Shukurullo mardonov umida zokirova


 Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fani


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/99
Sana23.11.2023
Hajmi2.8 Kb.
#1795241
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99
Bog'liq
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи

3.4. Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fani 
taraqqiyotidagi o‘rni
Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Qomusiy olim Abu Rayhon 
Beruniy 973 4 sentyabrda Xorazmda dunyoga keladi. Beruniy 
yoshligidan ilmga ayniqsa aniq fanlarga qiziqadi. U matematika, 
jo‘g‘rofiya, yulduzlar ilmi, tibbiyot fanlariga oid ko‘p kitoblarni o‘qib 
chiqadi. Fors va arab tillarini va qadimgi ajdodlar tillarini qunt bilan 
o‘rganadi.
Beruniy bir necha-yil koinot, metallar va qimmatbaho toshlar ustida 
kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari 
asosida “Minerologiya” asarini yaratadi. Uning “Geodeziya” asarida 
geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda poleontologik 
kuzatishlari natijalari ham bayon qilingan. Beruniyning yana bir muhim 
asari “Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar”dir. Bu asarda 
ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushuncha va ma’lumotlar 
bergan. Olim 1030-yilda o‘zining Sharq va G’arbda keng e’tirof qilingan 
mashhur “Hindiston” asarini yaratadi. Asarda Beruniyning Hindiston 
haqidagi barcha qarashlari o‘z ifodasini topgan. Hammasi bo‘lib 150 
dan ortiq asarlar yaratgan. Olim o‘z asarlarini o‘sha davr an’anasiga 
ko‘ra arab tilida yozgan. Beruniy yuqoridagi asarlarida inson kamoloti 
xaqida o‘z qarashlarini bayon etadi.
Beruniy mamlakat obodonchiligi ilm-fanning ravnaqiga bog‘liq 


54
bo‘lsa, yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilimi, axloqi 
va ma’rifatida deb biladi. Shuning uchun u yoshlarni ilm-ma’rifatga 
chorlaydi. Beruniy yoshlardan rahmdil, mehribon, kishilarga iltifotli, 
hayrihoh, bo‘lishni, najotsiz odamga qo‘l cho‘zishni, makkorlik, 
ayyorlik, adolatsizlik, boylikka xirs qo‘yish, yolg‘on gapirish kabi 
sifatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi.
Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U inson-
ning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy hislatlarni yaxshilik va 
yomonlik kabi 2 turga bo‘ladi. Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida 
fikr yuritar ekan, “insonga er yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi 
uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun har bir inson yuksak 
axloqli bo‘lishi lozim”, - deydi.
Aqliy tarbiya, deydi Beruniy, kishining tafakkurini rivojlantirib, 
dunyoqarashini kengaytiradi. Uning o‘z-o‘zini anglab etishiga ta’sir 
etadi. Mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi hakida 
muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga 
qarab turlarga bo‘ladi. Og‘ir mehnat sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, 
hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli, olimlar 
mehnatiga alohida e’tibor beradi va hayrihoh bo‘lishga chaqiradi. Shu 
bilan birga og‘ir mehnat qiluvchi konchilar, er ostida ishlovchilar, 
dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag‘batlantirib turish 
kerak deydi. Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llari 
haqida ham fikr yuritadi. U bolalarni eng kichik ilk yoshidan mehnatga 
o‘rgatish kerak deydi.
Beruniy “Minerologiya” asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar 
haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, 
ustalarning hunar o‘rgatish metodlari haqida qimmatli fikrlar bildiradi.
“Saydana” nomli ma’lum va mashhur asarida esa sharqdagi dorivor 
o‘simliklarning tavsifi bayon qilingan. Beruniy inson kamolotida 3 
narsa muhim rol o‘ynaydi deydi:
1. Irsiyat.
2. Muhit.
3. Tarbiya.
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi 
fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘kuvchiga bilim 
berishda u:
-o‘quvchini zeriktirmaslik;


55
-bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
-uzviylik, izchillik;
-yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va 
hokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
Olim fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan 
barcha boyliklarni qunt bilan o‘rganishga da’vat etadi. Ilm toliblariga 
qalbni yomon ilatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, xirsdan, behuda 
ra qobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini uqti-
radi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni 
shakllantirishga oid bu fikrlari o‘z zamonasi uchun emas, hozirgi davr 
ta’lim-tarbiyasini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga egadir.

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling