Shukurullo mardonov umida zokirova
XI BO‘LIM. PEDAGOGIK FANLARNI O‘RGANISH
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
XI BO‘LIM. PEDAGOGIK FANLARNI O‘RGANISH
JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI BADIIY MEROS ASOSIDA MA’NAVIY–ESTETIK TARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Reja: 1. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida talabalarni ma’naviy- estetik tarbiyalash mazmuni. 2. “Pedagogika tarixi” fani dasturi tahlili. 3. “Pedagogika nazariyasi” fani dasturi tahlili. 4. “Pedagogik texnologiyalar” fani dasturi tahlili. 5. “Pedagogik mahorat” fani dasturi tahlili. Tayanch so‘z va iboralar: pedagogik jarayon, zamonaviylashgan ta’lim, badiiy meros, Sharq mutafakkirlari, pedagogika tarixi, pedagogika nazariyasi, pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat, sharq uyg‘onish davri. 11.1. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida talabalarni ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmuni Tadqiqotimiz maqsadi pedagogik fanlar, ularning zamonaviy-lash- tirilgan dasturlari imkoniyatlarini bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqi badiiy merosi asosida ma’naiy-estetik tarbiyalash jarayonida aniq- lashdan iboratdir. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun tadqiqot quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi: o‘zaro bog‘liqlik va yo‘nal- tirilganlikni o‘rganish, pedagogik fanlar bo‘yicha amaldagi dastur larni tahlil qilish, umumlashtirish; tadqiqot muammosi kontekstida ularni o‘zgartirish (tegishli mavzular va savollarni kiritish); bo‘lajak o‘qituv- chilar tomonidan kelgusi o‘quv faoliyatida foydalanishlari mumkin bo‘lgan hamda talabalar shaxsiga ta’sir etuvchi yuqori ma’naviy-estetik tarbiyaviy potensialga ega ajdodlarimizning tarixiy-madaniy merosidan eng muhim badiiy qadriyatlarni hisobga olish; o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarini muvaffaqiyatli ma’naviy-estetik tarbiyalashda pedagogik fanlar (ularning dasturlarini modifikatsiyalash sharti bilan) imkoniyatlarini asoslashdan iborat. 168 Pedagogik fanlar bo‘yicha quyidagi dasturlar tahlil qilindi: “Pedagogika tarixi” [61] “Pedagogika nazariyasi” [61]. “Pedagogik texnologiyalar” [61] “Pedagogik mahorat” [61]. Dasturlarni o‘rganish va tahlil qilishdan maqsad: bo‘lajak o‘qi- tuvchining ma’naviy-estetik tarbiyasiga ta’sir qiluvchi savollarni o‘rga- nish va aniqlash; bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik, kasbiy- shaxsiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ma’naviy-estetik tarbiya, o‘quvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyasiga e’tiborini oshirish orqali pedagogik fanlar dasturlarini zamonaviylashtirish imkoniyatlarini aniqlash; pedagogik fanlar dasturlari mazmunini “ma’naviy-estetik” mavzu - ma’naviy-estetik mazmundagi mangu milliy va umuminstoniy qadriyatlar bilan boyitish. Pedagogik fanlar dasturlarining tarkibiy qismlarini o‘rganish va tahlil qilish quyidagi sxema bo‘yicha olib boriladi: maqsadi, kurs maqsadi, bo‘lajak o‘qituvchilardan talab qilinadigan bilim, ko‘nikma, malakalar; ma’ruzalar, seminarlar mavzulari; talabalar mustaqil ishlarining mazmuni; yakuniy nazorat masalalari; xulosalar; dasturni o‘zgartirish imkoniyati bo‘yicha xulosalar; o‘rganilayotgan muammo kontekstida dasturlarni o‘zgartirish bo‘yicha takliflar (ma’ruza, seminar, mustaqil ish, nazorat va yakuniy savollarga maqsadli qo‘shimchalar). Pedagogik fanlar dasturlarini modifikatsiyalashda o‘zaro bog‘liq- likning quyidagi prinsiplari hisobga olingan: umumiy pedagogik va aniq maqsadlarni belgilash; tarkibning izchilligi va doimiyligi, ularning integratsiyasi; bir-birini to‘ldirish va boyitish; bo‘lajak o‘qituvchilarni shaxsiy-kasbiy, ma’naviy-estetik o‘qitish va tarbiyalash. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling