Shukurullo mardonov umida zokirova
Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o‘tkazilgandan so‘ng
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
8.2. Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o‘tkazilgandan so‘ng
halq ta’limi va mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari Ma’lumki, 1924-yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa kartasi qaytadan tuzildi. Shuni ta’kidlash lozimki, 116 20-30-yillardagi juda murakkab, siyosiy ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har xil tarzda ta’sir o‘tkazdi, barcha sohadagi o‘zgarishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda yo‘nalishlarini uzoq-yillarga belgilab berdi. Xalq ma’rifatining yuksalish yo‘lida aholining savodliligini oshi- rishga, savodsizlikka barham berish davr talabi edi. Bu maqsadda ko‘plab yangi savod maktablari va kurslar ochildi. Minglab aholi savodli bo‘ldi. Shuni aytish joizki, 1930-yili umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy etish savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi. 30-yillarning oxirlariga kelib, umumiy etti-yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi. Sovet davlatining statistik ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha 1925-1941-yillar davomida xalq ta’limi maktablari soni muttasil ortib borgan. Masalan, 1924-25 o‘quv-yilida O‘zbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar tashkil qilinib, ularda 17209 o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941-yilga kelib maktablar soni 5504 taga va ularning o‘qitilayotgan o‘quvchilar soni esa 1 million 315 ming kishiga etgan. Ziyoli kadrlarni tayyorlashda sinfiy jihdtdan ishonchli, aholining “meh natkash” tabaqalaridan chiqqan kishilarini tanlab olish kerak, degan g‘oya ilgari surildi. Chunki, avvaldan yaxshi ma’lumki, aqliy va mantiqiy mushohada etish darajasi qancha past bo‘lsa, savol- lar ham, noroziliklar ham shuncha kam bo‘ladi. Shuning uchun ham madaniyat xodimlarning tarkibini ijtimoiy jihatdan ishonchli bo‘l- gan “mexnatkashlar” hisobiga soddalashtirish, ular orasidagi eng zakovatli va omilkor qatlamni siqib chiqarish maqsad qilib qo‘yildi. Bu “madaniy inqilob”ning asosiy tezislaridan biri bo‘lib, “shaklan milliy, mazmunan proletar madaniyati”ni vujudga keltirishdan iborat edi. Bu g‘oya sovet davlatining barcha o‘n-yilliklari davomida yashab keldi - 30-yillarda uni amalga oshirish borasida qo‘yilgan dastlabki qadam madaniyatning barcha sohalari uchun kadrlar tayyorlash, yuqorida aytganimizdek, “mehnatkashlar”, ya’ni, “proletar qatlamdan” bosh- langanligi ham bejiz emas edi. O‘sha-yillarda komsomol safiga ijti- moiy jihatdan faqat “mehnatkashlar” qatlamidan qabul qilinganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, nima uchun komsomollar safarbar qilinib, ularni qisqa muddatli kurslarda o‘qitib maktablarga muallim sifatida yuborilganligini anglab etamiz. Buning natijasida respublikada o‘qituvchilar soni 1928-29 o‘quv-yilidagi 5,5 ming kishidan 1932- 117 33 o‘quv-yilida qariyb ming kishiga 1941-yili esa 42 ming kishiga etgan. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, 1933-yil boshlarida xalq ta’limi tizimlarida o‘tkazilgan “tozalash” oqibatida ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan “ishonchsiz” bo‘lgan minglab bilimdon va tajribali muallimlar haydalib, ular o‘rniga qisqa muddatli kurslarni bitirgan saviyasi past, lekin ijtimoiy jihatdan “ishonchli” qatlamlardan qo‘shimcha muallimlar tayyorlanib, ular maktablar va madaniyatning boshqa sohalarida ishlash uchun yuborildilar. Bu-yillarda respublika oliy o‘quv yurtilari tarmog‘i ham ortib bordi. Samarqandda O‘zbekiston davlat universiteti, Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch shaharlarida oliy maktablar tashkil etildi. 20-yillar o‘rtalaridan boshlab mustabid tuzum O‘zbekistonda qator ilmiy-tadqiqot institutlari tash- kil qildi. 1932-yilga kelib o‘zbekiston olimlari Respublika Fanlar Akademiyasini tashkil etish ishiga kirishdilar. Bu yo‘lda ilk tashlangan qadam Markaziy Ijroiya Qo‘mita qoshida 1932-yil 11 oktyabrda O‘zbekiston ilmiy-tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi res- publika qo‘mitasining tuzilishi bo‘ldi. 40-yillarning boshida O‘zbe- kistonda 60 dan ortiq maxsus ilmiy-tekshirish muassasalari, laboratariya va stansiyalari mavjud bo‘lib, ulardan nazariy va amaliy fan sohalari bo‘yicha turli yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirildi. 1940-yil 9 yanvarda Fan Qo‘mitasi Ittifoq Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filialiga aylantirildi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling