Shukurullo mardonov umida zokirova


-jadval  ZARDUSHTIYLIK AXLOQINING ASOSIY UCHLIGI


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/99
Sana23.11.2023
Hajmi2.8 Kb.
#1795241
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи

1-jadval 
ZARDUSHTIYLIK AXLOQINING ASOSIY UCHLIGI
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan 
Urxun-Enisey bitiklari ham VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo‘lib, 
ular ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar beradi.
Garchi Urxun-Enisey yozma yodgorliklari bevosita ta’lim-tarbiya 
masalalariga bagishlanmagan bo‘lsa ham, ulardan o‘sha davr axloqiy 
talablar yuzasidan ma’lum bir ma’lumot olish mumkin. Xususan, 
xoqonlar va alplarning jangovor faoliyati, turmush tarzi, vatanparvarlik, 
birdamlik, ittifok bo‘lib yashashga intilishi, mardlik, jasorat, samimiylik, 
insonparvarlik, ezgulik kabi insoniy hislatlari jamiyat har bir a’zosining 
axloqiy qiyofasini belgilovchi muhim fazilatlar sifatida ma’rifiy 
qadriyatlarimiz tarixida muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, VI asr o‘rtalariga kelib Oltoy, Ettisuv va Markaziy Osiyo 
turk qabilalaridan turk hoqonligi tashkil topdi. Bu xoqonlik g‘arbdan 
Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh 
bo‘lgan. Turk hoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan.). Hoqonlik 
603-yilda Sharqiy va G’arbiy hoqonlikka ajralgan. 745-yilga kelib esa 
Turk hoqonligi tugallanadi. Turk hoqonligi asosan 3 kishi: Bilga hoqon 
(Mog‘ilyon), Kul tegin, Tunyuquqlar qo‘lida markazlashgan edi. Bilga 
hoqon (Mog‘ilyon) hoqon, Kul tegin - sarkarda, Tunyuquq esa - vaziri 
dono bo‘ladi.
Bitig toshlarda turk hoqonlarining yurishlari, bu yurishlarda ko‘r-
satgan jasoratlari, ularning bilimli, mard, xalqparvar alp yigitlar ekan-
ligi bayon etiladi. O‘z vatani mustaqilligi uchun kurash, xalqni asorat-
dan olib chiqish, ularning birdamligini ta’minlash hoqonlar Bo‘ min, 
Istami, Eltarish, Eltarishning o‘g‘illari - Bilga hoqon va lash karboshi 
Kul tegin, ma’naviy otalari Tunyuquqlarning zimmasiga tushgani 
hikoya qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda insonda 


32
eng qadrlanadigan hislat - jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, 
xushmuomalalik bo‘lgan. Bu hislatlar o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat 
va jamiyatdagi o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik qabilachilik turmush 
tarzi buni taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi 
ayovsiz kurash insondagi bu hislatlarning bevosita shakllanishiga turtki 
bo‘lgan.
Eng qadimgi ota-bobolarimiz insonda ulug‘lagan axloqiy hislatlarni 
jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin.

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling