Shuntlash metodi bilan galvanometrning qarshiligini aniqlash


Download 0.57 Mb.
bet18/30
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1164166
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
612.19 Akbarova M fizika labarato\'riya

1-Savolga javob: Richardson effekti— oʻtkazgichlar, qattiq va baʼzan suyuq jismlardan issiklik energiyasi taʼsirida elektronlarning vakuum yoki boshka muxitlarga chikish hodisasi. Bu hodisa vakuumda toza metallar (W, Mo, Ta) dan 2000—2500 K trada va murakkab yarimutkazgichli katodlardan 1000 K trada kuzatiladi. Termoelektron emissiya hodisasining mohiyati metallarnikidan farq qiladi. Termoelektron emissiya katodlar ishlab chiqarish, elektrovakuum va gazrazryad qurilmalarning asosini tashkil etadi.
2-Savolga javob: Elektronlar oqimi maxsus elektrodlar (toʻrlar) yordamida boshqariladigan elektr vakuum asboblar; ikki, uch va koʻp elektrodli xillari bor. Ikki elektrodli oddiy Elektron lampalar — diod bir tomonlama oʻtkazuvchanlikka ega; undan detektor va kenotron sifatida foydalaniladi.
3-Savolga javob: O’zgaruvchan tokni doimiy tokka aylantirib beruvchi elektr qurilmani to’g’rilagich deyiladi. To’g’rilagichning asosiy qismi ikki elektrodli elektron lampa yoki yarim o’tkazgichli diodlardan tashkil topadi. Biz dastlab ikki elektrodli elektron lampa asosida ishlaydigan to’g’rilagich bilan tanishib chiqamiz. O’zgaruvchan toklarni to’g’rilash uchun ishlatiladigan

elektron lampalar mahsus tayyorlangan bo’lib, ular ikkita
A1, A2 anoddan va K katoddan iborat bo’ladi. Bunday lampalarni kenatron lampalar deb ham yuritiladi. Kenatron lampada elektr toki faqat bir yunalishda, yag’ni anoddan katodga tomon oqadi. Teskari yo’nalishda lampadan tok o’tmaydi. Kenatron kuchaytiruvchi transfomatorning ikkilamchi cho’lg’amiga ulanadi. Transformatornig pasaytiruvchi qo’shimcha cho’lg’amiga esa kenatronning cho’g’lanuvchi-nakal tolasi ulanadi. Transformator orqali o’zgaruvchan tok zanjiriga ulangan kenatrondan tok faqat uning anodida kuchlanishning plyusi, katodiga esa minusi bo’lgan yarim davrdagina o’tadi. Kenatronda ikkita anod bo’lgani uchun birinchi yarim davrida A1 anod, ikkinchi yarim davrda A2 anod ishlaydi.
Kenatron lampa va diodlardan tashqil topgan to’g’rilagichlarning ishini batafsil va ko’rgazmali ravishda tekshirish, hamda fil’trni alohida elementlarining roli qanday ekanligini aniqlash uchun 1-sxemadagidek sxema yig’iladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling