Shukurullo mardonov umida zokirova
Badiiy merosi asosida pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
10.2. Badiiy merosi asosida pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik
tarbiyalash, uning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash - bu pedagog kadrlarni o‘qitish va tarbiyalashga zamonaviy talablar darajasida bajari- ladigan davlat ijtimoiy-pedagogik buyurtmasidir. Bo‘lajak o‘qituv- chilarni ota-bobolarimizning muhim badiiy merosi asosida ma’naviy- estetik tarbiyalash muammosini hal qilishda, avvalo, zarur bo‘lgan “tushunchalar makoni”ni aniqlashtirib olish kerak: “ma’naviyat”, “ma’naviy-estetik tarbiya”, “badiiy meros”, “badiiy qadriyat”, “milliy- badiiy qadriyatlar”, “estetiklik”, “estetik qadriyat”, “estetik tarbiya”, “estetik madaniyat”. Ushbu kategoriyalar mohiyatini zamonaviy ta’lim siyosati va tad- qiqot kontekstida aniqlashtirib: “ma’naviyat”, “badiiy qadriyatlar aso- sida ma’naviy-estetik tarbiyalash”, “o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash”, “bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash” tushunchalarini shakllantiramiz; tadqiqot konsepsiyasini ifodalaymiz; pedagogika fanlarini o‘rganish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyasi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqamiz; pedagogika fanlarini o‘rganish jarayonida bo‘lajak 157 o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashga tizimli yonlashuv; shuningdek, pedagogik kadrlarni milliy-badiiy meros asosida ma’naviy- estetik tarbiyalashda ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlaymiz. “Qisqacha pedagogik lug‘atda” (-M .: GTI, 2005) “Ma’naviyat” deganda quyidagilar nazarda tutiladi: 1) umuminsoniy va milliy aha- miyatga ega bo‘lgan, eng yuqori qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayo- nida shakllangan, yuqori intellektual, axloqiy va hissiy-irodaviy rivojlanishni ko‘rsatuvchi tizim, ijodiy (o‘quv) faoliyatiga qodir shaxs; 2) shaxsni rivojlantirish va o‘zini o‘zi tartibga solishning eng yuqori darajasi, uning asosini insoniy qadriyatlar tashkil qidadi; 3)... insonning Olloh bilan uchrashishga bo‘lgan eng yuqori intilishlari [148, 42]. “Insonning ma’naviy hayoti - bu faol faoliyat jarayonida insonning axloqiy, intellektual-estetik ehtiyojlari va qiziqishlarini rivojlantir-ish, shakllantirish va qondirishdir” [149, 43]. Ma’naviy ta’lim umuminsoniy ma’naviyatga erishishga qaratilgan. Ma’naviy-estetik tarbiyalash. Biz ushbu tushunchani yuqoridagi qayd etilgan nazariyalar asosida shakllantiramiz. Bizning nazarimizda ma’naviy-estetik tarbiyalash - estetik tarbiyaning ajralmas qismidir. Bu tabiatda, hayotda, san’atdagi yuqori estetik hodisalarning qayta shakllantirilishi natijasida paydo bo‘lgan estetik hissiyotlar, qiziqishlar, bilimlar, ehtiyojlar, intellektual, estetik-ijodiy rivojlanish, shakl-lanish va qanoatlanish jarayonlaridir. Insonning ma’naviy-estetik fazilatlarini, birinchi navbatda, milliy-badiiy xazina “abadiy qadriyatlar”ni ifoda etuvchi milliy-badiiy merosda shakllantirishdir. Tadqiqotlarimiz quyida muammoni hal qilish uchun zarur bo‘lgan “tushunchalar makoni”da: “abadiy qadriyatlar”, “badiiy qadriyat”, “badiiy meros” va “milliy-badiiy meros” kabilar ko‘rib chiqiladi. Badiiy qadriyatlar asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash – bu este- tik hisni (tuyg‘uni) shakllantirish, rivojlantirish, qanoatlantirish jarayo- ni (san’atning yuqori darajadagi badiiy asarining emotsional-hissiy idrok etilishi), bu badiiy-estetik bilim, tushuncha va g‘oyalarga, badiiy asarga qadriyatli munosabat (baddiy asarni o‘rganish, mulohaza qilish, tushinish), bu jarayonga intellektual-ijodiy yondashish, paydo bo‘lgan badiiy-estetik bilimlarni ko‘rsatish, badiiy asarga munosabatni shakllantirish, shaxsning badiiy-estetik sifatlarini shakllantirishdir. Ma’naviy-estetik tarbiyalashning badiiy merosga asoslanishi - bu o‘tmishdagi odamlarni badiiy madaniyati bilan tanishtirish jarayonida 158 “abadiy badiiy qadriyatlar” namunalariga, shu jumladan, haqiqiy este- tika va yuqori badiiy ijod namunalariga hamda xalq ijodiyoti – folklor namunalariga tayanish tushuniladi. Shuningdek, asarni hissiy idrok etish bilan estetik hissiyotlarni (hayrat, quvonch, zavq, mamnunlik, ma’naviy farovonlik) rivojlantirish, shakl lantirish va qondirish jarayoni; intellektual-ijodiy darajadagi g‘oya viy va badiiy tushunchasini, badiiy-estetik xususiyatlarini bilish, unga bo‘lgan hissiy va qadriyatli munosabatini aniqlash jarayo nida intellektual-kognitiv qobiliyat; qabul qilingan badiiy-estetik taas- surotlarni, bilimlarni, tushuncha va g‘oyalarni o‘zida aks ettirish, qobiliyat (ma’naviy, ijodiy, kommunikativ, ma’rifiy va boshqalar) orqali ma’naviy-estetik salohiyat va badiiy qadriyat to‘g‘risidagi mantiqiy-analitik mulohaza, shaxsning ma’naviy-estetik fazilatlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash umumiy ta’lim tizimida, gumanitar va pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida sodir bo‘ladi, unga o‘zbek xalqining yuksak badiiy “abadiy qadriyatlari”, milliy o‘ziga xosligi, umumbashariy, milliy qadriyatlarga qo‘shgan hissasi hamda ma’naviy- estetik tarbiyalash manbai sifatida qaraladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda o‘zbek xalqi va ajdodlarining o‘tmishdagi badiiy madaniyati – “abadiy milliy-badiiy qadriyatlar”i namunalaridan foydalanish, shu jumladan, miniatyuralar, an’anaviy me’morchilik, bezak san’ati, “kitob bezatish, folklor, she’riyati” - Bobur, Mashrab, Nadira, Berdaxlarning she’riyatlari, ota- bobolarimiz san’atining yuksak ma’naviy-estetik, estetik-ma’rifiy qad- riyatlari, kuchli salohiyati va yorqin milliy koloriti bilan tanishtirish jarayonlari tushuniladi. Bu jarayon: - hissiyotlarni shakllantirish - estetik (hayratlanish, quvonch, zavq- lanish, mamnuniyat, ma’naviy farovonlik), milliy g‘urur tuyg‘usi, milliy o‘zlikni anglash (san’at asarlarini hissiy-idrok etish bilan); - o‘zbek xalqining badiiy merosining ko‘plab “abadiy qadriyatlari” asarlarini - hissiy, intellektual-ijodiy, mantiqiy-kognitiv, badiiy-tahliliy (berilgan algoritmlarga muvofiq) idrok etish; - o‘zbek xalqining boy milliy-madaniy merosi xazinasi asariga o‘zining hissiy-estetik va qadriyatli munosabatni aniqlash; - kelajakdagi o‘quv-pedagogik amaliyotida o‘zbek xalqining badiiy 159 merosidan olingan ma’naviy-estetik e’tiqodlar, motivlar, bilimlar, tushunchalar, g‘oyalar, taassurotlar, qobiliyatlar, ma’naviy-estetik salohiyatni “integratsiyalash”; - o‘zining ma’naviy-estetik, kasbiy-shaxsiy rivojlanishiga ob’ektiv baho berish; - bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik kamoloti, shu jumladan, milliy-badiiy merosning yuqori darajadagi kasbiy-shaxsiy rivojlanish omiliga bo‘lgan ehtiyojlarini faollashtirish. Umumiy va milliy-madaniy bilimlar egallanmoqda, yuqori milliy fazilatlar, birinchi navbatda, ma’naviy-estetik tarbiyalovchi milliy- ma’naviy tarbiya amalga oshirilmoqda. Tadqiqot konsepsiyasining asosiy pozitsiyasi. Zamonaviy ta’lim tizimida dolzarb va talabga javob beradigan ma’naviy-estetik, xususan, pedagogik tarbiyada, zarur: - davlat ta’lim siyosati bilan bog‘liq zamonaviy umumiy metodologik qoidalarning aniq ta’rifi; - zamonaviy matnda “ma’naviyat”, “ma’naviy-estetik tarbiya” tu- shunchalarini oydinlashtirish; - talabalarning yosh xususiyatlarini inobatga olish, shaxsning ma’naviy-estetik komponentining yaxlit rivojlanishi, kasbiy-shaxsiy shakllanishida tutgan o‘rni va ahamiyatini aniqlash; - pedagogik fanlari dasturlarini modifikatsiyalash va uning bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi imkoniyat-larini aniqlash; - ishlab chiqilishi: bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiya- lashning umumiy pedagogik tizimi (pedagogika fanlarining fanlararo aloqalari darajasida)ni, o‘ziga xos mavzu (talabalarni o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha materiallar tayyorlash) sini; -o‘zbek xalqining milliy-estetik qadriyatlarga asoslangan boy badiiy merosidan bo‘lajak o‘qituvchilarning hissiy-estetik, intellektual-ijodiy, kasbiy-faoliyatli rivojlanishi hamda ma’naviy hayotining boyitilishini ta’minlaydigan yuqori darajadagi milliy-estetik qadriyatlarni tanlab olish orqali ularning estetik talablarni, rivojlanayotgan pedagogik faoliyatga qiziqishlarni shakllantirish va qonoatlantirish; -bo‘lajak o‘qituvchilarning hissiy-estetik, intellektual-ijodiy, kasbiy- faoliyatli rivojini ta’minlovchi o‘zbek xalqi badiiy merosidan yuksak milliy-estetik qadriyatlarni tanlash orqali ularning ma’naviy hayotini 160 boyitish, ya’ni kelgusi pedagogik amaliyotida kerak bo‘ladigan estetik talablarini qandirish uchun amalga oshirish; - o‘zbek xalqining ma’naviy-estetik merosini o‘rganish bo‘yicha ma’ruzalar mazmuni, ularning texnologiyalari, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar va seminarlarni aniq mavzular bo‘yicha ishlab chiqish (yuqori darajadagi badiiy qadriyatlar namunalaridan foydalangan holda); - bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning ishlab chi- qilgan mezonlarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga ma’naviy-este- tik ta’sir ko‘rsatadigan sharoit va omillarni, samarali shakllar, maqbul usul va vositalarni aniqlash. Bunda bo‘lajak o‘qituvchining ma’naviy- estetik qiyofasi takomillashadi, kadrlar tayyorlash sifati yaxshilanadi. Muallif konsepsiyasining aniqlangan va shakllangan tushunchalari asosida davlat ta’lim siyosatining muayyan pozitsiyalari va qoidalari nuqtai nazaridan, milliy, umuminsoniy qadriyatlar asosida yoshlarning ma’naviy rivojlanishi, pedagogik jarayonga tizimli yondashuvi asosida, uning eng muhim didaktik tamoyillari, talabalarning yoshini va maqomini hisobga olgan holda, ularning kasbiy-pedagogik tayyor- garligi, kelajakda bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash imkoniyatlari (ularning dasturlarini biroz o‘zgartirgan holda), ma’naviy- estetik tarbiyaning emotsional jihatdan ustuvorligi intellektual, intellektual-ijodiy va qadriyatli omillari, o‘z-o‘zini anglash va ijodiy, amaliy, kasbiy-pedagogik jihatdan o‘zini ifoda etish, ma’naviy-estetik o‘z-o‘zini tarbiyalash zarurligini anglash, bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyalash mezonlarini, jadval va tarbiya tizimini ishlab chiqdik. Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash mezonlari (Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida): 1. Davlat ta’lim siyosati kontekstida ma’naviy-estetik rivojlanish zarurligini kasbiy-shaxsiy anglashi, idrok etishi. 2. Ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasida zarur bo‘lgan kategoryalar, tushunchalar va g‘oyalar, bo‘lajak o‘qituvchini ma’naviy-estetik tarbiyalashga qo‘yiladigan talablar. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida o‘zbek xalqining badiiy merosiga asoslangan ma’naviy-estetik tarbiyasi mazmuni, ushbu materialda ma’naviy-estetik rivojlanishning imkoniyati va kelajagi to‘g‘risida tushnchaga ega bo‘lishi. 161 3. O‘zbek xalqi badiiy merosining “abadiy qadriyatlari”, bu milliy g‘urur va umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqidagi, ularning ulkan ma’naviy-estetik tarbiyaviy salohiyati to‘g‘risida tarixnavislik bilimlarga ega bo‘lish. 4. Idrok - o‘zbek xalqining badiiy merosiga oid qator “abadiy qadriyatlar” bo‘yicha asarlarni o‘rganish: 1) hissiy-estetik fikrlash- idrok qilish, anglash; 2) intellektual-ijodiy, badiiy-tahliliy darajada o‘qish (berilgan algoritmlarga muvofiq); 3) badiiy asarga bo‘lgan o‘zining munosabatini aniqlash: a) hissiy, b) qadriyatli, v) asarning kelajakdagi pedagogik faoliyatda foydalanish istiqbollariga kasbiy qarashlari (talabalarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda). 5. O‘zbek xalqining badiiy merosidan olingan ma’naviy-estetik e’ti qod lar, motivlar, bilimlar, tushunchalar, g‘oyalar, taassurotlar, qobi liyatlar, ma’naviy-estetik, maorifiy-pedagogik salohiyatning kel- gusi pedagogik o‘quv amaliyotidagi “integratsiyasi”, asarlarda: 1) metodologik; 2) tarixnavislik va san’atshunoslik mazmundagi; 3) idrok qilish. Va asarlar tahlili; 4) nazariy-pedagogik; 5) uslubiy. 6) o‘z = analitik (tahlilchi) , baholovchi (berilgan havola bo‘yicha). 6. Ma’naviy-estetik jihatdan o‘zini o‘zi takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj: a) ajdodlarimizning badiiy merosi sohasida; b) o‘zbek xalqining badiiy madaniyati sohasida; v) boshqa xalqlarning badiiy merosi to‘g‘risida; g) kasbiy va shaxsiy hayotda. Bo‘lajak o‘qituvchilarni badiiy merosning yuksak namunalarida ma’naviy-estetik tarbiyalash jadvalida quyidagi komponentlarni (qismlarni) ajratib ko‘rsatamiz: motivatsion-ta’kidlovchi, kelajakli- mo‘ljalli, kategorial-tushunchaviy, tarxonavislik, o‘quv-anglash, badiiy- tahliliy, ijodiy-namunaviy, o‘zini o‘zi takomillashtirish – bularning barchasi bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash asoslari tizimiga kiritilgan hamda pedagog kadrlarni tarbiyalashning kasbiy yo‘nalganligida hisobga olingan. Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash tizimi. I. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik rivojlanish zaruratini ijtimoiy-shaxsiy va kabiy-pedagogik motivlar asosida tushunib etishlari. Kelgusida ma’naviy-estetik ishlar mazmunini, uning ma’naviy-estetik rivojlanishdagi imkoniyat va istiqbolini muhim kabiy-shaxsiy omil ekanini tushunib etishlari. 162 II. Kerakli tushunchaviy “makon”ni o‘zlashtirish. III. Milliy g‘ururni ifoda etuvchi o‘zbek xalqining badiiy mada- niyatining “abadiy qadriyatlari” haqida tarixiy bilimlar. Ular orasidan yuksak ma’naviy-estetik mazmundagi tarbiyaviy xususiyatga egalarini tanlash. IV. O‘zbek xalqining badiiy merosin asarlarni hissiy idrok etish, anglash, ularni mantiqiy-tahliliy, badiiy-estetik o‘rganish va baholash (tavsiya etilgan ko‘rsatma asosida), ularga munosabati (hissiy-shaxsiy, ob’ektiv-qadriyatli). V. Bo‘lajak o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malakalarning ma’naviy-estetik darajadagi pedagogik, uslubiy va boshqa ishlarda aks ettirilishi. VI. Bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘zining ma’naviy-estetik rivojlani- shiga bo‘lgan bahosi (kasbiy-shaxsiy nuqtai nazardan). VII. Bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘zini ma’naviy-estetik takomillash- tirishga bo‘lgan ehtiyojlari. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyalariga tizimli yondashuv pedagogika fanlarini o‘qitish modelida amalga oshiriladi: Pedagogika tarixi Pedagogika nazariyasi Pedagogik mahorat Ta’lim texnologiyasi Izoh: bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmuni ularning o‘zaro aloqalari, modifikatsiyalangan dasturlarga muvofiqligi pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida keltirilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holada (“abadiy qadriyat” sanalmish o‘zbek xalqining ma’naviy-estetik tarbiyalashga oid badiiy merosining zamo naviy kategorial-tushunchaviy apparati; bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining yuksak badiiy merosi obrazlarida ma’naviy-estetik tarbiya lash haqida; tadiqotning mualliflik konsepsiyasi; pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida zamonaviy pedagogik kadrlarni o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash mezon- larining ishlab chiqilishi; pedagogik fanlar bo‘yicha o‘quv kurslarida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqining badiiy qadriyatlari, boy madaniy merosi asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-estetik tarbiyalash tizimining xolisona asoslanishi), shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyalashning metodologik asoslariga murojaat qilib, zamonaviy 163 yoshlarning ma’naviyati, shaxsning ma’naviy rivojlanishi to‘g‘risidagi davlat ta’lim siyosati, pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik ehtiyojari aniqlandi. Birinchidan, bular quyidagi ijtimoiy-pedagogik shartlar: davlat ta’lim siyosatining tegishli qoidalari; O‘zbekiston Respublikasi birinchi pre zidenti I.A. Karimovning ma’naviyat, ma’naviy tarbiyaga oid asarlaridan tezislar; professor-o‘qituvchilar uchun kadrlar tayyorlash milliy dasturining talablari, xususan, ma’naviyat, talabalarning ma’na- viy ma’rifatiga bo‘lgan ehtiyoji; ma’naviy-estetik tarbiyalashning kuchayishi va ta’lim tizimi, shu jumladan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadigan fanlar va ob’ektlarning rivojlanishi; davlat ta’lim siyosatida talabalarning tarbiyasi, ma’naviy tarbiyasiga, ayniqsa bo‘la- jak o‘qituvchilar - yangi avlod o‘qituvchilarga - oliy o‘quv yurtla rida, e’tiborni kuchaytirish talabi; o‘zbek xalqining madaniy-tarixiy mero- sidan badiiy qadriyatlarga ustuvorlik berish – badiiy-estetik g‘oyalar, barkamol avlod badiiy-estetik g‘oyalar tashuvchisi, yoshlarni ma’naviy- estetik tarbiyalash sohasida, ayniqsa milliy-ma’naviy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishda foydalanilishi kerak bo‘lgan, ma’na- viy-estetik potensiali, zamonaviy shaxsning fazilatlari, hissiy mada- niyat, faol ijodiy tafakkur (ayniqsa estetik idrok etish jarayonida - anglash - tushunish - badiiy va tahliliy o‘rganish - asarni baholash - xalqning tarixiy-madaniy merosidan yuqori badiiy ijodni yaratish); estetik – ma’naviy - estetik ongni shakllantirishga bo‘lgan talab – “estetik boy dunyoqarash”ning asosi; o‘zbek xalqining ma’naviy- este tik badiiy merosini bilish zaruriyati - boshqa xalqlarning badiiy, madaniy merosini muvaffaqiyatli rivojlantirish-ning kaliti; pedagogik kadr larni ma’naviy-estetik tarbiyalash - davlat, jamiyat, xalq ta’limi, o‘quv muassasalarining ijtimoiy-pedagogik buyurtmasi-dir. Pedagogik kadrlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash uzoq davom etadigan ijtimoiy mohiyatga ega muammodir. Bu pedagogik kadrlarni tayyorlash sifatini oshirishi, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini va, albatta, davlat ta’lim siyosati va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishga yordam beradi. Yangi avlodning yuqori intellektual va ma’naviy boy o‘qituvchisi - yuqori milliy-ma’naviy va umumbashariy fazilatlarga ega, har tomonlama rivojlangan, ijtimoiy talabga ega shaxs tarbiyalanadi. Va buning kafolati - davlat ta’lim siyosati sanaladi. 164 Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash muammosini hal qilish, birinchi navbatda, shaxsning ma’naviyati va ma’naviy rivojlanishi bo‘yicha davlat ta’lim siyosatining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, zamonaviy olimlarning ma’naviyat, ma’naviy tarbiya to‘g‘risidagi izlanishlari metodologik pozitsiyalari asosida ko‘rib chiqilishini talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini maqsadli o‘rganish zarur va uning asosida o‘rganilayotgan muammoni hal qilish uchun nazariy, metodologik va tashkiliy-pedagogik ko‘rsatmalarni aniqlash zarur. Pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda badiiy meros muammosini uslubiy jihatdan ko‘rib chiqish, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik shartlarini aniqlash muhimdir. Bir qator zaruriy mezon, tushuncha va atamalarni ko‘rib chiqish, ayniqsa: “ma’naviy-estetik tarbiyalash” kabi tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. “Badiiy qadriyatlar asosida ma’naviy-estetik tarbiyalash”, “bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy va estetik tarbiyalash”. Muallifning tadqiqot konsepsiyasi uslubiy jihatdan zarur - bo‘lajak o‘qituvchilar uchun o‘zbek xalqining badiiy merosi asosida ma’naviy- estetik tarbiyalash mezonlari, jadvallari, tizimlarini (Pedagogika fanlarini o‘rganish jarayonida), shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning fanlararo tarbiyaviy modelini ishlab chiqish zarur. Uslubiy materiallar asosida, kategorial-tushunchaviy apparat, o‘z- bek xalqining madaniy-tarixiy merosidan olingan “abadiy badiiy qadriyatlar”ning ma’naviy-estetik potensiali, ishlab chiqilgan mezonlar, bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘rganilayotgan ilmiy tarbiya tizimi, o‘quv va intizom asosidagi jadvallar, o‘zbek xalqining badiiy merosi, bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari - davlat, milliy mafkuraviy, ijtimoiy, tarbiyaviy, ijti- moiy-pedagogik, kasbiy-pedagogik, aniq ma’rifiy, shaxsga yo‘nal- tirilgan, ma’naviy jihatdan talabchan, estetik jihatdan muhim milliy xususiyatlari aniqlangan. Davlat ta’lim siyosati darajasida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy- estetik tarbiyalashning metodologik asoslari, pedagogik kadrlar uchun ishlab chiqilgan ma’naviy-estetik tarbiyalash mezonlari, talabalarni ma’naviy-estetik tarbiyalash jadval va pedagogik tizimi, pedagogik kadrlarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning metodologik, nazariy, 165 uslubiy va nazariy asoslarining muammoni muvaffaqiyatli hal qilish uchun zarur shart-sharoitlardir. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling