Shukurullo mardonov umida zokirova


VII BO‘LIM. ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/99
Sana23.11.2023
Hajmi2.8 Kb.
#1795241
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
Bog'liq
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи

VII BO‘LIM. ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY 
GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARIDA TA’LIM-TARBIYA 
MASALALARI
Reja:
1. A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari va uning 
yaratilish tavsifi.
2. Asardagi asosiy g‘oya.
3. A.Avloniyning ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti va tarbiya 
yo‘nalishlari to‘g‘risidagi fikrlari.
4. Asarning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: tarbiya, axloq, xulq, tarbiyaning zamoni
badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi, yaxshi xulqlar, yomon 
xulqlar.
7.1. A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq”
asari va uning yaratilish tavsifi
Taniqli o‘zbek pedagogi va olimi A.Avloniyning pedagogikaga oid 
asari asarlari ichida uning 1913-yilda yozgan va 1917-yilda ikkinchi 
bor nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli asari XX asr 
boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta 
ahamiyatga molikdir. Bu asar mazmun tomonidan muallifning boshqa 
ijtimoiy va pedagogik asarlari bilan uzviy bog‘liqdir. “Turkiy guliston 
yoxud axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Asarda 
insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi” ilm-
axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatdan qaraganda bu asar Yusuf 
Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nosir 
Xusravning “Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, 
Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Maxbub ul-qulub”, Axmad 
Donishning “Farzandlarga vasiyat”, Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai 
sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarlari shaklidagi o‘ziga xos 
tarbiyaviy asardir. Shuni ta’kidlash lozimki, XX asr boshlarida bunday 
asarni yaratish, milliy g‘oya, milliy rux singdirilgan ta’lim-tarbiyaviy 
ishlarning tatbiq etilishi pedagogika olamidagi yirik kashfiyotdir.


105
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr 
yuritib “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz 
bo‘lib o‘sdimi, ollohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, 
erdan turib yulduzlarga qo‘l uzatmoq kabidur”, - deydi. Uning fikricha, 
bolalarda axloqiy hislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy 
sharoit va bolaning atrofidagi kishilar katta ahamiyatga ega.
O‘zbek pedagogikasi tarixida A.Avloniy birinchi marta pedagogikaga 
“Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir”, deb ta’rif 
berdi. Tabiiy, bunday ta’rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi 
bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy ko‘plab xorijiy tillarni 
bilgan, arab, fors, rus, ozarboyjon tillarini mukammal egallagan.
Sharq xalqlari ilmiy merosini “Chuqur o‘rganganligi “Turkiy 
guliston yoxud axloq” kitobini yaratishda, o‘zbek va tojik adabiyoti 
klassiklarining asarlaridan ijodiy foydalanish imkonini berdi. U mazkur 
asarni yozishda xalq pedagogikasidan o‘rinli foydalanib, asarni 64 
bobdan iborat tarzda bayon etdi. Har bir bob o‘ziga xos xususiyatgea 
ega bo‘lib, ta’lim tarbiya masalalarini yoritishda biri ikkinchisini uzviy 
to‘ldiradi va takomillashtiradi. Muallifning hizmati shundaki, u mazkur 
asarni yozishda har bir bobning maqsad-vazifalarini ilmiy, uslubiy 
jihatdan asoslab, sodda va ravon til bilan o‘quvchilarga tushunarli 
xolda bayon eta bildi. Buni biz asarning asosiy g‘oyasi, yo‘nalishlari, 
tarbiya turlari haqida bayon etgan fikr-muloxazalarida ko‘ramiz.

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling