Shukurullo mardonov umida zokirova
V BO‘LIM. XIV-XVI ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar: “
V BO‘LIM. XIV-XVI ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA
TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTI Reja: 1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. 2. Soxibqiron Amir Temurning ma’rifiy qarashlari va uning pedagogika fanida tutgan o‘rni. 3. Mirzo Ulugbekning ilmiy merosi va uning ta’limiy-tarbiyaviy qarashlari. 4. Zahiriddin Muhammad Boburning ma’rifiy-axloqiy qarashlari. Tayanch tushunchalar: “Markazlashgan davlat”; “Madrasa va maktab”, “ilm-fan”, “madaniyat, san’at”, “Amir Temur tuzuklari”, “Ziji Ko‘ragoniy”, “Ulug‘bekning ta’lim islohatlari”, “Boburnoma”, “Esdaliklar”. 5.1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti Tarixdan ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davo- mida Movarounnahr mo‘g‘ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan-madaniyat, ma’rifatga juda katta putur etkazildi. Xonavayron bo‘l gan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo‘g‘ul istilochilari zulmidan qutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo‘lgan intilish g‘olib keldi. Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo‘zg‘aldi, Samarqand va Hurosonda esa Sarbadorlar qo‘zg‘alonlari ro‘y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. XIV asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar o‘rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketdi. Beklar va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon- tarojlar iskanjasida qoldi. Shunday og‘ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og‘ir yukini 74 Amir Temur o‘z elkasiga oldi va qariyib 10-yil (1360-1370) davom etgan og‘ir kurashdan so‘ng mamlakatni mo‘g‘ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380-yillar mobaynida Amir Temur say’i-harakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o‘rtasida nizolarga barham berildi va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog‘i ostida birlashtirildi. Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Sohibqiron Amir Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o‘rin egallaydi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Mova- raun nahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi. Shuning uchun ham tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr O‘rta Osiyoda Shark o‘yg‘onish davrining ikkinchi boskichi deyilishi bejiz emas, chunki bu davrga kelib Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko‘plab shaharlaridan Samarqandga hunarmandlar, san’atkorlar, muxandislar, olimu-fozillar olib kelindi va ularning tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Xirotda madrasalar, rasadxonalar, bog‘u-rog‘lar, madaniyat o‘chog‘lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot ilmini o‘rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, fala kiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, huquq, targ‘ibot, tar- biyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muhim asarlar yaratildi. Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom, Sa’diy, al-Xorazmiy, al- Farg‘oniy, imom Buxoriy, at-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon- rim madaniyatini o‘rganishga harakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni boshqarishni mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug‘orish ishlariga, shaharlar o‘rtasidagi savdo yo‘llarini kengaytirishga katta e’tibor berildi. Sohibqiron Amir Temur say’i-harakati tufayli Samarqand shahri yangidan qayta tiklandi. Shaharda Ko‘k saroy, Bibixonim masjidi, Shoxizinda maqbarasi, shahar atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bexisht, Bog‘i Nav kabi bog‘ va saroylar barpo etildi. Ko‘xak - Zarafshon, Amudaryoga ko‘priklar qurildi. Toshkent 75 atrofida kanallar qazildi. Sirdaryodan Oxangarongacha bo‘lgan kanallar shular jumlasidandir. Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, bezakli-badiiy buyum- lar ishlab chiqarish yuqori darajaga ko‘tarildi. Sohibqiron Temur va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq, astronomiya, matematika, nafosat, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, musiqashunoslik, tar- biyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat-tadbirkorlik, tarjimonlik, xat- totlik, jo‘g‘rofiya va elshunoslik kabi boshqa o‘nlab dunyoviy bilimlarni o‘rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo‘lga qo‘yildi. Amir Temur hukmronligi davrida o‘rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat, ilm-fan, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo‘lishida muhim omil bo‘ldi. Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan bir qatorda diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktab - madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G’ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo‘lib keldi. Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar haligacha yaqqol ko‘zga tashlanadi: “Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir”. Shu sababli ham, biz hech ikkilanmay XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg‘onish davri bo‘lib tarix sahifalaridan o‘rin oldi deya olamiz. Shuni ta’kidlash lozimki, bu davrda o‘zbek adabiyotida ancha siljish ro‘y berdi. Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylar tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Tarjima qilish ishlari jonlantirildi. Ulug‘bek olimlarga homiylik qilib, ularni rag‘batlantirdi. Uning o‘zi ayniqsa astronomiya va matematika fanlari bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirdi. Ulug‘bek tomonidan rasadxona barpo etildi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid ibn Ma’sudiy, Mansur Koshiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, ulug‘ rassom Kamoliddin Behzod, tarixshunos Xondamir, xattot Sulton Ali Mashxadiy va boshqalar ijod cho‘qqilariga ko‘tarildilar. Ulug‘bek shogirdi Aloviddin Ali ibn Muxammad qushchi Samar- qandiy, ya’ni Ali Qushchi o‘sha davrda Movarounnahrning madaniy va ilmiy hayotida katta rol o‘ynadi, uning “Risolai dar falaqiyot” deb nomlangan astronomiyaga oid risolasi jahonga mashhur bo‘ldi va uni 76 o‘z davrining Ptolomeyi deb atay boshladilar. XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi, til, mantiq, fal safa, tarbiyashunoslikka doir o‘nlab asarlar yaratildi. Ayniqsa, Mir Sayd Sharif Jurjoniy, Xofizi Abro‘ Abdurazzoq Samarqandiy, Xon- damir, Davlatshoh Nizomiddin Shomiy, ibn Arabshoh, Sharofiddin Ali Yazdiy va shu kabi o‘nlab olimu-fuzalolarning yaratgan asarlari jahon fanida katta o‘rin egalladi. Sulton Xusayn Boyqaro hukmronlik qil- gan davrga kelib, olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga ko‘chib o‘tdilar. Hirot ilmiy-madaniy markazga aylantirildi. Alisher Navoiy Hirotda fan, madaniyat, ilm va ma’rifatga homiylik qilishi natijasida bu erda shoirlar, musavvirlar, hattotlar, olimu-fozillar etishib chiqib, jahon ilmu fani olamida nom qozondilar. Bu davrda bir qator ilm maskanlari barpo etildi, xususiy maktablar yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni uyda o‘qitish tadbirlari odat tusiga kirdi. Shahar va qishloklarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Aholi savodxonligini oshirish maqsadida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. O‘quvchilar maktablarda savod chiqarganlaridan so‘ng Buxoro, Samarqand, Xuroson, G’ijduvon va boshqa shaharlardagi madrasalarga borib u erda ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim olar edilar. Biz yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda haqiqatdan ham XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va pedagogik fikrlar yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan deb aytaolamiz. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling