“Шуни унутмаслигимиз керакки, келажагимиз пойдевори билим даргоҳларида яратилади, бошқача
Download 398.71 Kb. Pdf ko'rish
|
laboratoriya 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qoidalar quyidagilardir
a) Texnika havfsizligi qoidalari. Organik kimyo laboratoriyasida ishlayotganda albatta texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish shart. Shuni yodda tutish kerakki, hamma organik moddalar ozmi-kо‘pmi zaharlidir, ulardan kо‘pchiligi oson alangalanuvchi va portlovchi moddalardir.
1. Laboratoriyada talabaning bir о‘zi ishlashi man etiladi. Ishchi о‘qituvchi yoki laborant ishtirokida bajarishi kerak. 2. Ishchi bajarish vaqtda tinchlikka tartib va tozalikka rioya qilish zarur. О‘zingiz va о‘rtoqlaringizni ishdan chilg‘itish, fikrini bо‘lish man etiladi. 3. Laboratoriyada suv ichish, chekish va oziq - ovqatlarni saqlash ta’qiqlanadi. 4. Ishni bajarishdan oldin sintezda ishlatiladigan moddalarning xossalari bilan chuqur tanishish zarur. 5. Kislota, ishqor oson alangalanuvchi zaharli, qiyin yuvuluvchi va kuchli hidli suyuqliklarni rakovinaga tо‘kish man etiladi. Ularni mо‘rili shkaf ostidagi maxsus idishlarga solinadi. 6. Zaharli, nafas yо‘llariga ta’sir etuvchi va kuchli hidga ega bо‘lgan moddalar bilan faqat mо‘rili shkaf ostida ishlash zarur. Moddalarni qо‘l bilan ushlab, kо‘rish olish man etiladi va ular bilan ishlaganda maxsus qoshiqchalardan foydalanish kerak. 7. Probirka yoki kolbani qizdirayotganingizda uni о‘zingizga yoki о‘rtog‘ingizga qaratmang, aks holda ichidagi suyuqlik qaynab otilib ketishi mumkin. 8. Uchuvchan, oson alangalanuvchi moddalar (efirlar, benzin, siprt, atseton va hakozalar) ni ochiq alangada qizdirish qat’iyan man etiladi. Ularni isitish va qizdirishda elektr pechlari, suv hammomlaridan foydalanish zarur. 9. Reaksiya borayotgan pribor va asboblarga engashib qarash ma’n etiladi. 10. Laboratoriya stoliga sumka, portfel va boshqa predmedlar qо‘yish ma’n etiladi. 11. Rakovinada qog‘oz paxta va singan idish shishalarini tashlash ma’n etiladi. 12. Kimyoviy moddalarning ta’mini tatib kо‘rish, pipetka yordamida og‘izga tortib olish ma’n etiladi. Moddalarni hidini qо‘lingiz bilan о‘zingizga shamol keltirib, yelpish orqali aniqlash kerak. 13. Konsentrlangan kislotalar bilan ishlaganda nihoyatda ehtiyot bо‘lish zarur, chunki ular kо‘ydirish va о‘yuvchi xususiyatga ega. 14. Natriy metali kerosin, toluol yoki ksilol ostida saqlanadi. Natriy metali bilan suv yaqinida ishlash ma’n etiladi. 15. Konsentrlangan kislota va ishqorlar zaharli va kuchli hidli moddalar albatta mо‘rili shkaf ostida saqlanish zarur. 16. Konsentrlangan kislotalarni suyultirishda suvga oz-ozdan tomizilib qо‘shib yuboriladi. Hech qachon konsentrlangan kislotaga suv qо‘ymang. 17. Teriga kislota tо‘kilganda tez kuchli suv oqimi bilan sо‘ngra 2-3% li soda eritmasi bilan yuving. Ishqor tо‘kilganda esa avval suv bilan sо‘ngra 2-3% li sirka kislota eritmasi bilan yuvib tashlang. 18. Brom bilan mо‘rili shkaf ostida ishlash, ishlayotganda rezina qо‘lqop, himoya kо‘zoynagi olish kerak. Teriga brom tо‘kilsa yoki sachrasa, о‘sha joyni tezda siprt bilan artib, sо‘ng glitserin surtib qо‘yish zarur. 19. Laboratoriyada yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishib, yong‘in xavfsizligi uchun zarur asbob uskunalar, birinchi yordam uchun dori-darmonlar mavjudligini kо‘zdan kechirish muhimdir. 20. О‘qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz laboratoriyadagi kimyoviy moddalarga tegish, bir xonaga olib о‘tish ma’n etiladi. 21. Tajribalar о‘tkazishda moddalardan kо‘rsatilgan miqdordan ortiqcha olish, ortgan moddalarni idishga qaytarib solish, tо‘kib yuborish qat’iyan ma’n etiladi. Ortib qolgan moddalar alohida idishlarga yig‘iladi. 22. Ish tugagandan sо‘ng suvni tо‘xtatishni, elektr pechlarini о‘chirishni aslo unutmang.
Download 398.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling