Shukurullo mardonov umida zokirova
Ibn Sino ta’lim–tarbiya haqida
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
3.5. Ibn Sino ta’lim–tarbiya haqida
Abu Ali ibn Sino (980-1037) 980-yilda Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida kichik amaldor oilasida dunyoga keladi. Uning otasi Abdulloh va uning do‘stlari bilimdon kishilar bo‘lib, ularning ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino ham qatnashar edi. Bunday oila- viy muhit, Buxoro shahridagi ko‘plab madrasalar, kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxonalarning mavjudligi ham yosh va iqti- dorli ibn Sinoga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. U maktabda o‘qib ko‘pgina ustozlardan ta’lim oladi. Masalan: Abdulloh Notiliydan falsafa, mantiq, xandasa bo‘yicha, Buxorolik Abu Mansur Qamariydan til bo‘yicha ta’lim oladi. IX asr oxiri va X asr boshlariga kelib o‘lkada siyosiy ijtimoiy vaziyat murakkablashadi. Shuning uchun ibn Sino Xorazmga - Urganchga ko‘chib o‘tadi. Xorazmda bir qator olimlar bilan hamkorlikda Beruniy boshqarayotgan “Ma’mun akademiyasida” ilmiy ish bilan shug‘ullanadi. Natijada o‘zining yirik asari “Tib qonunlari”, “Ash-Shifo” ustida ish olib boradi. Ibn Sino fanning turli sohasiga oid 450 dan ortik asar yaratadi. Lekin bizgacha 250 ga yakini etib kelgan bo‘lib, ulardan 50 dan ortik qo‘l yozmalari O‘zbekiston fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Be runiy nomidagi Sharqshunoslik institutining kitob fondida saqlanib kelin- moqda. U ta’lim-tarbiyaga ta’lluqli bo‘lgan quyidagi asarlarni yaratgan. 56 Masalan: “Tadbir al-Manozil” (turar joyni boshqarish), “Axloq haqida risola”, “Burch haqida risola”, “Nafsni pokiza tutish”, “Badanni boshqarish”, “Adolat haqida kitob”, “Al-qonun”, “Ishq haqida risola”, “Xay ibn-Yakzon”, “Nomozning mohiyati haqida risola”, “Ziyorat qilishning ma’nosi haqida”, “An-Najot”, “Ash-Shifo”, “Donishnoma” kabi asarlari bilan ilm-fanga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomadir. Shuning uchun ham Sharqda unga, “Shayx ur-Rais” - ya’ni olimlarning olimi degan yuksak unvon berilgan. U o‘zining “Axloqqa oid risola”sida insonning umumiy fazilati ha- qida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo‘lish sabablari to‘g‘risida to‘xtaladi. Uning fikricha yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo‘ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo‘lishida hukumat ahllarining ta’siri ham zo‘r bo‘ladi, deydi. Ibn Sino axloqiy hislatlardan: iffat, qanoat, sahiylik, shijoat, sabr, muloyimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma’rifatli bo‘lish, kamtarlik, adolatlilik, do‘stlik, vafodorlik kabi axloqiy kategoriyalarga ta’rif beradi. U insoniy fazilatlarga: Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling