Shuntlash metodi bilan galvanometrning qarshiligini aniqlash


Savolga javob:Frenel difraksiyasi


Download 0.57 Mb.
bet27/30
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1164166
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
612.19 Akbarova M fizika labarato\'riya

3.Savolga javob:Frenel difraksiyasi - sferik yoruglik toʻlqinining ekrandagi teshikdan boʻladigan difraksiyastl. Bunda teshikning radiusi Frenelning birinchi zonasi radiusi tartibida boʻlishi kerak.
Fraungofer difraksion hodisalari. To‘g‘ri to‘rtburchakli va doiraziy tirqishdan bo‘ladigan difraksiya Fraungofer difraksion hodisalari difraksiya hosil qiluvchi ekran va ulardagi tirqishlardan cheksiz uzoq masofalarda kuzatiladi. Bu holda difraksiyalovchi ob’ektlardan kuzatish nuqtalariga parallel nurlar dastalari ketadi. Agar ularning yo‘llariga yig‘uvchi linza qo‘yilsa, parallel dastalardan har biri linzaning fokal tekisligida to‘planib yerug‘lanuvchi nuktani hosil qiladi. Barcha bunday nuqtalar tuplami Fraungofer difraksion manzarasini beradi. Agar bunda difraksiyalovchi tirqishga (yoki kichik noshaffof ekranga) yassi to‘lkin kelib tushayotgan bo‘lsa, u holda bu cheksizlikka uzoqlashtirilgan nuqtaviy manbaga mas keladi. Biroq amalda difraksiyalovchi tirqishlar va boshqa obyektlar linza fokusiga qo’yilgan kichik o’lchamdagi manba (nuqtaviy manba, ingichka tirqish) yordamida yoritiladi.
4.Savolga javob:. Difraksion panjara - optik asbob; noshaffof ekranga qilingan koʻp sonli parallel tirqishlar yoki oʻzaro bir xil masofada joylashgan koʻzgusimon yoʻllar (shtrixlar) majmui; ularda yorugʻlik difraksiyasi xodisasi sodir boʻladi. Difraksion panjara oʻziga tushayotgan yorugʻlik nurlarini spektrlarga ajratadi. Difraksion panjaraning muntazam va nomuntazam xillari mavjud. Tirqishlari tartibsiz boʻlgan xili nomuntazam, tartib bilan joylashtirilgan xili muntazam difraksion panjara deyiladi. Optikada nomuntazam difraksion panjaraning amaliy ahamiyati yoʻq. Muntazam difraksion panjara yassi yoki sferik sirtga bir xil shaklda (teng oraliqda) chizilgan chiziqlar toʻplami boʻlib, chiziqlar oraligʻi d difraksion panjara davri deyiladi. Difraksion panjaraga tik tushayotgan yoruglik nurlari har qaysi tirqishda f burchakka sinadi, natijada nurlar yoʻli farqi d-simp hosil boʻladi. Baʼzi tabiiy kristallar ham rentgen nurlarini tahlil qilish uchun muntazam difraksion panjara sifatida ishlatiladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling