b) Laboratoriyada ishlash tartib qoidalari.
Laboratoriya ishini bajarish uchun har bir talabaga alohida joy ajratiladi va bu
hamma mashg‘ulotlarda saqlanib qoladi.
Ish joyi kerakli asbob-uskuna va idishlar bilan jihozlangan bо‘lishi kerak. Ish
joyi nihoyatda toza bо‘lishi zarur. Ish joyida faqat kerakli reaktivlar va asboblar
turishi zarur. Shuningdek, laboratoriya jurnali ham bо‘lishi kerak. Tajribalarni
har bir talaba alohida, zarur bо‘lganda guruhlarga bо‘lib bajariladi. Laboratoriyada
talaba albatta xalatda bо‘lishi talab etiladi.
Laboratoriya ishini faqat о‘qituvchi ruxsat bergandan sо‘ng, bajarish mumkin.
Bu vaqtgacha о‘qituvchi tomonidan talabaning laboratoriya ishini bajarish uchun
yetarli bilimga ega ekanligini bir qator savollar yordamida aniqlab olinadi. Shundan
sо‘ng talaba kerakli jihozlarni yig‘ib, sintez uchun tayyorlaydi. Tajribani
boshlashdan oldin yig‘ilgan jihoz tо‘g‘riligiga yana bir bor ishonch hosil qilish
uchun tekshirish kо‘rish kerak. Tajribaga moddalarni ishni bajarish tartibida
kо‘rsatilgan miqdorda aniq о‘lchab olinishi kerak.
Tajribani bajarish davomida albatta xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya
qilish zarur.
Ish tugagandan sо‘ng jihozlar ajratib olinib, tozalab yuvib quritiladi va joy-
joyiga qо‘yiladi.
Kuzatilgan tajribadagi о‘zgarishlar natijalar xulosalar va reaksiya tenglamalari
laboratoriya jurnalida qayd etiladi, sо‘ng о‘qituvchi tomonidan yakuniy xulosa qilib
imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |