“Шуни унутмаслигимиз керакки, келажагимиз пойдевори билим даргоҳларида яратилади, бошқача
Rasm-1. Kolbalar, stakanlar, o’lchov silindri
Download 398.71 Kb. Pdf ko'rish
|
laboratoriya 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm-2. Nutch filtri: 1- Byuxner voronkasi; 2 - Byunzen kolbasi
Rasm-1. Kolbalar, stakanlar, o’lchov silindri
Byuxner voronkasi organik sintez vaqtida qattiq moddani suspenziyadan ajratish, ularni yuvish, erituvchilardan ajratishda ishlatiladi (rasm-2). Byunzen kolbasi vakuum yordamida suyuqliklarni so’rib, kristall moddalarni tozalash uchun ishlatiladi (rasm-2).
Rasm-2. Nutch filtri: 1- Byuxner voronkasi; 2 - Byunzen kolbasi Yumaloq tubli kolbalar har xil: keng va shar bo’g’inli, uzun va kalta bo’yinli, bir, ikki va to’rt og’izli bo’ladi. Yon naychali (Vyurts kolbasi), deflegmatorli (Favorskiy kolbasi), nasadkali (Klyayzen kolbasi) va shunga o’xshash yumaloq tubli kolbalar suyuqliklarni haydashning turli hollarida ishlatiladi (rasm-3).
Rasm-3. Haydash kolbalari: Vyurts kolbasi; Klayzen kolbasi Deflegmatorlardan foydalanish suyuqliklarni qayta-qayta haydab tozalashni kamaytiradi. Deflegmatorlarni xizmati bir bo’lsa ham, ular bir-birlaridan ichidagi nay shakli va sirtqi yuzasining har xil usullar bilan kengaytirilganligi bilan farq qiladi (rasm-4).
Aralashmadagi komponentlar bug’lanib ketmasligi uchun reaktsion aralashma solingan idish og’ziga qaytarma sovutgich ulanadi. Unda bug’ sovib kondensatlanadi va reaktsion aralashmaga qaytib tushadi. Sovutgichlarning eng oddiysi havo sovutgichi bo’lib, u oddiy uzun shisha naydan yasaladi. Bunday sovutgichlardan qaynash temperaturasi 150°С dan past bo’lmagan moddalarning bug’larini suyuqlikka aylantirishi uchun suv bilan sovitiladigan turli xil shakldagi qaytarma sovutgichlardan foydalaniladi. Bularga Libix sovutgichi, sharikli sovutgich, ichki sovutgich nayi spiralsimon, sovitgichi to’g’ri-yu, o’zi esa spiralsimon va sanab
o’tilgan sovitgichlarning tuzilishini o’zida
mujassamlashtiruvchi yanada samarali sovitgichlar kiradi. Eng ko’p ishlatiladigan to’g’ri sovutgich Libix sovitgichidir (rasm-5).
Download 398.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling