Shukurullo mardonov umida zokirova
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи
7.2. Asardagi asosiy g‘oya
Darxaqiqat, Abdulla Avloniy tarbiyadagi asosiy g‘oya, bu bizlar uchun: “Yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deya mushohada qilishi, uning tarbiya sohasida juda katta va keng bilimga ega ekanligi, komil insonni tarbiyalashda ta’lim-tarbiyaning har bir yo‘nalishiga e’tibor berish kerakligini, ong va tafakkurni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda tarbiya katta rol o‘ynashini mohirona ifodalai bilishi, tahsinga loyiqdir. Bu g‘oya o‘z navbatida yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, insonparvarlik, odamiylik, olijanoblilik, mehnatsevarlik, iffatli, mehr- oqibatli, intizomli, adolatparvar, millat g‘ururini e’zozlovchi, ulug‘ ajdodlarimiz an’analari va ilmiy meroslarini ko‘z-qorachig‘iday asrash, 106 axloqi pok inson bo‘lib etishish borasidagi asosiy mezon hisoblanadi. Birinchi prezident Islom Karimovning “Men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun “Yo hayot yo mamot, yo najot - yo halokat, saodat - yo falokat masalasidir” - degan fikrini ko‘p mushohoda qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan xam ko‘ra muhim va dolzarbdir. Chunki ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaktda ong darajasi va uning rivojini xam belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi. Ko‘rib turganimizdek bularning barchasi bir-biri bilan zanjir kabi chambarchas bog‘lik masalalardir” 1 , - deya ilgari surgan fikr va muloxazalari Abdulla Avloniy ijodiga berilgan katta bahodir. Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq, shu bois A.Avloniy bola tarbiyasiga katta e’tibor bilan qarab, o‘zbek ziyolilar orasida birinchi bo‘lib, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotni, tarbiya yo‘nalishlarini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etdi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling