Shukurullo mardonov umida zokirova


 Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti va


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/99
Sana23.11.2023
Hajmi2.8 Kb.
#1795241
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99
Bog'liq
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи

7.3. Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti va 
tarbiya yo‘nalishlari to‘g‘risidagi fikrlari
Demak, Abdulla Avloniy, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bola tar-
biyasini nisbiy ravishda to‘rt bo‘limga ajratadi:
1. “Tarbiyaning zamoni”. 
2. “Badan tarbiyasi”. 
3. “Fikr tarbiyasi”. 
4. “Axloq tarbiyasi” hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi.
U “Tarbiyaning zamoni” bo‘limida tarbiyani yoshlikdan berish 
zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat, jamoatchilik 
va boshqalarning kiritishi kerakligini ta’kidlaydi.
Muallif tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning 
1
Баркамол авлод орзуси. Т. “Шарқ” 1999 й.
39 – 40 бетлар


107
oxiriga qadar davom etadi, - deydi. U bir qancha bosqichdan - uy
bog‘cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan deb, 
tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan 
chegaralab qo‘ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog‘ligi haqida 
g‘amxo‘rlik qilish lozimligini uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga 
ega bo‘lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. “Badanning salomat 
va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, 
o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz 
jasad lozimdir.
Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti


108
Biz buni yuqoridagi chizmada ham ko‘rdik. Asosiy g‘oya: “Tarbiya 
bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat yo saodat, yo 
falokat masalasidur”.
Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘sti-
rishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda 
o‘qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi. Bolalarda fikrlash 
qobiliyatini o‘stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishi 
benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning 
“diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur...
Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga 
bog‘liqdur”.
1
Ayni zamonda muallif ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liq ekanini ham 
ta’kidlaydi: “Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi 
bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan 
kabidur”
2
- deydi.
Avloniy fikricha, inson butun borliqning ko‘rki va sharafidir. Inson 
o‘z go‘zalligi va murakkabligi bilan koinotdagi barcha maxluqotlardan 
afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson uni 
sohibidir deydi. Chunki insonning, aqli bor. U shu aql yordamida ilm 
egallaydi, ilm tufayli dunyoni boshqaradi:
“Aql, - deydi Avloniy, - insonlarning piri komili, murshidi yago-
nasidur, rux ishlovchi, aql boshlovchidir. ...insonni hayvonlardan so‘z 
va aql ila ayirmishdur. Lekin inson, aql va idroki soyasida o‘ziga 
keladirgan zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir 
qilib, bo‘ynidan bog‘lab, iplarining uchini qo‘llarga bergan insonlarning 
aqlidur”. Avloniy insonga va uning, aqliga ana shunday yuksak baho 
beradi. “Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari najotidur. Agar, 
aqlingning qo‘li nafsingning jilovini ushlasa, seni yomon yo‘llarga 
kirmoqdan saqlar. Xar narsa ko‘p bo‘lsa, bahoi arzon bo‘lur, ammo 
aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko‘paysa, shuncha qimmatbaho 
bo‘lur”.
3
Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida ilm haqida yana 
shunday deydi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm 
1
Абдулла Авлоний. Иккинчи китоб, 14-бет
2
Ўша китоб, 15-бет.
3
А.Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ , 22 - 23 – бетлар.


109
inson uchun g‘oyat oliy muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z 
ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni 
qilich kabi o‘tkur qilur... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur”. Avloniy 
ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, 
“Bizlarni jaholat, qorong‘ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni 
ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzug‘ ishlardan 
qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz, 
salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, 
g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur”. Mutafakkirning 
obrazli ifodasiga ko‘ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag‘iz. Uni 
qo‘lga kiritish uchun mehnat qilish, ya’ni chaqib uni po‘chog‘idan 
ajratib olish kerak. U ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi 
tushunadi. Shuning uchun ham u, yoshlarni ilm sirlarini bilishga, 
hodisalar mohiyatini echishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning 
fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi 
yo‘lida qo‘llanmasa, u o‘likdir. Avloniy o‘z ilmini amalda qo‘llay 
oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi.
Abdulla Avloniy o‘z davrida yosh avlodda chin insoniy axloqiy 
xislatlar tarbiyalashni istadi. U ta’lim va tarbiya, ilm va ma’rifat olish 
yo‘li bilan vatandoshlarining baxtli va saodatli bo‘lishini orzu qildi. 
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobining ikkinchi 
bobi insonning ijobiy xulqlariga bag‘ishlanadi. Buni “Yaxshi xulqlar” 
sarlavhasi ostida bayon etadiki, unda biz insonning kamol topishida 
muhim rol o‘ynaydigan 30 dan ortiq axloqiy fazilatlarning mohiyatini, 
axloq tarbiyasi mezonlarini, ulardan foydalanish uslublarini moxirona 
ta’riflaganini bilib olamiz. Avloniyning mahorati shundaki, insonning 
kamol topishida yaxshi xulq bilan yomon xulqni bir-biriga taqqoslab, 
yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, bolalarda axloqiy fazilatlarning 
shakllanishida muhim vosita ekanligini hayotiy misollar, hikoyalar 
asosida ilmiy jihatdan asoslab bera olganligidir.
Darxaqiqat asarda keltirilgan yigirmadan ziyod sarlavha ostida 
bayon etilgan, ya’ni g‘azab, shahvat, adovat, haqorat, hasad, ta’ma, 
zulm kabi yomon xislatlardan tiyilish, ularning zararli oqibatlari haqida 
mushohada yuritish, kishini yomon yo‘ldan asrashga, g‘aflat uyqusidan 
uyg‘onishga, milliy g‘ururi, o‘zligini anglashga, ongli, diyonatli, 
sahovatli, ma’rifatli inson bo‘lib shakllanishiga zamin degan fikr ilgari 
suriladi.


110

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling