Shukurullo mardonov umida zokirova
partiyaviylik prinsiplari ustuvorligi asosida olib borildi. Maktablarda
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4. XX asrning 70-80-yillarida O‘zbekistonda halq ta’limi
partiyaviylik prinsiplari ustuvorligi asosida olib borildi. Maktablarda o‘rganiladigan fanlar, ayniqsa, gumanitar fanlar o‘ta siyosatlashtirilgan, mafkuralashtirilgan edi. Bu hol yoshlarning dunyoqarashini cheklab qo‘ydi. Yoshlarni tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy madaniy-ma’naviy qadriyatlarga ahamiyat berilmadi. O‘zbekiston tarixi mustaqil fan sifatida maktablarda o‘qitilmadi. Iqtidorli yoshlarni tarbiyalashga e’tibor berilmadi, iste’dodli yoshlar moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanmadi. Ularni chet ellarda o‘qitish, jahon taraqqiyogi yo‘llarini, tajribalarini o‘rganish tashkil qilinmadi. Bularning barchasi Respublika maorifining rivojlanishiga to‘g‘anoq bo‘ldi. 8.4. XX asrning 70-80-yillarida O‘zbekistonda halq ta’limi 70-80-yillarida O‘zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan o‘zgarmay qolaverdi. Maktablar jahon tajribalaridan, zamonaviy texnika va o‘kitish vositalaridan foydalanilmadi. Ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanmadi. To‘g‘ri, bu-yillarda maktablar, o‘kuvchilar, o‘qituvchilar soni-yildan-yilga ortib bordi, son ko‘rsatkichlari kishini hayratga solar darajasida ortdi. Masalan, O‘zbekistonda 1945-46 o‘quv- yilida jami 4525 maktab bo‘lib, ularda qariyb 998 ming o‘quvchi o‘qigan 127 bo‘lsa, 1970-71 o‘quv-yilida respublikaning umumiy ta’lim maktablari soni 7072 taga, ularning o‘quvchilari esa 3 mln. 164 ming kishiga etdi. Biroq, ularning sifat darajasi (ayniqsa, qishloq maktablari) ancha past edi. Chunki, ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan “rivojlangan sotsializm” bosqichi ham 20-30-yillarda shakllangan “qoldiq prinsipi”ning ijtimoiy oqibatlarini yo‘qota olmagan edi. 1970-1980-yillarda xalq ta’limi uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ 11 %dan 8%ga kamayib ketdi. Respublikaning barcha viloyatlaridagi maktablarning 20-60%i zarur o‘quv jihozlari, asbob-anjomlar bilan jihozlanmay qolaverdi, 50%dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi. Kuni uzaytirilgan guruhlar ishi ayniqsa o‘lda-jo‘lda qoldi. 70-8 -yillarda 1-8- sinf o‘quvchilarining atigi 8-9%ini bunday guruhlarga jalb etilgan edi, xolos. Umumta’lim maktablarining faoliyati asosan “rivojlangan sot- sializm” g‘oyasini o‘quvchilarga singdirish, ularni “kommunistik ruhda” tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. “Kommunistik tarbiya” dan ko‘z- langan maqsad esa yoshlarni “proletar internatsionalizmi”ga, “katta og‘aga” sodiqlik, sinfiylik, partiyaviylik ruhida tarbiyalashdan iborat edi. Milliylik esa o‘zbek maktablari mazmunidan chiqarila boshlandi. Maktablardagi tarbiya Yevropa tarixi misolida olib borildi. Yevropa madaniyati, tarixi amalda baynalmilallik namunasi sifatida talqin etildi. Maktablarda iqtidorli bolalarni o‘qitishga e’tibor berilmas edi. Maktab bolalari qalbida ona-Vatan tuyg‘usi, ulug‘ allomalarimiz va ular qoldirgan ma’naviy meros, o‘z ona tili, urf-odatlari bilan faxrlanish hissi shakllantirilmasdi. Maktablarda ayniqsa ijtimoiy fanlarni o‘qitish o‘ta siyosatlashtirildi. Ko‘zdan kechilayotgan davrda maorif sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yoshlarni milliy an’analar va ma’naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish an’anasi ko‘zga tashlanib bordi. Ta’lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik prinsiplari asosida yondashish yoshlarning milliy urf-odatlarni o‘rganishiga to‘sqinlik qildi. Natijada, o‘zbek o‘quvchilarida milliy o‘zlikni anglash, urf-odat, milliy an’analarga sodiqlik kayfiyatidan ajralish hollari ro‘y bera boshladi. Maktab o‘quvchilarining o‘quv rejasidagi soatlarini o‘zlashtira olmasligi odatiy hol bo‘lib qoldi. Bu ularni paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlariga ko‘proq jalb qilinishi bilan izohlanadi. O‘quv-yilining 3-4 oyi ana shunday majburiy tadbirlar bilan band bo‘lishiga ketar edi. Bu esa o‘zbek o‘quvchisini jahon 128 standartlaridan ortda qoldirib, zamonaviy fan sohalarini o‘zlashtirishga imkon bermasdi. XX asrning 80-yillarida, jamiyatimizning barcha bo‘g‘inlarida qayta qurish keng quloch yozdi. Uning mazmunida hayotni demokratlashtirish, tezkor iqtisodiy islohot, ma’naviy poklanish milliy qadriyatlar va axloqiy g‘oyalarning tiklanish muammolarini xal etish zaruriyati yuzaga keldi. Qayta qurishning xal qiluvchi bosqichida jamiyat uchun chetdan tomoshabin emas, balki mamlakat iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayoti rivojiga javobgar, ma’suliyatli, sog‘lom fikrli goyaviy-siyosiy dunyoqarashi shakllangan shaxs zarur edi. Maktab o‘z tabiatiga ko‘ra iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi, uni saqlovchi, insoniyat tomonidan to‘plangan umuminsoniy ma’naviy boyliklarni avloddan-avlodga etkazib va boyituvchi muhim tarmoq hisoblanadi. Xalq maorifini quyi va yuqori bosqichlarini isloh qilish, qayta qurish talablariga jamiyatning har bir a’zosi qonuniy javobdir. Jamiyatmizda hukm surayotgan maorif tizimining barcha bo‘g‘in- larida xuddi mana shu jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yosh avlod- ning kamolotga etishi, bir butun shaxs sifatida shakllanishiga nihoyatda kam e’tibor berildi. Natijada umumiy ta’lim maktablarida ta’lim- tarbiya tizimi, mazmuni, shakl va metodlari davr talabiga, yosh avlodni har tomonlama shakllangan yaxlit shaxs sifatida shakllantirishga mos kelmay qoldi. Bu esa umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilishni taqozo etdi. “Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari” 1984-yilda sobiq KPSS Markaziy Komiteti tomonidan 10 aprelda va SSSR Oliy Soveti tomonidan 12 aprelda ma’qullandi. Islohotdan maqsad maktabdagi barcha ta’limiy, tarbiyaviy, tashkiliy ishlarni jamiyat talablariga, shart-sharoitlari va ehtiyojlari mos keladigan sifat darajasiga ko‘tarishdan, shuningdek, ma’lumotli, e’tiqodli, jamiyatga, xalqqa sadoqatli, faol ijodkor, tashabbuskor, tadbirkor, oshkoralik sharoitida ishlay oladigan va yashay biladigan; o‘z mamlakati, o‘z milliy mustaqilligi, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti yo‘lida kurasha oladigan kishilar etib tarbiyalashdan iborat edi. Aynan shu maqsadni xal etish islohot zimmasiga yuklatildi. “Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘na- lishlari”da maktabning o‘ziga xos xususiyatlari, umumiy o‘rta va hunar ta’limning qurilishi, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshi- rishi, mehnat tarbiyasi, ta’limi, kasb tanlashga o‘rgatish, bolalar va 129 o‘smirlarni jamoat yo‘li bilan va oilada tarbiyalash; o‘qituvchi shaxsi; maorifning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash; xalq-maorifini boshqarishni takomillashtirish kabi masalalar nazarda tutilgan edi. Asosiy yo‘nalishlar asosida hozirgi zamon maktablarida ta’lim-tarbiya borasidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan bo‘lib, buni bartaraf etish uchun esa maorif tuzilishini takomillashtirish, umumiy ta’lim, mehnat va kasb egallashga tayyorgarlik sifatini oshirish, ta’limning samarali shakllari, uslublaridan foydalanish, o‘qitishning texnika vositalaridan kengroq foydalanish, ta’lim-tarbiya birligini ta’minlash, maktab, oila va jaoatchilik birligini ta’minlash, o‘quvchilar bilimini baholashda rasmiyatchilikka barham berish, son ketidan quvish hollariga chek qo‘yish tadbirlarini amalga oshirish lozim edi. Islohotda qayd etilgan umumiy o‘rta va hunar ta’limi kurilishining asosiy mohiyati shunday iboratki, unda umumiy o‘rta ta’lim o‘n bir- yillikdir. 1-9 sinflar esa to‘liqsiz o‘rta va X-X1 sinflar - barchasi umumta’lim maktabini tashkil kiladi. Shuningdek, o‘rta hunar-texnika bilim yurtlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kabi nomlangan. Mazkur qurilishga binoan o‘rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti yoshdan boshlab o‘qitish nazarda tutiladi. Islohotda o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tarbiyasi, kasbga yo‘llash, politexnik ta’limning mazmun, shakl va metodlarini yanada kuchaytirish masalasi isloh qilingan maktablar oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligi alohida uqtirilgan. Bu borada barcha mashg‘ulotlarni 3 bosqichga bo‘lish, ya’ni boshlang‘ich maktab (1-1U sinflar), to‘liqsiz o‘rta maktab (U-1X sinflar), o‘rta umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish, mehnat ta’limi va kasbga o‘rgatish yuzasidan dasturlar ishlab chiqish, ijtimoiy-foydali, unumli mehnatni rivojlantirish, politexnik bilim, mahoratni shakllantirish tadbirlarini belgilash, mehnat tarbiyasini iqtisodiy tarbiya bilan birga qo‘shib olib borish masalalariga ijodiy yondashish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchiga ta’lim-tarbiya berishning muhim bo‘g‘ini oila va jamoatchilikdir. Bola oila, jamoatchilik, muhit ta’sirida tarbiyaning muhim ajralmas qismlari hisoblanadigan g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalanib boradi. Shuningdek, bola shaxsini bir butun yaxlit shakllantirishda maktabdan tashqari muassasalarning ahamiyati juda katta. Islohot ta’lim-tarbiya berishning bu bo‘g‘inining ish mazmunini tubdan o‘zgartirishni ham nazarda tutadi. Isloh 130 talablarini amaliyotga tatbiq etish uchun ta’lim-tarbiya maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim va tarbiya birligining namunaviy dasturini ishlab chiqish; darsdan tashqarida o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishlarning mazmuni va shaklini jiddiy qayta qurish; kuni uzaytirilgan guruhlar tuzishni ommalashtirish; maktabdan tashqari muassasalar - bolalar saroylari, uylari, yosh texniklar va tabiatshunoslar, sayyohlar stansiyalari, sport, musiqa, badiiy va xoreografiya maktablari, bolalar kutubxonalar, oromgohlar va shu kabilarni vujudga keltirish; istiqomat joylarida olib boriladigan xilma-xil ishlarga barcha o‘quvchilarni jalb etishga erishish; bolalar tarbiyasida oilaning ma’suliyatini oshirish va g‘oyat qisqa vaqt ichida shu muassasalarning moddiy-maishiy sharoitini yaxshilash zarurligi uqtirildi. Ta’limning mazmuniga aniqliklar kiritildi. O‘quv dasturlari qayta- dan tuzildi. O‘quvchilarni ortiqcha ma’lumotlar bilan band etish dan, zeriktirishdan xalos etildi. Ta’limning shakllari va metodlari takomil- lashtirildi, ba’zi fanlardan o‘quv darsliklari, metodik qo‘llanmalar yaratildi, o‘kuv rejasiga “Atrof-muhit bilan tanishish” (1-2 sinflarda), “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” (X-X1 sinflarda), “Oila etikasi va psixologiyasi” (X-X1 sinflarda), “Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash” (8-10 sinflarda) kabi fan asoslari kiritildi va o‘qitildi, o‘qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib halq to‘lash joriy etildi. O‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalasida ijobiy siljishlar ro‘y berdi, o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tarbiyasining mazmuni takomillashtirildi; hunar-texnika ta’limi tizimida ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika baza- sini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining munosabatlari birmuncha o‘zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o‘zgarishlar ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun etarli emas edi, albatta. Xullas kutilgan natijalarga erishilmadi. Shuni qayd etish zarurki, o‘zbek maktablari to‘ntarishdan so‘ng milliy zamindan batamom uzilib qoldi. Qarsakbozchilik bilan o‘qish-o‘qitishda Yevropa, xususan rus tizimini qabul qildik. Ammo bizning avlodlarimiz ongiga, qoniga bu zo‘rma-zo‘rakilik singmadi. Buni bugungi hayot, turmush tarzi ko‘rsatib turibdi. Eng achinarli hol shu ediki, ayniksa, o‘ttan etmish- yil ichida mustabid tuzimning “Yangi” davr “bilimdon” va “zukko” tashkilotchilari ming-yillik yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirib, kimlargadir yaxshi ko‘rinmoqchi yoxud o‘zini dono hisoblab shuhrat 131 qozonmoqchi bo‘ldilarki, natijada maktablarimiz o‘kuv-tarbiyaviy ishlarda ham hayotiy asoslar va xalq ruhiyatidan deyarli ajralib qoldi avlod-ajdodlarimizning dunyoviy-hayotiy, axloqiy, ma’naviy, ruhiy xazinasi bo‘lgan kitoblar esa umuman o‘qitilmay, o‘rgatilmay tashlab qo‘yildi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling