Shukurullo mardonov umida zokirova


partiyaviylik prinsiplari ustuvorligi asosida olib borildi. Maktablarda


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/99
Sana23.11.2023
Hajmi2.8 Kb.
#1795241
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99
Bog'liq
Shukurullo mardonov umida zokirova 80-92 офмщи


partiyaviylik prinsiplari ustuvorligi asosida olib borildi. Maktablarda 
o‘rganiladigan fanlar, ayniqsa, gumanitar fanlar o‘ta siyosatlashtirilgan, 
mafkuralashtirilgan edi. Bu hol yoshlarning dunyoqarashini cheklab 
qo‘ydi. Yoshlarni tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy 
madaniy-ma’naviy qadriyatlarga ahamiyat berilmadi. O‘zbekiston 
tarixi mustaqil fan sifatida maktablarda o‘qitilmadi. Iqtidorli yoshlarni 
tarbiyalashga e’tibor berilmadi, iste’dodli yoshlar moddiy va ma’naviy 
qo‘llab-quvvatlanmadi. Ularni chet ellarda o‘qitish, jahon taraqqiyogi 
yo‘llarini, tajribalarini o‘rganish tashkil qilinmadi. Bularning barchasi 
Respublika maorifining rivojlanishiga to‘g‘anoq bo‘ldi.
8.4. XX asrning 70-80-yillarida O‘zbekistonda halq ta’limi
70-80-yillarida O‘zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan 
o‘zgarmay qolaverdi. Maktablar jahon tajribalaridan, zamonaviy texnika 
va o‘kitish vositalaridan foydalanilmadi. Ularning moddiy-texnika 
bazasi yaxshilanmadi. To‘g‘ri, bu-yillarda maktablar, o‘kuvchilar, 
o‘qituvchilar soni-yildan-yilga ortib bordi, son ko‘rsatkichlari kishini 
hayratga solar darajasida ortdi. Masalan, O‘zbekistonda 1945-46 o‘quv-
yilida jami 4525 maktab bo‘lib, ularda qariyb 998 ming o‘quvchi o‘qigan 


127
bo‘lsa, 1970-71 o‘quv-yilida respublikaning umumiy ta’lim maktablari 
soni 7072 taga, ularning o‘quvchilari esa 3 mln. 164 ming kishiga etdi. 
Biroq, ularning sifat darajasi (ayniqsa, qishloq maktablari) ancha past 
edi. Chunki, ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan “rivojlangan sotsializm” 
bosqichi ham 20-30-yillarda shakllangan “qoldiq prinsipi”ning ijtimoiy 
oqibatlarini yo‘qota olmagan edi. 1970-1980-yillarda xalq ta’limi 
uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ 11 %dan 8%ga kamayib 
ketdi. Respublikaning barcha viloyatlaridagi maktablarning 20-60%i 
zarur o‘quv jihozlari, asbob-anjomlar bilan jihozlanmay qolaverdi, 
50%dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi. Kuni 
uzaytirilgan guruhlar ishi ayniqsa o‘lda-jo‘lda qoldi. 70-8 -yillarda 1-8-
sinf o‘quvchilarining atigi 8-9%ini bunday guruhlarga jalb etilgan edi, 
xolos.
Umumta’lim maktablarining faoliyati asosan “rivojlangan sot-
sializm” g‘oyasini o‘quvchilarga singdirish, ularni “kommunistik 
ruhda” tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. “Kommunistik tarbiya” dan ko‘z-
langan maqsad esa yoshlarni “proletar internatsionalizmi”ga, “katta 
og‘aga” sodiqlik, sinfiylik, partiyaviylik ruhida tarbiyalashdan iborat 
edi. Milliylik esa o‘zbek maktablari mazmunidan chiqarila boshlandi. 
Maktablardagi tarbiya Yevropa tarixi misolida olib borildi. Yevropa 
madaniyati, tarixi amalda baynalmilallik namunasi sifatida talqin etildi.
Maktablarda iqtidorli bolalarni o‘qitishga e’tibor berilmas edi. 
Maktab bolalari qalbida ona-Vatan tuyg‘usi, ulug‘ allomalarimiz 
va ular qoldirgan ma’naviy meros, o‘z ona tili, urf-odatlari bilan 
faxrlanish hissi shakllantirilmasdi. Maktablarda ayniqsa ijtimoiy 
fanlarni o‘qitish o‘ta siyosatlashtirildi. Ko‘zdan kechilayotgan davrda 
maorif sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, yoshlarni milliy 
an’analar va ma’naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish an’anasi 
ko‘zga tashlanib bordi. Ta’lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va 
sinfiylik prinsiplari asosida yondashish yoshlarning milliy urf-odatlarni 
o‘rganishiga to‘sqinlik qildi. Natijada, o‘zbek o‘quvchilarida milliy 
o‘zlikni anglash, urf-odat, milliy an’analarga sodiqlik kayfiyatidan 
ajralish hollari ro‘y bera boshladi. Maktab o‘quvchilarining o‘quv 
rejasidagi soatlarini o‘zlashtira olmasligi odatiy hol bo‘lib qoldi. Bu 
ularni paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlariga ko‘proq jalb qilinishi 
bilan izohlanadi. O‘quv-yilining 3-4 oyi ana shunday majburiy tadbirlar 
bilan band bo‘lishiga ketar edi. Bu esa o‘zbek o‘quvchisini jahon 


128
standartlaridan ortda qoldirib, zamonaviy fan sohalarini o‘zlashtirishga 
imkon bermasdi.
XX asrning 80-yillarida, jamiyatimizning barcha bo‘g‘inlarida qayta 
qurish keng quloch yozdi. Uning mazmunida hayotni demokratlashtirish, 
tezkor iqtisodiy islohot, ma’naviy poklanish milliy qadriyatlar va 
axloqiy g‘oyalarning tiklanish muammolarini xal etish zaruriyati 
yuzaga keldi. Qayta qurishning xal qiluvchi bosqichida jamiyat uchun 
chetdan tomoshabin emas, balki mamlakat iqtisodiy, siyosiy, madaniy 
hayoti rivojiga javobgar, ma’suliyatli, sog‘lom fikrli goyaviy-siyosiy 
dunyoqarashi shakllangan shaxs zarur edi. Maktab o‘z tabiatiga 
ko‘ra iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi, uni saqlovchi, 
insoniyat tomonidan to‘plangan umuminsoniy ma’naviy boyliklarni 
avloddan-avlodga etkazib va boyituvchi muhim tarmoq hisoblanadi. 
Xalq maorifini quyi va yuqori bosqichlarini isloh qilish, qayta qurish 
talablariga jamiyatning har bir a’zosi qonuniy javobdir.
Jamiyatmizda hukm surayotgan maorif tizimining barcha bo‘g‘in-
larida xuddi mana shu jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yosh avlod-
ning kamolotga etishi, bir butun shaxs sifatida shakllanishiga nihoyatda 
kam e’tibor berildi. Natijada umumiy ta’lim maktablarida ta’lim-
tarbiya tizimi, mazmuni, shakl va metodlari davr talabiga, yosh avlodni 
har tomonlama shakllangan yaxlit shaxs sifatida shakllantirishga mos 
kelmay qoldi. Bu esa umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilishni 
taqozo etdi. “Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning 
asosiy yo‘nalishlari” 1984-yilda sobiq KPSS Markaziy Komiteti 
tomonidan 10 aprelda va SSSR Oliy Soveti tomonidan 12 aprelda 
ma’qullandi. Islohotdan maqsad maktabdagi barcha ta’limiy, tarbiyaviy, 
tashkiliy ishlarni jamiyat talablariga, shart-sharoitlari va ehtiyojlari 
mos keladigan sifat darajasiga ko‘tarishdan, shuningdek, ma’lumotli, 
e’tiqodli, jamiyatga, xalqqa sadoqatli, faol ijodkor, tashabbuskor, 
tadbirkor, oshkoralik sharoitida ishlay oladigan va yashay biladigan; 
o‘z mamlakati, o‘z milliy mustaqilligi, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti 
yo‘lida kurasha oladigan kishilar etib tarbiyalashdan iborat edi. Aynan 
shu maqsadni xal etish islohot zimmasiga yuklatildi.
“Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘na-
lishlari”da maktabning o‘ziga xos xususiyatlari, umumiy o‘rta va 
hunar ta’limning qurilishi, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshi-
rishi, mehnat tarbiyasi, ta’limi, kasb tanlashga o‘rgatish, bolalar va 


129
o‘smirlarni jamoat yo‘li bilan va oilada tarbiyalash; o‘qituvchi shaxsi; 
maorifning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash; xalq-maorifini 
boshqarishni takomillashtirish kabi masalalar nazarda tutilgan edi. 
Asosiy yo‘nalishlar asosida hozirgi zamon maktablarida ta’lim-tarbiya 
borasidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan bo‘lib, buni bartaraf etish uchun 
esa maorif tuzilishini takomillashtirish, umumiy ta’lim, mehnat va 
kasb egallashga tayyorgarlik sifatini oshirish, ta’limning samarali 
shakllari, uslublaridan foydalanish, o‘qitishning texnika vositalaridan 
kengroq foydalanish, ta’lim-tarbiya birligini ta’minlash, maktab, oila 
va jaoatchilik birligini ta’minlash, o‘quvchilar bilimini baholashda 
rasmiyatchilikka barham berish, son ketidan quvish hollariga chek 
qo‘yish tadbirlarini amalga oshirish lozim edi. 
Islohotda qayd etilgan umumiy o‘rta va hunar ta’limi kurilishining 
asosiy mohiyati shunday iboratki, unda umumiy o‘rta ta’lim o‘n bir-
yillikdir. 1-9 sinflar esa to‘liqsiz o‘rta va X-X1 sinflar - barchasi 
umumta’lim maktabini tashkil kiladi. Shuningdek, o‘rta hunar-texnika 
bilim yurtlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kabi nomlangan. Mazkur 
qurilishga binoan o‘rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti 
yoshdan boshlab o‘qitish nazarda tutiladi. Islohotda o‘quvchilarni 
mehnat ta’limi va tarbiyasi, kasbga yo‘llash, politexnik ta’limning 
mazmun, shakl va metodlarini yanada kuchaytirish masalasi isloh 
qilingan maktablar oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligi 
alohida uqtirilgan. Bu borada barcha mashg‘ulotlarni 3 bosqichga 
bo‘lish, ya’ni boshlang‘ich maktab (1-1U sinflar), to‘liqsiz o‘rta maktab 
(U-1X sinflar), o‘rta umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning yosh 
xususiyatlarini hisobga olish, mehnat ta’limi va kasbga o‘rgatish 
yuzasidan dasturlar ishlab chiqish, ijtimoiy-foydali, unumli mehnatni 
rivojlantirish, politexnik bilim, mahoratni shakllantirish tadbirlarini 
belgilash, mehnat tarbiyasini iqtisodiy tarbiya bilan birga qo‘shib olib 
borish masalalariga ijodiy yondashish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchiga 
ta’lim-tarbiya berishning muhim bo‘g‘ini oila va jamoatchilikdir. Bola 
oila, jamoatchilik, muhit ta’sirida tarbiyaning muhim ajralmas qismlari 
hisoblanadigan g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, iqtisodiy, ekologik, 
jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalanib boradi. Shuningdek, bola shaxsini 
bir butun yaxlit shakllantirishda maktabdan tashqari muassasalarning 
ahamiyati juda katta. Islohot ta’lim-tarbiya berishning bu bo‘g‘inining 
ish mazmunini tubdan o‘zgartirishni ham nazarda tutadi. Isloh 


130
talablarini amaliyotga tatbiq etish uchun ta’lim-tarbiya maktabgacha 
tarbiya muassasalarida ta’lim va tarbiya birligining namunaviy 
dasturini ishlab chiqish; darsdan tashqarida o‘tkaziladigan tarbiyaviy 
ishlarning mazmuni va shaklini jiddiy qayta qurish; kuni uzaytirilgan 
guruhlar tuzishni ommalashtirish; maktabdan tashqari muassasalar - 
bolalar saroylari, uylari, yosh texniklar va tabiatshunoslar, sayyohlar 
stansiyalari, sport, musiqa, badiiy va xoreografiya maktablari, bolalar 
kutubxonalar, oromgohlar va shu kabilarni vujudga keltirish; istiqomat 
joylarida olib boriladigan xilma-xil ishlarga barcha o‘quvchilarni jalb 
etishga erishish; bolalar tarbiyasida oilaning ma’suliyatini oshirish va 
g‘oyat qisqa vaqt ichida shu muassasalarning moddiy-maishiy sharoitini 
yaxshilash zarurligi uqtirildi.
Ta’limning mazmuniga aniqliklar kiritildi. O‘quv dasturlari qayta-
dan tuzildi. O‘quvchilarni ortiqcha ma’lumotlar bilan band etish dan, 
zeriktirishdan xalos etildi. Ta’limning shakllari va metodlari takomil-
lashtirildi, ba’zi fanlardan o‘quv darsliklari, metodik qo‘llanmalar 
yaratildi, o‘kuv rejasiga “Atrof-muhit bilan tanishish” (1-2 sinflarda), 
“Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” (X-X1 sinflarda), “Oila 
etikasi va psixologiyasi” (X-X1 sinflarda), “Ishlab chiqarish asoslari. 
Kasb tanlash” (8-10 sinflarda) kabi fan asoslari kiritildi va o‘qitildi, 
o‘qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib halq to‘lash joriy etildi. 
O‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalasida ijobiy 
siljishlar ro‘y berdi, o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tarbiyasining 
mazmuni takomillashtirildi; hunar-texnika ta’limi tizimida ishchi 
xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika baza-
sini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining 
munosabatlari birmuncha o‘zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o‘zgarishlar 
ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun etarli 
emas edi, albatta. Xullas kutilgan natijalarga erishilmadi. Shuni qayd 
etish zarurki, o‘zbek maktablari to‘ntarishdan so‘ng milliy zamindan 
batamom uzilib qoldi. Qarsakbozchilik bilan o‘qish-o‘qitishda Yevropa, 
xususan rus tizimini qabul qildik. Ammo bizning avlodlarimiz ongiga, 
qoniga bu zo‘rma-zo‘rakilik singmadi. Buni bugungi hayot, turmush 
tarzi ko‘rsatib turibdi. Eng achinarli hol shu ediki, ayniksa, o‘ttan etmish-
yil ichida mustabid tuzimning “Yangi” davr “bilimdon” va “zukko” 
tashkilotchilari ming-yillik yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirib, 
kimlargadir yaxshi ko‘rinmoqchi yoxud o‘zini dono hisoblab shuhrat 


131
qozonmoqchi bo‘ldilarki, natijada maktablarimiz o‘kuv-tarbiyaviy 
ishlarda ham hayotiy asoslar va xalq ruhiyatidan deyarli ajralib qoldi 
avlod-ajdodlarimizning dunyoviy-hayotiy, axloqiy, ma’naviy, ruhiy 
xazinasi bo‘lgan kitoblar esa umuman o‘qitilmay, o‘rgatilmay tashlab 
qo‘yildi.

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling