar narsa ko‘p bo‘lsa, bahoi arzon bo‘lur, ammo aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko‘paysa, shuncha qimmatbaho bo‘lur”. 3 Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida ilm haqida yana shunday deydi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm 1 Абдулла Авлоний. Иккинчи китоб, 14-бет 2 Ўша китоб, 15-бет. 3 А.Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ , 22 - 23 – бетлар. 109 inson uchun g‘oyat oliy muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkur qilur... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur”. Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, “Bizlarni jaholat, qorong‘ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur”. Mutafakkirning obrazli ifodasiga ko‘ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag‘iz. Uni qo‘lga kiritish uchun mehnat qilish, ya’ni chaqib uni po‘chog‘idan ajratib olish kerak. U ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u, yoshlarni ilm sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini echishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi yo‘lida qo‘llanmasa, u o‘likdir. Avloniy o‘z ilmini amalda qo‘llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi. Abdulla Avloniy o‘z davrida yosh avlodda chin insoniy axloqiy xislatlar tarbiyalashni istadi. U ta’lim va tarbiya, ilm va ma’rifat olish yo‘li bilan vatandoshlarining baxtli va saodatli bo‘lishini orzu qildi. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobining ikkinchi bobi insonning ijobiy xulqlariga bag‘ishlanadi. Buni “Yaxshi xulqlar” sarlavhasi ostida bayon etadiki, unda biz insonning kamol topishida muhim rol o‘ynaydigan 30 dan ortiq axloqiy fazilatlarning mohiyatini, axloq tarbiyasi mezonlarini, ulardan foydalanish uslublarini moxirona ta’riflaganini bilib olamiz. Avloniyning mahorati shundaki, insonning kamol topishida yaxshi xulq bilan yomon xulqni bir-biriga taqqoslab, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, bolalarda axloqiy fazilatlarning shakllanishida muhim vosita ekanligini hayotiy misollar, hikoyalar asosida ilmiy jihatdan asoslab bera olganligidir. Darxaqiqat asarda keltirilgan yigirmadan ziyod sarlavha ostida bayon etilgan, ya’ni g‘azab, shahvat, adovat, haqorat, hasad, ta’ma, zulm kabi yomon xislatlardan tiyilish, ularning zararli oqibatlari haqida mushohada yuritish, kishini yomon yo‘ldan asrashga, g‘aflat uyqusidan uyg‘onishga, milliy g‘ururi, o‘zligini anglashga, ongli, diyonatli, sahovatli, ma’rifatli inson bo‘lib shakllanishiga zamin degan fikr ilgari suriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling