Shuntlash metodi bilan galvanometrning qarshiligini aniqlash


Download 0.57 Mb.
bet11/30
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1164166
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
612.19 Akbarova M fizika labarato\'riya

ASBOBNING TAFSILOTI


Qurilmaning asosiy qismi faneradan qilingan panel, tok manbai, ma’lum va noma’lum qarshiliklar magazini tashkil qiladi. Panelga AS reoxord, mikroampermetr, kalit va klemma o’rnatilgan bo’lib, ularning qarshisiga ulanishi kerak bo’lgan asboblarning belgisi chizib qo’yilgan.

ISHNI BAJARISH TARTIBI


1. Qurilma panelini sinchiklab o’rganing. Kalit K doimo ochiq bo’lishi kerak
(K faqat o’lchash bajarilayotgan paytdagina yopiladi).
2. Panel klemmalariga kerakli asboblarni ulang.
3. Noma’lum qarshiliklardan birontasini zanjirga kiriting.
4. Qo’zg’aluvchi kontakt D - ni reoxordning o’rta qismiga qo’yib, K ni qisqa muddatlarga yopib turib, R0 ni shunday tanlab olingki, natijada galvanometr deyarli tok ko’rsatmasin.
5. Galvanometr butunlay tok ko’rsatmasligiga erishish uchun D ni o’ng yoki chap tomonga suring, so’ngra berilgan R0 ga mos kelgan reoxordning elkalari l1 va l2 ni jadvalga yozib qo’ying.
6. Har bir noma’lum qarshilik uchun R0 ni o’zgartirib, tajriba uch marta takrorlanadi. Noma’lum qarshilik (11) formula yordamida hisoblanadi. Oxirgi natija uchun uchala o’lchashning o’rtacha qiymati olinadi va o’lchash xatoligi procentlarda hisoblanadi.
7. Tajriba noma’lum qarshiliklarni avvalo ketma-ket, keyin parallel ulab takrorlanadi va quyidagi formulalarni to’g’riligi tekshiriladi.
8. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.



NAZORAT SAVOLLAR


1. Zanjirning bir qismi va butun zanjir uchun Om qonunlari nimani ifodalaydi?
2. Kirxgofning 1 va 2 qonunlarini ayting?
3. Nima uchun o’tkazgich qarshiligi temperaturaga bog’liq?
4. Ishchi formulani keltirib chiqarilishini tushuntiring?
5. Uitston ko’prigining ishlash principi qanday ?

Javoblar:
1-savolga javob:Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni: Bir jinsli (chetki kuchlar mavjud bo’lmagan) metal o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi o’tkazgichdagi kuchlanish tushuvi(U)ga to’g’ri proporsional,o’tkazgichning elektr qarshiligi(R) ga teskari proporsionaldir. I =U/R
Butun zanjir uchun omqonuni:
Ushbu E=U+Uich,tenglikka zanjirning bir qismi uchun om qonunidan
U=I*R;Uich=I*r ni qo’ysak,
E=I*R+I*r=I*(R+r) ni olamiz.Bundan:
I =E/R+r
Shunday qilib , zanjirdagi top kuchi, manba elektr yurutuvchi kuchning zanjiri tashqi va ichki qismlari qarshiliklari yig’indisi nisbatiga teng.Bu butun zanjir uchun Om qonunidir.
Om qonuniga ko’ra ,zanjirning tashqi qismining qarshiligi qancha kichik bo’lsa,tok kuchi shuncha katta bo’ladi.Lekin bunda zanjirning tashqi qismidagi kuchlanish kamayadi,negaki ichki qismida I*r kuchlani ortadi : U=E-I*r.
2. Kirxgofning 1-qonuni:

Uchtadan kam bo’lmagan o’tkazgichlarning uchrashgan nuqtasi uchun qo’llaniladi.


Bunday nuqtalar zanjir tuguni deyiladi. Barqaror rejimda tugunga keluvchi tok kuchlarining yig’indisi tugundan chiquvchi tok kuchlarning yig’indisiga teng, tugunga keluvchi tok musbat, tugundan chiquvchi toklarni manfiy deb hisoblaganda Kirxgofning 1-qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Zanjir tugunuda tok kuchlarning algebraik yig’indisi nolga teng, ya`ni l1, l2, l3=0

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling