Shukurullo mardonov umida zokirova
Jasurlik - biror ishni bajarishda kishining jasurligi; Chidamlilik
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
Jasurlik - biror ishni bajarishda kishining jasurligi;
Chidamlilik - inson boshiga tushgan yomonlikni to‘xtatib turuvchi quvvat; Aqllilik - biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat; Ziyraklik - sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushinishga yordam beruvchi quvvat. Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o‘ch olish, adovat, bo‘xton, irodasizlik kabi- lardir. U fanlar tavsifi haqida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o‘ringa tib- biyot fanlarini qo‘yadi. Falsafani esa ikki guruhga - nazariy va amaliy guruhga bo‘ladi. U birinchi guruhga etika, igqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini o‘rganuvchi barcha fanlarni kiritgan. Olim fizika, adabiyot, tarix fanlari bilan shug‘ullangan. Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo‘lib maktabda o‘qitish zarurligini ko‘rsatadi va ta’limda quyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: 57 -bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib qo‘ymaslik; -ta’limda engildan og‘irga borish orqali bilim berish; -olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi; -o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish; -bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; -o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish. Bu talablar xozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatli bo‘lib, bolalarni engil-elpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi. U bola tarbiyasi xaqida fikr bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism qo‘yishdan boshlashni lozim deb topadi. Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki olijanob vazifasi deb biladi. Agar qadimgi yunon faylasuflari Platon va Aristotellar bola tarbiyasini davlat ixtiyoriga qo‘ysalar, ibn Sino bola tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug‘ullanishi kerak deydi. Xulosa qilib aytganda, ibn Sino buyuk olim, faylasuf, adib, tabib bo‘lishi bilan birga buyuk murabbiy edi. U ta’lim-tarbiya haqida juda ko‘p bosh qotiradi. Olimning pedagogika faniga qo‘shgan hissasi shundaki, u ta’limiy-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy, ham estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi, kamolga etishining mezonini ishlab chiqadi. Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning kiritilishi esa olimning tarbiya sohasidagi katta xizmatlaridan hisoblanadi. Yana uning xizmatlaridan biri shundaki, u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug‘ladi, undagi qudratga ishondi. Inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini targ‘ib qildi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling