Shukurullo mardonov umida zokirova
Maktabdan tashqari ta’lim
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim olish shakllari
- Masofaviy ta’lim
Maktabdan tashqari ta’lim (14-modda). Bolalarning ehtiyojlarini
qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishlaridagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etish mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qibiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan. Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijo diyot saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bola lar maktablari, bolalar-o‘smirla sport maktablari, bolalar musi qa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lom- lashtirish muassasalari kiradi. Maktabdan tashqari ta’lim berish tar- tibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi. Ta’lim olish shakllari (15-modda). Ta’lim olish shakllari quyi- dagilardan iborat: -ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); - ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); -dual ta’lim; -oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; -katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; -inklyuziv ta’lim; -eksternat tartibidagi ta’lim; -mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash. Masofaviy ta’lim (-16-modda). Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va 145 o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. Masofaviy ta’limni tashkil etish O‘zR MV tomonidan belgilanadi. Dual ta’lim (17-modda). Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur BKMni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Dual ta’limni tashkil etish O‘zR VM tomonidan belgilanadi. Shuningdek ushbu bobda “Oiladi ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish” (18-modda); “Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish” (19-modda); “Inklyuziv ta’lim (20-modda); “Eksternat tartibdagi ta’lim” (21-modda); “Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash” (22-modda) kabilar o‘rin olgan. Hozirgi paytda Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fan- lari ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti, Chirchiq, Jizzax, Qo‘qon, Navoiy, Nukus davlat pedagogika institutlari yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim sohasi bo‘yicha Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarining ijrochilari hisoblanadilar. Hozirgi davrda, O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti strategiyasi, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish yo‘lidagi ezgu orzu- umidlarini, milliy istiqlol mafkurasining asl mohiyatini yoshlar qalbiga va ongiga singdirish jarayoni kechayotgan bir davrda bu muhim ishni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun asosida uzluksiz tarzda olib borishni taqozo etadi. Zero, istiqlol mafkurasi hur fikrlilik va jur’atsizlikdan holi bo‘lgan, o‘z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalaydi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling