Shunda nega bobom har safar duo qilganida, avvalo, yurtga tinchlik so‘rashini hech tushunmas edim. Oradan ancha suvlar oqdi. Men o‘sha dada, dadam esa duo qilguvchi boboga aylandi


Download 25.5 Kb.
Sana19.12.2022
Hajmi25.5 Kb.
#1033407
Bog'liq
ESSEY AKADEMIK YOZUV


ESSEY
Avvalo, yurtimizning tinch bo‘lishi, dasturxonlarimizdan to‘kin-sochinlik arimasligi bilan boshlangan tilaklar, dadamning umri uzoq bo‘lishiyu, ishlarining rivojini berishini Yaratgandan chin dildan so‘rashiga ulanib ketardi.
Shunda nega bobom har safar duo qilganida, avvalo, yurtga tinchlik so‘rashini hech tushunmas edim. Oradan ancha suvlar oqdi. Men o‘sha dada, dadam esa duo qilguvchi boboga aylandi. Ko‘p narsa o‘zgargan bo‘lsada, duolardagi tilaklar o‘zgarmadi.
Har kun ishga otlanganimda dadam uzundan uzun duo qiladi. Yurtimizga tinchlik-totuvlik so‘raydi… Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, odatda yoshi ulug‘lar duo berayotganida, avvalo, nega tinchlik so‘raydilar?
Tinchlik – ulug‘ ne’mat. Bugun xalqimiz osoyishta, tinch-totuv hayot kechirmoqda. Bu yurtda inson aziz. Xalqimizning har bir a’zosi o‘z so‘zini erkin ifodalash imkoniga ega. Har doim ham shunday bo‘lgan, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, albatta.
Xalqimizning bu kunlarga yetishishi oson bo‘lmagan. Tinchlikka necha minglab qorako‘zlarning Vatan oldidagi xizmati, ko‘z yoshlari evaziga, urush maydonlarida ko‘ksini qalqon qilib kurashgan er-yigitlar, ming-minglab qoraxatlarni bag‘riga bosib, bolasi kabi yuzu ko‘zidan o‘pgan onalarning, oylar, yillar sanab, yorini intizor kutgan necha ming tul kelinlarning sabr-matonati evaziga erishilgandir.
Inson aziz, uning xotirasi o‘chmas, nomi abadiy. Ularni yodga olish, bot-bot eslash, ulug‘lash savobli ish. Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng 9 may sanasi Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlana boshlandi. Yurtimizda tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari maydoni, muzeyi, «G‘alaba» bog‘i, ularning tabarruk nomlari zikr etilgan kitoblar nashr etilishi ham avlodlar tomonidan ularga bo‘lgan minnatdorchilikning bir ko‘rinishi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yurtboshimiz tomonidan tinchlik, mustaqillik va erkni qaytarishda jonbozlik ko‘rsatgan otaxon va onaxonlarning moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirilayotgani ularga bo‘lgan e’tiborning, e’zozning yaqqol namunasidir.
Zero, biz yoshlar shunday dorilomon kunlarda yashayotganimizga shukrona keltirgan holda, bu kunlar shunchaki kunlar emas, balki millionlab ajdodlarimizning asriy orzusi va zahmatli xizmatlarining hosilasi ekanligini unutmasligimiz darkor. Tinchlik-totuvlikni saqlash o‘z qo‘limizda. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov yozganidek: «Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram».
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling