Shukurullo mardonov umida zokirova


 Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/99
Sana23.11.2023
Hajmi2.8 Kb.
#1795241
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
Bog'liq
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи

3.2. Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari
Al-Xorazmiy (783-850) jahon matematika fanining buyuk na-
moyandasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tahminan 783 y. 
Xorazmda tug‘iladi.
U boshlang‘ich ma’lumotni o‘z uyida otasidan olgan. Chunki uning 
otasi o‘qimishli bo‘lgan. Qadimiy diniy urf-odatlarni, erli xalq yozuvlarini 
bilgan. Diniy va ilmiy adabiyotlardan xabardor bo‘lgan. Shuning uchun 
al-Xorazmiy bolaligidayoq bu ilmiy manbalarni o‘rganish imkoniga 
ega bo‘lgan. Xorazmiy matematika bilan juda berilib shug‘ullangan. 
Shu sohaga oid barcha asarlarni qunt bilan o‘rgangan. U arab, fors, 
yunon tillarini ham o‘rganib, bu tilda yaratilgan asarlarni ham o‘qiy 
olish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U “Al jabr va al-muqobala” asari bilan 


51
matematika fanini rivojlantirdi hamda amalda qo‘llash usullarini bayon 
etdi. “Al-jabr” keyinchalik matematikaning alohida bo‘limiga aylandi 
va “Algebra” deb ataladigan bo‘ldi.
Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hind arifmetikasi 
haqida kitob” bo‘lib, ular o‘nlik sistemasi raqamlariga bag‘ishlangan.
Xorazmiy hindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, “Xorazmiy 
ziji” nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzdi. Shuningdek olim 
“Er sathini o‘lchash”, “Quyosh soati to‘g‘risida”, “Yaxudiylar tarixi va 
ularning bayramlarini belgilash” kabi asarlari bilan fan sohasiga juda 
katta hissa qo‘shdi.
Bular ma’rifiy-tarbiyashunoslik jihatidan ham hozirgi kunda 
ahamiyatga molikdir.
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘shdi. U birin-
chilardan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi. U bi-
rinchi marta insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda 
ifodaladi.
Xulosa qilib aytganda, al-Xorazmiy evropa va sharqda falaqiyot va 
matematika sohasida yangi davr ochdi. Hindlarning o‘nlik raqamlari 
Xorazmiy tufayli “Arab raqamlari” nomi bilan butun dunyoga yoyildi. 
Xorazmiyning falakiyot va geodeziyaga oid kuzatishlari, geografiyaga 
oid asarlari, u chizgan er xaritasi ham sharq va g‘arb olimlari uchun 
tekshirish, kuzatish ishlarini olib borishda muhim qo‘llanma bo‘lib 
xizmat qildi.
Xullas, al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari, ilm-fanga 
ko‘shgan hissasi bilan insonni aqliy kamolga etkazishda, ta’lim-tar-
biyada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan buyuk allomadir.

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling